2-ma‟ruza
Mavzu: O„simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar ajratib olish va
tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash
Reja: 1.
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash
.
2. Tegirmonlar
3. Filtrlovchi apparatlar
4. Bug„latkich apparatlari
5. Ekstraktorlar
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.
Zamonaviy fitokimyoviy preparatlar ishlab chiqarishda bir qator texnologik jarayonlar mavjuddir. Bu jarayonlar xom
ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo
va tayyor maxsulotni maydalash, suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor
moddalarni tozalashdir. Odatda o‗simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko‗pincha maydalash
jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda
maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch ta‘sirida bo‗lakchalarga yoki zarrachalarga bo‗linishiga maydalash jaryoni deb
ataladi. Buning uchun xar xil tuzilishga ega bo‗lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan
farqlanadigan maydalagich-
tegirmonlardan foydalaniladi.
Maydalash darajasi (
i
) deb, maydalanadigan jismning boshlan\ich diametrini (
d
b
)
maydalanganda xosil bo‗lgan zarracha diametriga (
d
o) bo‗lgan nisbatiga aytiladi:
d
boshi
I --
---------
D
oxiri
Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga
bo\liq bo‗ladi. SHuning uchun maydalagich tegirmonlari maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni
olish maqsadga
muvoffiqdir: jo‗vali, tishli-jo‗vali, diskli, bol\ali.
+attiq va mo‗rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan
tegirmonlar va qarama-qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan
tegirmonlar (zo‗ldirli, tebranma xarakatli tegirmonlar) qo‗llanilishi mumkin. O‗simlik xom
ashyolari qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi
mumkin. O‗simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‗t va
ildiz qirqgichlar yordamida
amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich
- o‗simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‗t va ildiz qirqgichlar
yordamida amalga oshiriladi.
O‗t qirqgich oddiy tuzilgan bo‗lib, diskli va do‗mbirali bo‗ladi. Do‗mbirali o‗t
qirqgichda egri chiziqli picho\i, salmoqli \ildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga
mustaxkamlangan bo‗ladi. O‗simlik xom ashyosi pichoq
ostiga tasma yordamida
yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning xarakat tezligiga qarab maydalanish katta-
kichikligi ta‘minlanadi(2-rasm). Ildiz qirqgichning ikkita pichoqi bor, yuqoridagisi
ekssentrikka maxkamlangan bo‗lib, yuqoriga
va pastga xarakat qiladi, pastkisi qimirlamay
turadi.
Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar orasiga xarakatlanadigan tarnovcha
orqali yuboriladi. Maxsulotning maydalik darajasi pichoq orali\ining
katta
kichikligi bilan boshqariladi.
Agar o‗simlik quruq bo‗lib, kesish qiyin bo‗lsa, oldindan uni namlangan
matoga o‗rab qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: