197
tashqari natural ko‘rsatkichlar yordamida korxonada xomashyo materiallarga
ishchi-xizmatchilarga bo‘lgan talabni, mehnat haqi to‘lovlari miqdori, har
birining mahsulot uchun mehnat haqi (bahosini) to‘lovini
aniqlash, ishlab
chiqarishdagi barcha bo‘g‘inlar (uchastkalar) o‘rtasida mutanosiblikni
ta’minlash,
ishlab
chiqarishni
tashkil
etish
shakllarini
–
(konsentratsiyalashtirish,
ixtisos-
lashtirish,
kooperativlashtirish,
kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo resurslari bilan ta’minlash, ularning
zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Natural ko‘rsatkichlar
korxona va tarmoqlarning o‘ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda
etadi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bularning
hammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida
albatta hisobga olinishi
zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib
qolishlar, natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi,
quvvatidan va boshqa
resurs- lardan foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo
bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini
to‘g‘ri va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab olinishi lozim.
Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni – kv.m. va dona
hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtirila- di.
Mashinasozlikda dastgohlar,
mashinalar, uskunalarning iste’molga
yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv veretenda
o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt,
elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona va mln.
amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming kub m.
hisobida o‘lchanadi.
Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan yuqori
darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini yaxshilash,
prokat va trubalarning tarkibida umuman metall hajmini,tonnadagi og‘irligini
kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va tonnali bo‘lganlarini salmog‘ini
oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib berish
ular tarkibida shartli birlik o‘rniga oziqa moddalar
mavjudligini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste’mol qiymati,
iste’molga yaroqlilik darajasi yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Buyurtmachilar
portfelini shakllantirishda ular talabiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish
natural o‘lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi vanavi (nomenklaturasi
va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biz kundalik hayotimizda turli iste’mol ehtiyojlarimizni qondirish uchun
turli tovarlar guruhlaridan ma’lum assortimentdagi tovarlarni tanlaymiz.
Tovar iste’molchilar xohishiga qancha ko‘p mos kelsa,
ishlab chiqaruvchi
shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar
iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini yuzaga chiqarishlari,
keyin shu tovarni yaratishlari va sotishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: