Korxonalarda narx shakllanish jarayonini boshqarish


-jadval  Bozor talabi va taklifi ta’sirida muvozanatli



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#712777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu-14

1-jadval 
Bozor talabi va taklifi ta’sirida muvozanatli 
narxning xosil boʻlishi. 
Bitta korxona
taklifi 
miqdori 
1000 korxona 
taklifining 
umumiy hajmi 
Tovarbahosi,
soʻm 
Talabning 
umumiy hajmi 




10 
10000 
1510 
4000 

9000 
1310 
6000 

8000 
1110 
8000 

7000 
910 
9000 

6000 
810 
11000 




710 
13000 


610 
16000 
Jadvaldagi ma’lumotlarni grafikda aks ettiramiz. 

1100 
D
 


0
2000 4000 60008000 10000
1 – chizma. Bir xil tovarga muvozanatli narxning hosil boʻlishi. 
Mahsulot umumiy taklifini mumkin boʻlgan narxdagi umumiy talab miqdori 
bilan taqqoslab, muvozanatli narx tarmoq uchun 1110 soʻmni (muvozanatli 
mahsulot miqdori 8000 birlikni tashkil qiladi) tahlilini aniqlaymiz. 
Agar harajatlar yoki bozor talabida xech qanday oʻzgarish roʻy bermasa, 
chizmadagi diagramma haqiqiy muvozanatli vaziyatni koʻrsatadi. 
Sof raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillariga narxlar ham talab va 
taklifning nisbati bilan aniqlanadi. 
Ammo resurslarga talab va shunga mos 
ravishda baho narxiga tasir koʻrsatuvchi ikkita muhim holatni ta’kidlash zarur. 
Birinchidan, iqtisodiy resurslarga talab xosila talab hisoblanadi, chunki mehnat, 
kapital, er oxirgi oqibatda kishilarga kerakli iste’molchilik buyumlari ishlab 
chiqarish uchun zarur. Demak, u yoki bu ishlab chiqarish omiliga talab, bu omillar 
yordamida ishlab chiqaradigan tovarlarga boʻlgan talabga bogʻliq. Masalan, tikuvchi 
mehnatiga talab, jamiyatining matoga boʻlgan talabi bilan aniqlanadi: sabzavot 
etishtirish uchun yarokli boʻlgan erga talab, sabzavotga boʻlgan talab bilan 
aniqlanadi va x.k. Bu shuni bildiradiki, ma’lum omilga talab darajasi, shu omil 
yordamida ishlab chiqariladigan tovar narxlariga va mahsulot yaratishdagi mazkur 
omilning unumdorligiga bogʻliq. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarishning barcha omillari iqtisodiy va texno-logik 
jihatdan oʻzaro bogʻliq, tovar ishlab chiqarish uchun barcha uchta omil va ular 
oʻrtasidagi ma’lum nisbat zarur. Har bir omilga talab hajmi, nafaqat mazkur omil 
narxi darajasiga, balki boshqa resurslar narxi darajasiga ham bogʻliq: masalan, 
mehnatga boʻlgan talab nafaqat ish haqi stavkasiga, balki mashina, xom ashyolar 
qancha miqdorda sotib olinishi va ularning narxi qanday darajaligiga ham bogʻliq. 
Qachonki, ishlab chiqarish ma’lum omilining narxi koʻtarilsa, unga talab (boshqa 
sharoitlar oʻzgarmay qolganda) kamayadi, boshqa omilga talab ortadi; maslan, 
mehnat uchun ancha yuqori ish haqi, uni mashinalar bilan almashtirishga olib keladi. 


Ishlab chiqarish har xil omillarining oʻzaro oʻrnini bosish imkoniyati, ularni 
qoʻllashning harajatlarini va eng yuqori foydani ta’minlaydigan nisbatini 
uygʻunlashtirish imkonini beradi. 
Raqobat kurashi jarayonida talab va taklifning tebranishi, tovarlarga 
narxlarning oʻzgarishi oqibatida, daromadlarning ishlab chiqarish omillari egalari 
oʻrtasida taqsimlanishi roʻy beradi. Masalan, donga talabning oʻsishi natijasida, uni 
ishlab chiqarishni koʻpaytirishga ehtiyoj oʻsadi. Don etishtirish uchun yarokli 
boʻlgan erlarga talab kengayadi, erning bahosi, renta oʻsadi. Bu ishlab chiqarish 
mazkur omili egasining daromad oʻsishini bildiradi. 
Sof monopoliya. Bunday sharoitda narxning shakllanishi oʻziga xos 
xususiyatlariga ega boʻlib, bu xususiyat quyidagi holatlar orqali yaqqol namoyon 
boʻladi. 
Birinchidan, sof monopoliya sharoitida narx qoʻshimcha ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotishdan olinadigan pul daromaddan ortiq boʻladi.Bu shuni bildiradiki, 
sof monopolist oʻz mahsulotini sotish hajmini faqat har bir keyingi mahsulot 
birligiga ancha past narxlar belgilash orqali koʻpaytirishi mumkin. Narxning 
pasayishi faqatgina qoʻshimcha sotilgan mahsulotga, emas balki mahsulotning 
barcha boshqa birligi narxlariga ham ta’sir qiladi. Chunki har bir qoʻshimcha 
sotilgan mahsulot birligi yalpi pul daromadga oʻzining kamroq narxi bilan qoʻshilib 
boradi. Faraz qilaylik, monopolist 4 birlik mahsulotni 140 soʻmdan sotgan. U narxni 
140 soʻmdan 130 soʻmga tushirib yana bitta mahsulot birligini sotishi mumkin va 
shu orqali beshinchi mahsulotdan 130 soʻm narxda pul daromad oladi. Bu 
qoʻshimcha sotilgan beshinchi mahsulotdan olingan foydadan 10 soʻm yoʻqotishini 
bildiradi. 
Qoʻshimcha mahsulot birligini sotish davomiy ravishda narxni 10 soʻmga 
pasaytirish orqali borsa mahsulotning 11 birligi 80; 12 birligi esa 70 soʻmdan 
sotilishi mumkin. 
Ikkinchidan, monopolist narx belgilashda hukmronlik qiladi. Buning ma’nosi 
shuki, monopolist mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, shu 
sababli narx belgilashda nisbiy mustaqillikga ega. U bir vaqtda ishlab chiqarish 
hajmi va narxni tanlaydi. Bu monopolist mahsulotiga narxni belgilashda bozor 
kuchlaridan ozod ekanligini yoki haridor toʻliq monopolist xukumronligi ostida 
boʻlishini bildirmaydi. Buni yuqoridagi tahlil ham tasdiqlaydi: yuqori narxlar 
mahsulot sotishning ham hajmi bilan, past narxlar koʻp hajmi bilan bogʻliq. 
Monopolist sotish hajmiga zarar etkazmasdan narxni oshira olmaydi yoki ancha past 
narxlar belgilamasdan sotish hajmini koʻpaytira olmaydi. 
Uchinchidan, monopolist xech qachon yalpi pul daromadni kamaytiradigan 
narx, mahsulot miqdori uygʻunlashuvini tanlamaydi. Chunki ancha past narxlar 
ishlab chiqarishning katta hajmi va koʻpayib boruvchi yalpi harajatlar bilan bogʻliq. 
Ancha past pul daromad va ancha yuqori harajatlar foydaning kamayishini bildiradi. 
Shunday ekan, monopolist ishlab chiqarish hajmini mahsulotni sotishdan olinadigan 
pul daromad, unga qilinadigan harajatga teng keladigan miqdorgacha oʻstirib boradi. 
Mahsulotiga narxni ham shu darajada oʻrnatadi. 
Umuman 
aytganda, 
monopolistik 
raqobat 
sharoitida 
korxonalar 
mahsulotlariga narx darajasi raqobatchilar soni va mahsulotning tabaqalashish 


darajasiga bogʻliq boʻladi. Raqobatlashuvchilar soni qanchalik koʻp va 
mahsulotning tabaqalanishi qanchalik kuchsiz boʻlsa, vaziyat sof raqobatga 
shunchalik koʻproq yakinlashadi. 
Toʻrtinchidan, monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali 
foydalanishga ham, ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishib boʻlmaydi. Chunki 
monopolistik xukmronlik,mahsulotlar ishlab chiqarish uchun resurslardan toʻliq 
foydalanmaslikni keltirib chiqaradi. Natijada korxonalar, mahsulotning ancha 
samarali hajmiga qaraganda birmuncha kamroq mahsulot ishlab chiqaradi. Bu oʻz 
navbatida, narxlarni sof raqobat sharoitdagiga qaraganda, bir muncha yuqori 
oʻrnatishni bildiradi. Haqiqatdan, monopolistik raqobat sharoitida korxonalar uzoq 
muddatli davrda me’yoridagi foydaga erishish uchun raqobatli narxlarga nisbatan 
ancha yuqori narx belgilashi zarur boʻladi. 
Beshinchidan, monopolistik raqobatga asoslangan koʻpchilik tarmoqlarda 
narx va uning shakllanishi, sof raqobat sharoitidagidan unchalik koʻp farq qilmaydi. 
Oligopolistik bozor sharoitidabir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchilar
bozorning sezilarli hissasini nazorat qiladi. Oligopolistik firmalar soni odatda koʻp 
boʻlmasligi sababli ulardan har birining harakati bozordagi boshqa firmalarning 
axvoliga sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Natijada har bir oligopolistik firma oʻzining 
boshqalarga bogʻliqligini aniq sezadi.
Mahsulot turi boʻyicha odatda sof oligopoliya va tabaqalashgan oligopoliya 
oʻzaro farklanadi. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi oligopoliya sof 
oligopoliya deyiladi. 
Bunday holda bozorda tovar narxlari bir xil boʻladi. Oligopoliyaning bunday 
turiga kimyo sanoati mahsulotlari bozori, misol boʻla oladi. Bir xil funktsional 
maqsaddagi xilma xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar oligopoliya tabaqalashgan 
oligopoliya deyiladi. Bunday oligopoliyaga avtomobil bozori misol boʻladi. Bunday 
bozordagi bir xil boʻlmagan tovarlar guruhiga narxlar har xil oʻrnatiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish