O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Konsistenstiyasi. 
Hayvon yog’lari uchun konsistenstiyasi ularning muhim 
ko’rsatkichlaridan biri sanaladi. Hayvon yog’larining konsistenstiyasi ularning molekulasidagi 
to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalari triglistiridlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Yog’ning 
tarkibida to’yingan yog’ kislotalarining triglisteridi qanchalik ko’p bo’lsa, ular qattiq 
konsistenstiyaga, to’yinmagan yog’ kislotalarining triglisteridlari qanchalik ko’p bo’lsa esa 
shunchalik darajada yumshoq konsistenstiyaga ega bo’ladi. Shu sababli ham hayvon yog’larining 
sifatini baholashda ularning suyuqlanish va qotish temperaturasi kabi ko’rsatkichlari ham 
aniqlanadi (17-jadval). Ko’pincha uy haroratida qo’y va mol yog’lari qattiq konsistenstiyaga, 
cho’chqa yog’i esa yumshoqroq, surkaluvchan konsistenstiyaga egadir. Bu esa cho’chqa yog’i 
tarkibida mol va qo’y yog’laridagiga nisbatan to’yinmagan yog’ kislotalarining triglisteridlari 
ko’pligidan dalolatdir. 
Eritilgan holatdagi tiniqligi
.
 
Hayvon yog’larining eritilgan holatdagi tiniqligi ularning 
begona aralashmalardan qanchalik darajada tozalanganligidan dalolat beradi. Hayvon yog’lari 
eritilgan holatda butunlay tiniq bo’lishi kerak. 
Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari. 
Hayvon yog’lari uchun ham fizik-kimyoviy 
ko’rsatkichlari sifat tahlilini o’tkazishda eng muhim hisoblanadi. Maxsus standartlar talabi 
bo’yicha hayvon yog’larida asosan suv miqdori, kislota soni, shuningdek antiokislitellar 
miqdorini aniqlash ko’zda tutilgan. Lekin, hayvon yog’larining sifatini ekspertiza qilishda 
boshqa muhim fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. 
Quyidagi 17-jadvalda hayvon yog’larining kengaytirilgan tarzda eng asosiy fizik-
kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar keltirildi. 
Bu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki hayvon yog’lari sifat ko’rsatkichi darajasi 
bo’yicha a’lo, 1-navlarga bo’linadi va ular fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha bir-biridan 
ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, oliy navli hayvon yog’larida kislota soni 1,1-1,2 mg KON 
dan oshmasligi, 1-navli hayvon yog’larida esa 2,2 mg KON dan ortiq bo’lmasligi me’yoriy 
hujjatlarda ko’rsatib o’tilgan. Yod soni ko’rsatkichi cho’chqa yog’larida qo’y va mol 
yog’laridagiga nisbatan birmuncha katta bo’lishini 17-jadval ma’lumotlari tasdiqlaydi. 
Ko’pchilik hollarda hayvon yog’larining sifatiga baho berishda 17-jadvalda keltirilgan 
ko’rsatkichlardan tashqari, ularda perekis soni, aldegid va ketonlar miqdori ham aniqlanadi. 
Yog’larda perekis moni oksidlanishining birinchi mahsulotlari miqdoridan dalolat beradi. 
Aldegidlar va ketonlar miqdori esa perekislarning parchalanishidan hosil bo’ladigan 
oksidlanishning ikkinchi mhsulotlari miqdoridan dalolat beradi. Yog’larda perekis birikmalari, 
aldegidlar va ketonlar asosan yog’larning oksidlanishidan hosil bo’ladi va yog’ tarkibida 
to’planib boradi. Shu sababli yog’larning perekis soni yog’larning yangiligi va qanchalik daajada 
buzila boshlaganligidan dalolat beradi. Masalan, yangi yog’larda perekis soni (g yod miqdorida) 
– 0,03 gacha bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkich yog’larning oksidlanishi chuqurlashib borishi bilan 
ortib boradi va sifati bo’yicha shubhali yog’larda 0,06-0,10 ni, buzilgan yog’larda esa 0,1 dan 
ortiqni tashkil etadi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish