Javobi: 1-A; 2-S; 3-S; 4-A; 5-B.
6-Ilova
Usul: mini-ma’ruza, talabalarning shaxsiy ishi
Maqsad: talabalarda Avstraliya va Okeaniya xalqlarining milliy urp-adatlari va dasturlari
haqida, tarqanma materiallar bilan ishlash.
Stsenariy: ma’ruza maboynida talabalarga Avstraliya va Okeaniya xalqlari va
elatlarining tarixiy-geografik sharoiti, Avstraliya va Okeaniya davlatlari xalqlarining
etnogenezi va etnik tarixi, Osiyo xalqlarining turmush tarizi va xwjalik turlari, xalqlarining
diniy tushunchalari, milliy urf odatlari va dasturlari,
tarix o`zligimizni anglashning asosi
ekanligini tushindirish. Bundan keyin talabalarga etarli ma`lumot berilgandan so`ng quydagi
topshiriq beriladi.
Topshiriq: Avstraliya va Okeaniya xalqlarining etnologiyasi. Internet malumotlarin
yigish
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida
Baholash: ball
Mustaqil wrganish uchun mavzular:
Avstraliya xalqlarining milliy urp-adatlari va dasturlari?
Okeaniya xalqlarining etnik tarixi?
51
REJA:
1.Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tabiiy geografik sharoiti, etnogenezi va etnik tarixi
muammolari.
2. Avstraliya va Okeaniyaning tarixi – madaniy rayonlarga bwlinishi.
3. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari tarixiy joylanishi va ularning mustamlakachilik davriga
qadar hamda mustamlakachilik davridagi hayoti.
4. Avstraliya va Tasmaniya xalqlarining antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi.
Birinchi qit`a hisoblanadigan- Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan wziga xos
wlkalar. Uning iqlimi ham, etnik tuzilishi ham er kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi.
Twrt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qit`asi 7,7 mlm, kvadrat
kilometr hududga ega bwlib, taxminan AQSh hududiga teng keladi.
Qir`aning beshdan ikki qismi tropik iqlimi, qolgani subtropik va mwtadil issiq iqlimlidir.
Ichki Avstraliya nihoyatda qirg`oq, yag`ingarchilik kam, iqlimi wzgaruvchan, dashtu biyobondan
iborat. Uncha katta bwlmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog` tizmalari,
asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik kwllar mavjud bwlib, ular
yozgi jaziramada qurib qurib shwrxokka aylanadi. Avstraliyaning wsimlik va hayvonot dunyosi
ham iqlimi singari xilma-xil. U erdagi wsimliklarning aksariyati (85 foizi) faqat wziga xos bwlib,
boshqa biron erda uchramaydi. Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan
evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) qit`aga gwzal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil
daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi wsimliklarga boy tropik wrmonlar qit`aning shimol va
shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Wlkaning g`arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha
wsimlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek kwrinadi.
Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit`ada 15,7 mln.dan ortiq
(1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi
Avstraliyaning sharqiy va janubi-qismlarida, sug`oriladigan qulay iqlimli va wsimlik dunyosiga
boy bwlgan janubi-g`arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining kwpchiligi Evropalik,
ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari kwpchilikni tashkil qiladi. Tub
aholisi (aborigenlar) suvsiz chwl va sahrolarda kun kechirmoqda. Ularning soni 103 mingga
yaqindir (metislar bilan qwshib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va
Okeaniyada keyingi ma`lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi
Zelandiyada 3,2 mln.aholi yashaydi.
Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha
quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-harqida, aksincha, juda mayda orollar
Tinch okeani bag`riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar` Yangi Gvineya, Yangi
Zelandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo
bwlgan va ularning qit`aga hech aloqasi ywq. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig`ida
joylashgan bwlib, iqlim ekvatorial, tabiati adabiy shil tropik wsimliklar bilan qoplangan, hayvonot
dunyosi g`arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam.
Okeaniya asosan, uch qismga bwlingan: janubi-g`arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom
olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g`arbidagi bepoyon Tinch okenida tarqoq joylashgan
Polineziya (tarjimasi «kwpsonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat
Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan
umumiy xarakterga ega bwlsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-
barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga twg`ri kelmaydi. Ularning
xwjalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo
yoki Evropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu erga mutlaqo twg`ri kelmaydi.
Masalan, tub melaneziyaliklar wq-yoyni, termirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo
wziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melaneziyaliklarda
52
savdo-sotiq rivoj topgan bwlsa ham, natural xwjalikka ega bwlgan polineziyaliklar ularga nisbatan
ancha yuqori madaniyatga ega bwlganlar.
Umuman, beshinchi qit`ani wrganish insoniyat tarixining ilk davrlari – ibtidoiy jamiyatdan
sinfiy jamiyatning ilk shaklarigacha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish
imkonini yaratib bergan edi.
Dunyodagi eng kichik qit`a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik
davrlarda qurg`oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning
flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va wziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha
hayajonga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |