164
va qoʻshimcha materiallar asosida ta‘limiy oʻyinlardan keng foydalanildi,
shuningdek, oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash va tekshirish maqsadida
test topshiriqlari metodik qoʻllanmada berildi.
Oʻqituvchi uchun ushbu metodik qoʻllanma izlanishga hamda darslarga ijodiy
yondashgan holda tayyorgarlik koʻrishlariga yordam beradi.
Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning mazmun mohiyati
Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasi tubdan yangilanib, oʻqitishning ilg‗or usul
va metodlarini amalda qoʻllash boʻyicha ulkan tajriba toʻplandi.
Bugun zamon
shiddatli tarzda rivojlanyapti. Demak, umumta‘lim fanlarini oʻqitishga zamon
talablari asosida yondashish, ta‘limda eng ilg‗or texnologiyalarni qoʻllash davr
talabi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
―Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim
standartlarini tasdiqlash toʻg‗risida‖gi 187-sonli qarori ta‘lim-tarbiya sohasini
zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, oʻqitish sifati va samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi DTS ning maqsadi –umumiy oʻrta ta‘lim tizimini mamlakatda amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning
ilg‗or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma‘naviy barkamol va
intellektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Xalq ta‘limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‗i bilan
tasdiqlangan boshlang‗ich ta‘limning ona tili fani oʻquv dasturi oʻquvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan Davlat ta‘lim standarti
talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu oʻquv dasturida 1-4-sinf oʻquvchilarida
tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini
shakllantirish koʻzda tutilgan.
Kichik yoshdagi bolalar har qanday yangilikni qanchalik tez qabul qilsalar,
shunchalik tez unutuvchan boʻladilar. Oʻqituvchi bolaning
shu tabiatini hisobga
165
olib, oʻtilganlarni takrorlab, mustahkamlab borishi lozim. Chunki takrorlash
bilimlarni mustahkamlash demakdir. Bolalar uzoq muddatli yozgi dam olish
davrida 3-sinfda olgan bilimlarini biroz unutadilar. Shuning uchun 4-sinfda
grammatika, imlo va nutq oʻstirish mashg‗ulotlari 3-sinfda oʻtilganlarni
takrorlashdan boshlanadi. Takrorlash jarayonida ham oʻquvchilarga yangi
tushuncha va bilim berish, mavzu yuzasiga oid misollar keltirish ularning darsga
qiziqishi va e‘tiborini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: