Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki, inqirozli holatlar bozor iqtisodiyoti
sharoitida ham takrorlanib turuvchi jarayonlar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan
holda iqtisodiyot obyektlarida doimiy ravishda inqirozga qarshi boshqaruvning amal
qilishi alohida dolzarblik kasb etadi.
Inqirozga qarshi boshqaruv yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarni
oldindan koʻra bilishda, shuningdek inqiroz sharoitida inqirozga qarshi rivojlanishni
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Inqirozga qarshi rivojlanish – rivojlanishning obyektiv tendensiyalariga mos
korxona tomonidan belgilangan maqsadlardan kelib
chiqqan holda inqirozning
oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv jarayonidir. Inqirozga qarshi
boshqaruv esa bevosita inqirozlarni oldindan koʻra bilish, ularning oqibatlarini
yumshatish va korxonani rivojlantirish uchun inqiro omillaridan foydalanishning
nazorat qilinadigan jarayonlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladigan moliyaviy
boshqaruv turi hisoblanadi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning asosiy maqsadi – korxona faoliyatida yuzaga
kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarning oldini olish va tashqi inqirozlarning ta’sirini
kamaytirish hisoblanadi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning vazifalari esa quyidagilar:
- inqirozlarning oldindan koʻra olish va ularga mos darajada tayyorgarlik
koʻrish;
- inqirozning xavfli omillariga toʻsqinlik qilish;
- inqirozning rivojlanish dinamikasini boshqarish;
- inqiroz sharoitida korxonaning faoliyat
uzviyligi va uzluksizligini
ta’minlash;
- inqirozning salbiy oqibatlarini kamaytirish;
- korxonani rivojlantirish uchun inqirozning oqibatlari va omillaridan
foydalanish.
Har qanday boshqaruv turi kabi inqirozga qarshi boshqaruvda ham boshqaruv
ob’ektlari va obyektlari amal qiladi.
Umumiy holda inqirozga qarshi boshqaruv ob’ektlari korxona va tashkilotlar
hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi. Inqirozga qarshi boshqaruv
obyektlari sifatida esa korxona va tashkilotlarning mulkdorlari va menejerlari, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, kreditorlar keltiriladi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning muammoli sohalari juda keng va turfa
xillikka ega. Inqirozga qarshi boshqaruv doirasida hal qilinishi lozim boʻlgan
muammolar quyidagilar boʻyicha tasniflanadi.
Inqirozning rivojlanish bosqichlari
boʻyicha:
- inqirozli holatlarni aniqlash;
- inqirozning oldini olish;
- inqiroz holatlarida korxona faoliyat davomiyligini ta’minlash;
- inqirozdan chiqishni ta’minlash;
- inqiroz oqibatlarini tugatish.
Qoʻllaniladigan inqirozga chora-tadbirlar yoʻnalishlariga
koʻra:
- metodologik;
- moliyaviy-iqtisodiy;
- tashkiliy;
- huquqiy;
- ijtimoiy-psixologik;
- konfliktologik.
Boshqarish texnologiyasiga
koʻra:
- axborotlar qidirib topish (ularning ishonchliligini ta’minlash);
- inqiroz holatida korxona faoliyatining variantlari
va modellarini ishlab
chiqish;
- inqiroz holati (tipi, darajasi, oqibatlari)ni tahlil qilish va baholash;
- inqirozga qarshi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.
Qoʻllaniladigan instrumentlariga
koʻra:
- noaniqlik va resurslarning cheklanganligi sharoitida marketing;
- inqirozga uchragan korxonalarni sanatsiya qilish yoki qayta tarkiblash;
- inqirozga qarshi investitsion, innovatsion siyosat yuritish;
- xodimlarni tanlab olish;
- nizolarni boshqarish.
Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning
Do'stlaringiz bilan baham: