“YOg’-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnolo’giyasi” fani.
Maruza № 4.
Mavzu. YOg’ va moylarni PET idishlarga qadoqlash.
Loyixalanadigan texnolo’giya eng avval mahsulotni yuqori sifatini ta‘minlash lozim. Muhim ko’rsatkichlardan biri mahsulotning chiqishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan chiqindilar va yuqotishlar kam bo’lishi kerak. Tanlangan texnolo’gik sxema to’liq yoki qisman mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo’lishi shart. Keyingi shart – texnolo’gik sxemalar ratsional b’olishi kerak ya‘ni elektroenergiya, bug’, suv, sovuqlik suv kam sarflanishi kerak. Texnologik sxemalarda barcha jarayonlar ketma-ket joylashadi, qo’shimcha komponentlar, idishlar va xom ashyolar kelishi, chiqindilarni olib ketilishi ko’rsatiladi. Yog‘ sifatini saqlash va yog‘-moy sanoatida savdo madaniyatini oshirish uchun so‘nggi yillarda iste’mol uchun mayda idishlarga qadoqlangan yog‘ assortimentlari ko‘paymoqda. Yog‘lar 0,5—2,0 litr hajmli shisha idishlarga va asosan polimer material —polivinilxloriddan tayyorlangan, polietilen qopqoqli idishlarga qadoqlanmoqda. Mayda idishlarga qadoqlaydigan zamonaviy liniyalar ishlab chiqaradigan firmalar qatorida «Krupp-Kauteks» (Germaniya), «Reno-pak» (Shveysariya) va « Steka» (Fransiya) firmalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Qadoqlashga tayerlangan yog’ va moy maxsulotlari eng birinchi labo’ratoriya tekshirivudan utirilib sotishga, istemolga tayor bo’lishi kerak.
Xozirgi kunda yog’ va moylarni PETlarga qadoqlash rivojlangan. CHunki narxi arzon, idishni toppish qulay, sotishda va saqlashda ko’lay. Maxsulot visual ko’rinishini taminlaydi. PE idishlar asosan kapsula xolatda keltirilib qadoqlash sexi yordamchi bo’limida qizdirilib keyin xavo bosimi ostida puflab kerakli xajm va shakl berilib tayyorlanadilar.
Qadoqlash jaraenida qadoqlash texnolo’giyasi shunday amalga oshirilishi kerakki maxsulot sifatiga tasir kilmasligi kerak. Xozirgi kunda PET idishlar utilizatsiyasi dunyo bo’yicha ancha muammolar keltirmokda, idishlarni istemolchilar belgilanmagan joylarga tashlashi natijasida ekolo’giyaning buzilishiga, shaxarlar va tabiat ko’rinishini buzishiga olib kelmokda.
PET idishlarga yog’larni qadoqlash texnolo’giyasi jihozlari kuydagicha:
Past bosimli kompressor
0,75 MPa bosimdagi siqilgan havo ressiveri
Preformalarni qizdirish jixozi
Preformalarni puflash va shakl berish avtomati
YOg’ quyish apparati
Qopqoqni mahkamlash moslamasi
YOrliq yopishtiruvchi jixoz
Qadoqlangan yog’larni o‘rovchi moslama
Davriy usulda qadoqlash texnolo’giyasi o’z ichiga davriy yani malum vaqt tizim ishlashini taminlaydigan usuldir. Bu xolda texnolo’gik tizimlar belgilangan davr ishlab t’oxtatiladilar. Uzliuksiz ishlaydigan texnolo’gik jixozlar asosan sutkasiga 24 soat to’xtamasdan ishlab jixoz ishlab chikarish quvvatida belgilangan tonnani ishlab chiqaradi.
Davriy usulda o’simlik oyg’ini qadoqlash texnolo’gik sxemasi kuyidagicha: Kungaboqar oyg’ini qabul qilish, oyg’ni tayerlangan PE idishlarga qadoqlash, PE idishga qopqoq yopish, yorliq yopishtirish, qadoqlangan yog’larni karton korobkalarga joylash, salash, sotish. Xuddi shu usulda uzliksiz usulda o’simlik yog’ini qadoqlash mumkin.
YOg’ va moylarni qadoqlash uskuna va jixozlarining kerakli soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Uzluksiz ishlaydigan uskunalar va jixozlar uchun:
N- bir soatda tsexning ishlab chiqarish quvvati.
M- uskunaning bir soatda ishlab chiqarish quvvati.
O’simlik yog’lari inson ozuqasida etakchi ro’lni egallab kelmokda. Qadoqlangan o’simlik yog’lari saqlashda va toshishda qulay, toshqi ko’rinishi yaxshi, ishlatishda va sanitariya jixatdan xam ko’lay b’olganligi uchun insonlar ovkatlanish soxasida keng ko’llanilib kelmokda. Yog’-moy maxsulotlarini ishlab chiqarish kadim zamonlardan xammaga ma’lum lekin yog’ni qadoqlash keyingi 15-20 yillar davomida keng ko’llanilmokda.
Qadoqlashda asosan kungabokar, so’ya, zaytun, aromatik yog’lar va palma yog’lari ishlatilib kelmoqdalar. Ushbu yog’lar moyjuvoz va ekstraksiya usulida olingan bulib rafinatsiyalangan xolda qadoqlanadilar. Ushbu o’simlik oyg’larini insonlar ovkatlariga, salatlarga, konditer maxsulotlariga, farmatsevtika maxsulotlariga ishlatib kelimoqdalar. Uzbekistonda yog’ ishlab chiqarish soxasi xar yili kengayib kelmoqda. Qadoqlash sexlari xar tomonlama SES qonun va talablariga javob berishi kerak. Qadoqlash sexlari bugungi kunda tulik avtomatlashtirilmagan ular asosan yarim avtomat usulida jihozlangan. YOg’ni qadoqlash sexlarida bugungi kunda kamida 12-15 ishchi va xizmatchilar ishlab kelmokdalar. Ishchi va xizmatchilar SES ko’rigidan o’tgan bo’lishi kerak, maxsus kiyim bosh bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Maxsus kiyim bosh kasallik tarkalishi, kasb kasalligiga uchramaslikning oldini oladi.
Bugungi kunda yog’ qadoqlash tizimini ishga tushirish investitsiya kiritish ko’p daromadli ish manbayiga aylandi. CHunki maxsuloti insonlar tomonidan keng ko’llanilmokda. Qadoqlangan oyg’ maxsulotlari vazni engil, idishlar saqlanishda va toshishda yaroqsiz xolga kelmaydi, shaffoflikga ega.
Zamonaviy PETaralari oziq-ovqatga ishlatishga yaroqli, vazni engil, ishlatishda quday va sanitariya jixatdan toza bo’lishi kerak, ular sanitariya talablariga javob beradigan omborlarda saqlashini kerak. YOrligida Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi talablaridagi yozuvlar bo’lishi shart.
Mavzu bo’yicha savollar.
1. YOg’lar qanoqa idishlarga qadoqlanmoqdalar?
2.Yog’ moy maxsulotlarning oyrlig’iga nimalar yoziladi?
3. Davriy usulda o’simlik oyg’ini qadoqlash texnolo’gik sxemasi to’girisida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |