Korporativ tuzilmalarda inqirozga qarshi boshqaruvning tashkiliy xususiyatlari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana28.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#712806
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu-15

 
Bunday 
tadqiqot
 
moliyaviy inqirozlarning alohida ichki va tashqi omillarini belgilab olish, 
moliyaviy inqiroz shakllari va koʻlamiga alohida omillarning ta’siri, moliyaviy 
inqiroz omillarining rivojlanib borishi va ularning korxona moliyaviy-xoʻjalik 
faoliyati rivojlanishiga salbiy ta’sirini prognozlash kabilarni oʻz ichiga oladi. 
5. 
Moliyaviy inqirozning oldini olish boʻyicha korxonaning moliyaviy 
imkoniyatlarini baholash.
 
Bunday baholash koʻp jihatdan inqirozga qarshi chora-
tadbirlarning aniq maqsadga yoʻnaltirilganligi va barqaror mexanizmlardan 
foydalanish imkoniyatining yuqoriligi bilan belgilanadi. Shuningdek ichki 
imkoniyatlar toʻliq baholangan holda tashqi moliyaviy resurslarga boʻlgan talab 
miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. 
6. 
Moliyaviy inqiroz koʻlamidan kelib chiqqan holda korxonani moliyaviy 
barqarorlashtirish mexanizmlarini tanlash.
Bunday mexanizmlarni tanlash kapital 
tarkibi, aktivlar tarkibi, pul oqimlari tarkibi, moliyaviy resurslarni shakllantirish 
manbalari tarkibi, investitsion portfel tarkibi kabi muhim parametrlarni qayta 
shakllantirish yoʻli bilan korxona moliyaviy holatini barqarorlashtirishga undaydi. 
Inqirozli rivojlanish sharoitida korxona moliyaviy faoliyatining asosiy 
parametrlarini qayta tarkiblash jarayonida moliyaviy barqarorlashtirishning aniq 
mexanizmlarini tanlash quyidagi masalalarni bosqichma-bosqich hal qilishga 
yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim: 
- toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish; 


- moliyaviy barqarorlikni tiklash; 
- uzoq muddatli istiqbolda korxonaning barqaror oʻsishini moliyaviy jihatdan 
ta’minlash. 
7. 
Korxonani moliyaviy inqirozdan chiqarishning kompleks dasturini ishlab 
chiqish va amalga oshirish.
 
Bunday kompleks dastur odatda ikkita muqobil hujjat – 
korxonani moliyaviy inqiroz holatidan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarning 
kompleks dasturi yoki korxonani moliyaviy sanatsiyalash (sogʻlomlashtirish)ning 
investitsion loyihasi shaklida ishlab chiqiladi. 
Korxonani moliyaviy inqiroz holatidan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar 
kompleks dasturida ichki manbalar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar 
miqdori doirasida moliyaviy barqarorlashtirishning ichki mexanizmlaridan yuqori 
darajada foydalanishga e’tibor qaratiladi. Bunday reja quyidagi asosiy boʻlimlardan 
tarkib topadi: 
- inqirozga qarshi chora-tadbirlar roʻyxati; 
- inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan 
moliyaviy resurslar miqdori; 
- alohida inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari; 
- alohida inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul 
shaxslar; 
- moliyaviy barqarorlashtirishdan kutilayotgan natijalar. 
Moliyaviy sanatsiyalash (sogʻlomlashtirish) investitsion loyihasi korxona 
tomonidan moliyaviy inqirozdan chiqish uchun tashqi boshqaruvchilar jalb qilingan 
holatda ishlab chiqiladi. 
Korxonani moliyaviy inqiroz holatidan chiqarish boʻyicha kompleks dasturi 
ishlab chiqilgach va tasdiqlangandan soʻng uni amalga oshirishga kirishiladi. 
8. 
Korxonani moliyaviy inqirozdan chiqarish dasturining amalga oshirilishini 
nazorat qilish.
 
Bunday nazorat odatda korxona menejerlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Korxonani moliyaviy inqirozdan chiqarish kompleks dasturi chora-
tadbirlarining asosiy qismi inqiroz holatlarida korxonalarda tashkil etiladigan tezkor 
moliyaviy kontrolling tizimi orqali nazorat qilinadi. Inqirozga qarshi chora-tadbirlar 
samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zaruriy tuzatishlar kiritish maqsadida 
dastur ijrosi boʻyicha nazorat natijalari davriy ravishda muhokama qilinishi talab 
etiladi.
9. 
Korxonada moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunday chora-
tadbirlar tizimi har bir korxonada individual tavsifga ega boʻlishi va moliyaviy 
faoliyatni sifat jihatdan tarkibiy qayta shakllantirishga yoʻnaltirilishi lozim.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish