XVI bob
M U ST A Q IL L IK DAVRIGACHA B O ‘LGAN TIBBIYO T
Sobiq sho'rolar mustamlakasi davrida 0 ‘zbekiston tibbiyoti sohasida ham
jiddiy o ‘zgarishlar joriy etildi. 0 ‘tgan asrning 20-yillarida bu borada bir
q ato r tashkiliy ishlar am alga oshirildi. Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi
tuzilib, o ‘lkadagi m avjud kasalxona, am bulatoriyalar va boshqa tibbiy
m uassasalar davlat tasarrufiga o ‘tkazildi. Davolash va epidemiyalarga qarshi
kurashish u ch u n
sayyor otryadlar tuzildi, bakteriologik laboratoriya ishga
tushirildi, um um iy o ‘rinlar soni 7 m ingga yaqin kasalxonalar ochildi.
0 ‘lkada ch in chechak, vabo, rishta, bezgak, traxom a, leyshm anioz singari
kasalliklar asosan tugatildi, sil, teri xastaliklari va boshqa kasalliklar sezilarli
darajada kamaydi.
0 ‘lkada tibbiyot tizim ining m oddiy-texnika bazasi bosqichm a-bosqich
kengaytirilib, m u stahkam landi. T oshkentdagi
yirik kasalxonalarda to r
m utaxassisliklar b o ‘yicha ixtisoslashgan k o ‘z, quloq , asab kasalliklari
b o ‘limlari va boshqa shunga o ‘xshash bo‘linmalar tashkil etildi. Samarqandda
yangi kasalxona, Q o ‘qonda bolalar kasalxonasi, F arg ‘on ada
bem orlarni
fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus shifoxona ochildi. Toshkentda
shu sohadagi kichik xususiy kasalxona negizida 1919-yili 150 o ‘ringa
m o'ljallangan fizioterapiya instituti Ь аф о etildi.
1920-yilda Toshkentda silga qarshi dastlabki dispanser ish boshladi. 1922-
yili vrachlik-sanitariya nazorati tashkiloti tuzildi. 1924-yili Toshkentda teri-
tanosil kasalliklari dispanseri, Buxoroda esa tropik tibbiyot instituti (hozirgi
Sam arqanddagi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti) ochildi.
1924-yilga kelib Turkistonda 6 tropik stansiya va uning joylardagi tarm oqlari
ishlab turdi. 1924-yili respublikada 53 kasalxona, 151 am bulatoriya (ulam ing
79 tasi qishloq joylarida), 40 feldsherlik punkti va boshqa m uassasalar bor
edi. Shu yillarda tibbiyot ta'lim ini yo ‘lga q o ‘yish va m ahalliy aholidan tib
mutaxassislari tayyorlashga kirishildi. 1918-yilda Toshkentda dastlabki
tibbiyot
o ‘quv yurti — hozirgi O xunboboyev nom idagi Respublika tibbiyot bilim
yurti, oradan bir yil o ‘tib, oliy tibbiyot m aktabi ochildi, feldsherlik va
168
qisqa m ud dat o ‘qitiladigan jarrohlik kurslari tashkil etildi.
Oliy tibbiyot
maktabi 1920-yilda 0 ‘rta Osiyo davlat universiteti tarkibidagi tibbiyot fakultetiga
aylantirildi. Bu fakultetda o ‘qishga yoshlam i tayyorlash uchun respublikaning
ko‘pgina shaharlarida ishchi fakultetlari ochilib, ularga o ‘zbek ham da boshqa
m ahalliy aholi yigit-qizlari jalb etildi. 0 ‘rta Osiyo Davlat universiteti oliy
m a'lum otli tibbiy xodim lar tayyorlashdagina em as, balki joylarda yangi
tibbiyot o ‘quv yurtlari ochishda h am m u h im o ‘rin tutdi. U niversitetning
tibbiyot fakulteti 1931 -yilda m ustaqil tibbiyot instituti (T oshkent tibbiyot
instituti)ga aylantirildi. Sam arqandda S am arqand tibbiyot instituti ochildi.
1932-yili T oshkent vrachlar m alakasini oshirish instituti tashkil etildi.
1937-yili T oshkent farm atsevtika instituti ish boshladi. Ayni vaqtda ilmiy
tadqiqot institutlari ham barpo etildi. 1937-yilda Toshkentda sil, 1940-yilda
qon quyish institutlari bor edi. Sanoat korxonalari va qishloq joylariga ko‘plab
vrachlar yuborildi, shahar va qishloqlarda yangi kasalxonalar, poliklinikalar,
ambulatoriyalar ochildi, havosi sof va xushm anzara joylarda iqlimiy kurortlar,
shifoxonalar barpo etildi.
1941—45-yillardagi urush davrida 0 ‘zbekiston tibbiyot tizim i zimmasiga
ancha m as'uliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan jan gch ilar
uchun gospitallar ochish, m oddiy-texnika bazasini yanada m ustahkam lash,
o ‘lkaning sanitariya holatini barqaror saqlab turish kerak edi. Tez orada 130
dan ortiq harbiy gospitallar ochildi. Respublikada urush nogironlarini davolash
u ch u n maxsus jarrohlik shifoxonalari ochildi.
1950-yillarga kelib, 0 ‘zbekistonda tibbiyot ilmi sohasida olib borilgan
ilmiy-tadqiqot ishlari um um jahon miqyosiga ko‘tarildi: xususan, o ‘lka (tropik)
kasalliklarni o‘iganish sohasida katta natijalaiga erishildi. 1954-yilda Toshkentda
tropik (o‘lka) kasalliklariga bag‘ishlangan X alqaro ilmiy sessiya b o ‘lib o ‘tdi.
U n d a o ‘lka kasalliklarini ilmiy jih atd an o ‘rganish va bunday kasalliklarni
tugatish y o ‘lida olib borilgan ishlarga birinchi yakun yasaldi. Sessiyada
o ‘zbekistonlik olim lar faol qatnashdilar va o ‘lka kasalliklarini ilmiy jihatdan
o ‘rganish va ularga qarshi kurashish y o ‘lida olib borilgan ishlar haqida
m a'ruzalar bilan chiqdilar. X ususan, professor L.M .Isayev « 0 ‘rta
Osiyoda
bezgak kasalligini ilmiy jih atd an o ‘rganish va uni tugatish» haqida, tibbiyot
tarixchisi A .A .Q odirov « 0 ‘zbekistonda rishta kasalligini ilmiy jih atd an
o ‘rganish va bu kasallikning tugatilishi tarixi» haqida m a'ruza qildilar. Sessiya
m am lakatim izda o ‘lka kasalliklarini o ‘rganish m uhim ilmiy ham da am aliy
169
aham iyatga ega, deb topdi va bu ishni davom ettirish zarurligini ta'kidladi.
Bu ishlam i bir m uassasada jam lashtirish m aqsadida 0 ‘zbekistonda « 0 ‘lka
kasalliklari instituti» ochish haqida qaror qabul qildi.
U rushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy tadqiqot institutlari
qaytadan ish boshladi va yangilari paydo b o ‘ldi (sanitariya, gigiyena va kasb
kasalliklari,
onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot institutlari
va boshqalar). 1955-yili A ndijon tibbiyot instituti, 1972-yili 0 ‘rta Osiyo,
hozirgi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990-yili esa Buxoro tibbiyot
instituti ochildi. K eyinchalik 1-ToshTIning U rganch filiali, 2-T oshT Ining
Farg‘on a filiali, Toshkent tibbiyot pediatriya institutining N ukus filiali tashkil
etildi. K ardiologiya, gastroenterologiya,
endokrinologiya, nevrologiya,
gematologiya, pulmonologiya, allergologiya, revmatologiya va boshqa sohalar
b o ‘yicha xizm at ko‘rsatadigan yirik klinikalar ishga tushirildi.
Bu davrda tibbiyot tarm og‘i ancha kengaygan b o ‘lsa-da, lekin ekologik
nom utanosibliklar tufayli tashqi m uhitning buzilishi, xususan, yerga turli
xil kuchli
kimyoviy m oddalar solinishi, paxta yakkahokim ligi va boshqa
ijtim oiy noxushliklar natijasida aholi orasida turli ichki kasalliklarning
k o ‘payishi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: