Etnologiya uzb


Avstraliya va Tasmaniya xalqlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Avstraliya va Tasmaniya xalqlari: Beshinchi qit`a aholisining kelib chiqishi fanda eng 
qiziqarli va nihoyatda murakkab muammodir. Chunki, bu erning tub aholisi juda arxaik ibtidoiy 
tirdagi sodda, wziga xos madaniyatini bizning davrimizgacha saqlab qolgan. 
Avstraliyaliklarning kelib chiqishi twg`risidagi fikrni rus olimi Ivan Simonov wzining 
dastlabki tadqiqotlarida bundan 180 yil ilgari bayon etgan edi. XIX asrning 20-yillarida Sidneyga 
rus kemalarida kelgan ekspeditsiya a`zosi I.Simonov avstraliyaliklarni kwrganda, ular janubiy 
hindistonliklarning avlodlari, degan taxminni aytgan. Atropologiya fani Avstraliya tub aholisi 
Janubiy Osiyoning qadimiy xalqlari bilan tarixiy bog`liq ekanligini tasdiqlagan. XIX asr wrtalarida 
ayrim sayyoh olimlar (E.Eyr, J.Prichard) avstraliyaliklarni tasodifan qit`aga adashib yoki qwllikdan 
qoshib kelgan afrikaliklarning avlodi degan bwlsa, ba`zi birlari malayya arxipelagi va Yangi 
Gvineya orqali keogan okeaniyaliklar avlodi, degan fikrlarni aytishgan. 1870-yillarda beshinshi 
qit`a bilan tanishgan rus tadqiqotchisi va sayyoqi N.N.Mikloxu-Maklay wzining jiddiy kuzatishlari 
asosida avstraliyaliklar mustaqil irq degan xulosaga keldi. Mazkur fikrni antropologik tadqiqotlar 
ham qisman tadiqlaydi. Avstraliyaliklar wziga xos antropologik tipni tashkil qiladi. 
Tasmaniyaliklarning kelib chiqishi hali twlib aniqlanmagan. Ular sochining jingalakligi, 
badanining 
twq 
jigarangligi, 
past 
bwyligi 
bilan 
avstraliyaliklardan 
farq 
qilganlar. 
Tasmaniyaliklardan farq qilganlar. Mastaniyaliklar antropologik tuzilishi bilan melaneziyaliklarga, 
ayniqsa, Yangi Kaeg`ledoniyadagi tub aholiga wxshab ketadi. Aslida, olimlarning fikricha, 
tasmaniyaliklar qadim davrlarda Avstraliyadan siqib chiqarilgan tub aholining avlodlaridir. 
Beshinchi qit`aga aholining kwchib kelish davri yuqori paleolitga twg`ri keladi. Taxminan 18-
19 ming yillar muqaddam Avstraliya qit`asi Osiyo bilan qwshilgan bwlib eng qadimiy 
avstraliyaliklar Janubi-sharqiy Osiyodan quruqlik orqali kwchib kelganlar. Keyinchalik 12-13 ming 
yillar ilgari okean suvlarining kwtarilishi natijasida beshinchi qit`a payda bwlgan.
Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va okeaniya xalqlari wzlarining 
xwjalik faoliyati va ijtimoiy tuzumida, tili va irqiy tuzilishida qadimiy ibtidoiy shakllarni 
shunchalik chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit`alarda ularga wxshash belgilar deyarli uchramaydi.
Mustamlakachilar kelgunga qadar avstraliyaliklar butun qit`a bwylab tarqoq holda kwchib 
yurganlar. Ularning soni taxminan 250-300 ming bwlib, 500 ga yaqin urug`-qabilalarga birikkan. 
Uzoq vaqt davomida boshqa dunyo bilan aloqada bwlmaganliklari tufayli avstraliyaliklarning 
tillari, yuqorida qayd qilinganidek, hech bir boshqa tillarga wxshamaydi va yaqinligi ham ywq. Har 
bir qabila wz tili yoki shevasiga ega bwlib, irqiy va madaniy jihatdan wxshashlik mavjud bwlsa-da, 
bir-birlarining tillarini tushunolmaganlar. Ba`zi tillar bir necha shevalardan iborat bwlib, maxsus 
turkumni hosil qilgan. Tub aholi tillarni lingvist A.Kerella olti yirik turkumga bwladi. 1) Janubi-
sharqiy Avstraliya tillari; 2) Yangi janubiy Uels tili; 3) Shimoliy va Markaziy Kvinsland tili; 4) 
Markaziy va janubi-g`arbiy Avstraliya tili; 5) Arixemlend tili; 6) Shimoliy va shimoliy-g`arbiy 
hududdagi juda kwp boshqa tillar. Barcha tillar wz tuzilishi, aniqligi va swz boyligi bilan alohida 
xususiyatga ega. A.Kepellaning bu klassifikatsiyasi hali takomillashmagan va kwpchilik olimlar 
tomonidan qabul qilinmagan. Pater V.Shmidt Avstraliya tillarini wzaro bir-biriga yaqin bwlgan 
ikki-janubiy va shimoliy guruhlarga bwladi. 
Avstraliyaliklarda yana «signallar tili» ham mavjud bwlib, narsalarni aniq belgilar yurdamida 
ifodalangan. Misol uchun, wz joylarini tashlab ketayotganlarida oyoqlari bilan qumga chiqib 
chizganlar va chiziqning ichiga xivich tiqib qwyganlar. Chiziqning ywnalishi va uning uzunligi shu 
guruhning qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini bildirgan. Bul belgi wz guruhlarining 


53 
kechikib qolgan a`zolari va mehmonlar uchun ham qilingan. Shuningdek, xavf yoki motam 
signalari keng tarqalgan. 
Baland evkalipt daraxtlariga tirmashib chiqishda jahonda avstraliyaliklarga teng keladigani 
ywq. Ular daraxtlarda yashovchi parrandalarni tutish, qush tuxumi yoki yavvoyi arii asalini olish 
uchun nihotyada zwr mahorat bilan tik daraxtlarga chiqa bilganlar.
Qushlarni ovlashda eng asosiy qurol bumerang bwlgan. Bumerangning xususiyati shundaki
mohir mergan kuch bilan irg`itganda, u wljaga kutilmagan tomondan borib tegishi mumkin, agar 
nishonga tegmasa u yana Irg`ituvchining oyog`i tagiga qaytib tushadi. Bumerang turli xil bwladi, 
ammo aksariyati wroqsimon shaklda bwlib, uzunligi wrtacha 75 sm (ayrimlari 2 metrgacha) keladi 
va yuz metr masofagacha uchadi. U bilan uchar qushlarni ham urib tushirish mumkin. Qushlarni 
har xil twrla rva tuzoqlar bilan ham ovlaganlar. Baliqchilikda sanchqi, twr, qarmoq, savat va boshqa 
ov qurollari ishlatilgan. Qarmoqlar suyak yoki chig`anoqdan yasalgan. Ovchilik va baliqchilikda 
nayza muhim rol wynagan. Tasmaniyaliklarda tosh qurollar va nayza ishlatilgan. Dengiz hayvonlari 
ugri, molluska va qisqichbaqalar sevimli taom hisoblangan. Ovchilik va baliqchilik bilan erkaklar, 
terib-termachlash bilan esa asosan, ayollar shug`ullangan. 
Avstraliyaliklar gwsht va baliqni xom holda iste`mol qilmaganlar. Ular gwsht, qush yoki 
baliqni kwpincha yaxlit holda wtda yoki chwg`da qovurib yeganlar. Avstraliyada turli tariq, yams 
va boshqa ildizmevali wsimliklar, non daraxti (bunya) yavvoyi holda wsadi. Ular tosh, suyak, 
chig`anoq, yog`och, wsimlik tolasi, hayvon terisidan turli qurol, buyum va idishlar yasashni yaxshi 
bilganlar. Tosh qurollarning tiplari neolit davridagi shel va ashel yoki muste qurollariga wxshab 
ketadi. 
Avstraliyalik va tasmaniyaliklarning kiyimlari nihoyatda yurun bwlgan. Kwpchilik qabilalar 
mutlaqo kiyimsiz nihoyatda yupun bwlgan. Kwpchilik qabilalar mutlaqo kiyimsiz, yalang`och 
yurganlar. Ba`zi janubi-sharqiy hududlarda opossum terisidan plash tikib yopinib yurganlar. Ammo 
erkagi ayol asosan, bayram vaqtlarida turli bezaklar: boshiga toladan wrov, qwliga ip, bilaguzuk, 
bwyniga munchoq, burniga buloqi sirg`a taqishgan, badanlarini bwyab har xil patlar yopishtirganlar 
yoki badanlarini maxsus jarohatlab, ywl-ywl naqshlar tilganlar. Tanani faqat bezak uchun emas, 
ba`zan terini saqlash uchun ham bwyaganlar. 
Avstraliyaliklar ham ayrim qabilalarga bwlingan bwlib, mustamlaka arafasida butun qit`ada 
500 ga yaqin mustaqil, bir-biriga bog`liq bwlmagan jamoa holida hayot kechirganlar. Hozir juda 
kam qabila qolgan. Ularning qabilaviy tuzumi nihoyatda sodda bwlgan, kwpchiligida na qabilaviy 
boshliq, na qabilaviy kengash bwlgan. Tub aholi ishlab-chiqarish munosabatlarining asosini 
ijtimoiy mulk tashkil qilgan. Har bir qabila joylashuviga qarab ayrim lokal guruhlarga bwlingan. 
Bunday guruhlar odatda muayyan munosabatlar bilan wzaro bog`langan bwlib bitta juft qabilani 
tashkil etgan. Aslida Avstraliya qabilasining ikki “pallaga” yoki ikki “nikoh sinfiga” bwlinishi 
ibtidoiy jamiyatga xos dual tashkiloti bilan bog`liqdir. Wz navbatida har “palla” ikki bwlak 
urug`dan iborat. Ilk qabila tuzilishining keyingi bu ikki shakli fratriy sistemasi, deb atalgan. 
Fratriya (grekcha “birodarlik” degan ma`noni inglatadi) nikoh tartibiga binoan bir “pallaga” 
mansub bwlgan odamlar wzaro nikohlana olmaydi, balki ular qarama-qarshi “pallaning” odamlari 
bilan nikohlana olishi mumkin, boshqacha qilib aytganda er va xotin doimo qabilaning har xil 
“pallasiga” mansub bwlishi kerak edi. Miso uchun, bir avstraliya qabilasining ikki “nikoh sinf”iga – 
kroki va kumetaga bwlinishi fratriy sistemasining namunasidir. Bu sistema fanda dual ekzogamiya 
deb ham aytiladi. Mazkur tartibga binoan bir “palla” yoki bir urug`ning g`ozalari wrtasida 
nikohning bwlishi mumkin emas, twg`ishgan opa va singillar wrtasida ham, shuningdek, yon tomon 
qarindoshlar wrtasida ham (ona tomondan) nikoh bwlishi istisno etiladi, ya`ni katta va kichik 
avlodni bir-biri bilan nikohlanishiga ywl qwymaydi. Shunday qilib, bir fratriya (yoki shundagi 
urug`lardan biri) boshqa fratriyaga nisbatan (yoki undagi boshqa urug`ga) “ona fratriyasi” (yoki 
undagi boshqa urug`ga) “ona fratriyasi” (yoki urug`i), ikkinchisi esa “ota bratriyasi” (yoki urug`i) 
hisoblanadi. Har bir fratriya wzining nomiga ega bwlib, asosan, uning ajdodi hisoblangan hayvon 


54 
nomi bilan bog`liq bwlgan. Rus olimlarining fikricha, avstraliyaliklarning fratrial sistemasi 
urug`chilik tuzumining dastlabki shaklidir. 
Nikoh va oila munosabatlarida fratriat va urug` cheklanishlaridan tashqari sektsiya yoki 
“nikoh sinflar” bwlinish muhim ahamiyat kashf etgan. Masalan, qabila I va II fratriyaga bwlingan 
bwlib, I fratriya A va V sektsiyalari, II fratriyada esa V va G sektsiyalari mavjud. A sektsiyasidagi 
erkak faqat V sektsiyasidagi ayolga wylanishi mumkin, ularning bolalari G sektsiyasi (ona urug`i 
hisobi)ga tegishli; V sektsiyasidagi erkak faqat G sektsiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning 
farzandlari V sektsiyasiga tegishli. Shunday qilib, nabiralar ota tomondan bobo sektsiyasiga, ona 
tomondan buvi (momo) sektsiyasiga tegishli hisoblangan. Avstraliyalik aborigen rassom Dik rafsi 
wz biografiyasida yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog`am emas; ular ham menga dada. 
Ularning bolalari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi. Dadamning opa-
singlisini men amma deyman, uning bolalari esa ammavachcha bwladi. Ayimning opa-singillarini 
men oyi deyman, ularning bolalarini aka-uka va opa-singil, deb hisoblayman. Oyimning aka-ukalari 
menga amaki bwlib, meni erkaklar qatoriga wtkazish (initsiatsiya) marosimiga tayyorlash va 
tarbiya qilishga javob beredi. Uning bolalari menga amakivachcha singillarimga uylanish mumkin, 
ayniqsa, ona urug`idan, ammavachchalarga». Shimoliy avstraliyada U.Cherlingning ta`rificha, yigit 
ona tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi 
qat`yan taqiqlangan. Mazkur nikoh tartiblarini buzish juda katta gunoh hisoblangan va kim uni 
buzsa yo qatl qilingan, yo urug`dan haydalgan. 
Voyaga yetgan wspirinlarni kattalar guruhiga wtkazishda maxsus initsiatsiya marosimi 
amalga oshirilgan. Iqtisodiy yoki sotsial tabaqalanish bwlmaganligi tufayli avstraliyaliklar jinsiga 
qarab bwlingan. Shuning uchun ham, masalan, wg`il bolalarni ovchilar guruhiga wtkazish uchun 
bolaning yoshligidan tarbiyalashgan. Dastlab, ular voyaga yetgach boshqalardan ajratib qwyilgan 
va ba`zi taomlarni iste`mol qilish man qilingan, tishlarini urub sindirish, badanini jarohatlash, wtda 
tutatish kabi jismoniy sinovlardan wtkazilgan. Bir necha ywlga chwzilgan initsiatsiya 
marosimlarida yoshlarni qabila urf odatlari, afsona va rivoyatlari bilan tanishtirganlar, qariyalarni 
hurmatlash va tartib-qoidalarga qattiq rioya qilishni, ovchilik va boshqa kasb sirlarini egallash 
mahoratini wrgatganlar.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish