Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


partiyalarini tayyorlashdan samarasi ko‘p va kam chiqimli yirik ishlab



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230
Bog'liq
marketing UMK


partiyalarini tayyorlashdan samarasi ko‘p va kam chiqimli yirik ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul. Bundan tashqari violentlar yangimahsulot 
ishlab chiqish, savdo tarmog‘ini rivojlantirish va harakatlanishning kuchli 
siyosati bilan bog‘liq keng ko‘lamli ilmiy- tadqiqotlar tomonidan 
yaratiladigan ustuvorliklardan ham foyda- lanadilar. 
O‘zining bahaybat kuchiga tayanadigan violentlar strategiyasi – imkon 
qadar raqobatchilarini surib chiqarib, kengaytirilgan bozorga egalik qilish. 
Violent firmalar xaridorlarni nisbatan arzon baholari va tovarlarining o‘rtacha 
darajali sifati bilan jalb etadilar. Xaridorlar haqida g‘amxo‘rlik gigant- 


132 
violentlarning xayriyasi emas: ular ko‘pincha bozorda monopolist 
pozitsiyasini egallab turadi, ular ommaviy talab qonunlarini yaxshi biladi: 
yomon yoki qimmat mahsulot bunday talabni keltirib chiqarmaydi. 
Zamonaviy uskunalardan foydalanuvchi mayda firmalar rollarining 
o‘zgarishi va yirik firmalarning ayrim pozitsiyalarini yo‘qotishi odamlar 
o‘zlarining kundalik ehtiyojlarini yirik firmalar mahsulotlari hisobiga 
qondirishining dalilidir. Ular “Microsoft” ning dasturiy ta’minotlaridan, 
“Erich Krause” kanstovarlaridan foydalanishadi, “Rossiya” fabrika- sining 
konfetlarini iste’mol qilishadi. Agar bunday kompaniyalar boshqalar bilan 
(joy) talashishsa, siqib chiqarilsa, firmalar bilan ham shunday holat yuz 
beradi. 
Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishi aynan yirik kompaniyalar tomonidan 
ishlab chiqilgan samarali bozor siyosatiga bog‘liq va uning asosini tashkil 
qiladi. Patiyentlar – ixtisoslashuv yo‘liga o‘tgan firmalar. Ular 
iste’molchilarning ma’lum tor doirasi uchun antiqa (oddiy bo‘lma- gan) 
mahsulotlar ishlab chiqaradilar. Bu turdagi kompaniyalarning mahsulotlari 
mos keluvchi guruh mijozlari uchun almashtirib bo‘lmas – bebahodir. 
Bunday kompaniyalar kengaytirilgan bozorning uncha katta bo‘lmagan 
qismini nazorat qila borib, tarqalib ketmaslikka harakat qiladi. Ular 
o‘zlarining qimmat va yuqori innovatsiyali mahsulotlarini qoidaga ko‘ra 
standart mahsulotlardan qanoatlanmaydiganlarga sotishadi. Masalan, “Fin- 
press” nashriyoti professional menejerlar va bu kasbga tayyorlanayotganlarga 
yoki jahonda noyob gidroaviatexnika ishlab chiqaruvchi Taganrogdagi 
Beriyev nomli konstruktorlik byurosi uchun marketing va menejment haqida 
axborotlar taqdim etadi. 
Bozordagi ayrim maxsus joylarda xizmat ko‘rsatuvchi patiyent 
firmalarning muvaffaqiyati xaridorlarning tor doirasini, ularning o‘ziga xos 
talablarini hisobga olgan holda yaxshi bilishi va ularga o‘ta yuqori iste’mol 
qiymatini taqdim eta olishidadir. Agar violent firmalar (gigant o‘lchamdagi) 
muvaffaqiyatga savdoning katta hajmi bilan erishsalar, patiyent firmalar 
o‘zlarining noyob tovarlariga yuqori baho qo‘yib, yuqori foyda olish hisobiga 
muvaffaqiyatga erishadilar. Patiyent firmalarni “ayyor tulkilar”, deb ataladi. 
Tulki kompaniyalar bozorga turli-tuman mahsulotlar olib keladilar. 
Gigantlar tomonidan qurshovga tushib qolishdan qochib, ular o‘ziga xos 
bo‘lgan iste’mol tovarlarni faol qidirib topadilar va jamiyatni iqtisoddagi bir 
xil stnadartlardan qutqarib, ularni shakllantiradilar. Bozordagi ma’lum bir 
joyda, uning yo‘qolib ketish xavfi (riski) bilan ishlash bir vaqtning o‘zida bir 
necha ana shunday joylarda ishlashni talab qiladi. 
Mamlakatimizdagi firmalar uchun patiyent strategiyasi tadbirkorlik 
falsafasi sifatida alohida qadrli. U yetakchi yirik kompaniyalar bilan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kurashmaslikka, faoliyatning o‘sha sohalari uchun 
imkoniyatsiz, foydasiz bo‘lgan tomonlarini qidirib topishga chaqiradi. 
Bunday “ayyorona” yondashuv ojizlarning kuchlilar bilan raqobatidagi 
imkoniyatlarini jiddiy oshiradi, bu esa firmalar uchun ortiqchalik qilmaydi. 


133 
Patiyent strategiyasi ko‘plab mudofaaga oid ishlab chiqarish uchun 
istiqbolli bo‘lishi mumkin. Buning uchun ularda yaxshigina dastlabki 
pozitsiyalar mavjud: yuqori malakali iste’dodli xodimlar, zamonaviy 
uskunalar, mayda seriyali, ba’zan esa ustuvor hisoblanuvchi noyob 
mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar. 
Kommutantlar oddiy biznesda mahalliy miqyosga ega bo‘ladi. Mayda, 
ixtisoslashmagan korxonaning kuchi aniq mijozlarning hajmbo‘yicha uncha 
katta bo‘lmagan ehtiyojlarini qondirishga moslashgan- ligi hisoblanadi. 
Ommaviy (violent) ishlab chiqarish uchun iste’molchi- larning katta 
guruhining 
talablari, 
ixtisoslashganlar 
uchun 
(patiyent- 
larga) 
– 
iste’molchilarning alohida qatlamlar talablari tuziladi. 
Kommutant firmalar kichik biznesni amalga oshirishadi va mahalliy 
bozor talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Har gal har bir aniq holat uchun 
yaratiladigan sanoqsiz mayda korxonalar biznes uchun har bir imkoniyatdan 
foydalanishga tayyor, violentlar va patiyentlar esa o‘z ishlab chiqarish 
qiyofalarida qat’iy turadilar. Yirik ishlab chiqarish quvvatlarining, ilmiy- 
texnika bazasi yoki tor sohadagi alohida bilimlarning yo‘qligi (ya’ni 
violentlar kuchlimi yo patiyentlar) aniqlovchi kommutantlar uchun nima 
bilan shug‘ullanishlarining aha- miyati yo‘q. 
Bu holat kommutantlarni “kulrang sichqonlar” deb atalishiga olib keldi. 
Sichqon – firmalarning ustuvorligi, boshqa firmalar qodir bo‘lmagan tijorat 
faoliyati sohasini shunchalik oson o‘zgartira olishidir. Yuqori darajadagi 
ochiq-oydinlik – kommutantlarning raqobat kurashi- dagi kuch manbasi. 
Doimiy ravishda foyda olishga intilish va u tufayli har qanday vositani 
o‘zlashtira olishga tayyorgarlik kommutantlar faoliyatida o‘ta sof shaklda 
ko‘rinadi. 
Kommutant strategiya yangi xususiy firmalar orasida mavjud. Xususiy 
tadbirkorlar boj to‘lovlari va valuta kurslaridagi har qanday o‘zgarishlar va 
turli xil mahsulotlar bilan ishning o‘rtacha rentabelligiga qarab faoliyat turini 
zumda o‘zgartiradi. 
Eksplerentlar – bu yangisini yaratish va bozorning eski segmentlarini 
tubdan qayta shakllantirishga ixtisoslashgan firmalar. Ular ITTKIning eng 
ahamiyatli yutuqlarini yaratishda muhim rol o‘ynashadi. Gap faqat 
mahsulotni mukammallashtirish haqida emas, inqilobiy qarorlarning o‘ta 
xavfli qidiruvi haqida ham bormoqda. 
Eksplerent firmalarning raqobatdagi ustuvorligi bunday firmalarni 
“birinchi qaldirg‘ochlar” bilan taqqoslash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va tovarlar bilan bog‘liq. Bunday pioner 
kompaniya (frans. pioneer – faoliyatning qaysidir sohasiga yangi yo‘l 
ochuvchilar) yangi bozor yaratish va unda shaxsan o‘zi ishtirok etib, foyda 
olishga intiladi. 
Yangi mahsulotni chiqarish juda qimmat turuvchi ommaviy ishlab 
chiqarishda, xato qilishga yo‘l yo‘q va violentlar tekshirilmagan loyiha- 
lardan qochishga urinadilar. Ko‘pincha, eksplerent firmalarda bozorni 


134 
o‘zlashtirish va undagi keng marketing faoliyati uchun yetarlicha mablag‘ 
bo‘lmaydi. Shuning uchun ular ko‘proq yirik firmalarning yoki ularning 
sho‘ba korxonalarining venchur (riskli) bo‘limlari sifatida ancha samarali 
harakat qilishadi. Pioner firmalari o‘z ochilishining bozorda muvaffaqiyat 
qozonishiga ishonadi, lekin 100 tadan 85 ta holatda muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashadi. Biroq eksplerentlarningbizneslariga yangi-yangi qaldirg‘ochlarni 
jalb etish uchun 15 ta holatdagi muvaffaqiyat yetarli. 
Zamonaviy eksplerentlar kam, lekin iqtisodiyoti rivojlangan mam- 
lakatlarda ham ularning soni uncha ko‘p emas. Shuning uchun ushbu 
firmalar davlat tomonidan maksimal qo‘llab-quvvatlashdan foydalana- dilar, 
chunki ular iqtisodiyotning turli sohalarida ITTKIning kuzatuvchilari 
hisoblanadilar. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish