Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni
– bu ma’lum bir bosqichlar
ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini, iste’molchini tanlash va
ularni jalb qilish, shartnoma shartlariga ko‘ra yetkazib berishning ratsional
yo‘llarini tanlash, tovarlarni saqlash va taxlash kabi vazifalarni o‘z ichiga
oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlarni yetkazib
berish, bu borada barcha qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq
.
Tovarlar harakatlanishi (marketining logistikasi) ni tashkil etish.
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yi- cha
qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga
yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash,
tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar
harakati, deyiladi.
Tovarlar
harakatlanishi
(marketing–logistikasi)
– iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni va
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga yetkazish
faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish
ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
Tovarlar harakatining maqsadi — minimal imkoniyatli xarajat bilan
zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni
harakatlantirishning
asosiy
chiqimlari
tovarlarni
transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar – moddiy
zaxiralarni saqlash, tovarlarni olish, tushirish, qadoqlash,ma’muriy xarajatlar
273
Logistika
Taqsimlash
Savdoni
tashkil
etish
Ta’minot
Ishlab
chiqarish
Sotish
va buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yichaxarajatlardan yig‘iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, talabni
yaratishning
potensial
ko‘rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini
mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi xizmat
ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida mijozlar
uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash sarfini
minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal servis katta
tovar–moddiy zaxiralarining saqlashni, nuqsonsiz transportirovka xizmatini
va ko‘plab omborlar bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib
keladi.
Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri marketing–
logistikasi bo‘lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi vositasi
hisoblanadi.
Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini
optimallashtirish bo‘yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo‘lib, iqtisodiy,
ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini tashkil etish,
aylantirish, iste’molni samarali tashkil etish bilan shug‘ul- lanadi.
1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks
ta’minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga yetkazib
berishni nazarda tutdi.
1980-yillarga keliblogistikaning
ahamiyati
shunchalik
ortdiki,ishlab chiqarish korxonalarida logistika bo‘limi
tashkil etildi. AQSh vaYevropa oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar
tayyorlay boshladi. 1990-yillarda
xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda
logistika jarayonlariqo‘llanib, savdo-sotiq, iqtisodiy erkin
savdo zonalarida logistika xizmat-lari joriy etildi.
Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistika-ning
asosiy maqsadidir.
Logistika obyekti bo‘lib – tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnolo-
giyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq– ovqat
sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo sanoati, qog‘oz-
selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish, elektron sanoat, tekstil sanoati,
mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha.
274
11.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |