314
e’lon qilar va u orqali mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali inglizmatbuoti
sezilarli darajada obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz hukumati
reklamani tartibga solishga urinishlarni boshladi va noto‘g‘ri ma’lumot
tarqatgan buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga tortajagini
bildirdi.
Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham
unga hamohang rivojlanib
bordi. AQShda reklamadagi yuksalishlar uni mutlaqo yangi shaklga – xat
tartibli reklama shaklini yaratilishiga olib keldi.1836 – yilning iyunida
Fransiyaning La Presse gazetasi reklama orqali daromad olayotgani evaziga
narxni pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini kengaytirishni mo‘ljalladi.
Keyinchalik bu usul butun mamlakat gazetalari tomonidan o‘zlashtirildi.
1840 – yilda Volni Palmer ismlikishi Filadelfiyada hozirgi zamon reklama
agentliklariga o‘xshash agentlikka asos soldi. 1842–yilda Palmer mashhur
gazetalardan katta chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini
sotib oldi va yuqori
narxlarda reklama qiluvchilarga sota boshladi. Palmer faqat gazeta betlarini
sotib olgan bo‘lib, reklama qanday qilib, qanday ko‘rinish va shaklda
berilishi reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan. XIX asr oxirlariga kelib
N.W.Ayer & Sons reklama agentligiga asos solindi va bu agentlik reklamani
rejalashtirish, yaratish va reklama jarayonini boshqarish
borasida taklif va
yordamlar berardi. Xuddi shu davrda Fransiyada Charles-Louis Havas
reklama agentligi ham faoliyat olib borayotgan bo‘lib, uning xizmat
ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham qamrab olgan edi.
XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama sohasida
ayollar salmog‘i va vositasi ortib bordi. Dastlab, reklama agentliklari
ayollardan yaratuvchanlik qobiliyati va uy-ro‘zg‘orga
oid reklamalarda
«onalar tanlovi” yoki «rafiqalaringiz tanlovi” kabi reklamalar uchun
foydalangan bo‘lsalar, keyin ulardan turli xil ayollar tasvirlari orqali e’tirofni
tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada ayollarning ilk tasviri sovun reklamasida
qo‘llanildi.
Yangilik usulida yaratilgan dastlabki zamonaviy reklama 1920–
yillarning boshida ishlangan tamaki reklamasi hisoblanadi. Zamonaviy
reklamaning otasi sifatida Edvard Berniys Medisson Avenyu reklama
agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va
iste’molining ommalashishiga xuddi shu inson sababchi bo‘lgan.O‘sha
paytda Bonzak deb atalgan yangi va katta hajmda sigareta o‘raydigan
mashinaning sanoatda qo‘llanishi bozorda taklif
hajmini keskin oshirib
yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklamalari
orqali bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: