Etnologiya uzb



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
Initsiatsiya davri voyagi yetgan wg`il bolalarni sunnat qilish marosimi bilan tugaydi. Sunnat 
marosimi Dik Rafsi ma`lumotlariga qaraganda, qabila a`zolarining maxsus maydoniga twplanishi 
bilan boshlanadi, u erga beliga twqilgan belbog` bog`langan bolani olib ketib erkaklar orasiga 
wtkazadilar. Ikki kun davomida erkak va ayollar ashula aytib raqsga tushadilar. Uchinchi kuni 
ertalab bolaning qarindoshlaridan uch kishi erga chwzilib yotadi, ularning ustiga bola yotqizilib, 
baliq suyagidan ishlangan maxsus pichoq bilan sunnat qilinadi va kelilgan joyga kul sepiladi. Kesib 
olingan qismi choy daraxti qobig`iga sovg`a qiladilar. Sunnat qilingan bola wrnidan turib, wt 
yoqilgan wchoq oldida tiz chwkadi va kesilgan joyini quritadi. 
Marosim tugagach, wspirin bir oz vaqt yolg`iz yashaydi, muayyan ovqat eydi, boshqalar bilan 
faqat imo-ishora bilan gaplashadi. U amaksining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan 
holda yashaydi. Amakisi unga ov sirlarini, qabila qonunlarini, nayza va boshqa qurollardan 
foydalanish usullarini wrgatishi zarur. 
Shu muddat wtgach, bolani dengiz sohiliga borib chwmiltiradilar, turli sovg`alar in`om 
qiladilar, ayollar in`om qiladilar, ayllardan biri uning boshiga twr soladi. Demak, bola endi ovchilar 
qatoriga wtgan hisoblanadi. Wsha kecha yana bazm boshlanadi, ashula aytilib, muqaddas wyinlar 
ijro etiladi. Ashulachi oldiga wtkazilgan wspirincha yana sovg`alar beriladi. Eng birinchi sovg`a 
sifatida sunnatda kesilib quritilgan va chay daraxtiga wralgan falos qismi topshiriladi. Keyin nayza, 
bumerang, twr va boshqa in`omlar beriladi. Oxirida qaysi qiz unga kelin bwlib atalganligi e`lon 
qilinadi. Shuning bilan sunnat marosimi tugaydi, wspirin endi ovchi erkaklar guruhining twliq 
huquqli a`zosi hisoblanadi. Alalxusus, qizlarni ham ma`lum yoshga yetganlarida muayyan 
marosimlar wtkazib oylaviy hayotga tayyorlaganlar. 
Barcha dastur va marosimlarni wtkazishda va hurmatli, yoshi katta mwysafidlarga 
tayanganlar. Ular bu marosimlarda rahbarlik qilganlar. 


55 
Qabilalar orasidagi mojaro va kelishmovchiliklar ba`zan urush olib kelgan. Urushga odatda 
qabida hududini egallash, xotinlarni olib qochish, sehrgarlikda ayblash, urug`doshlarni wldirish va 
hokazolar sabab bwlgan. Xun olish avlodma-avlod wtib kelgan. Ammo qirqinbarot urushlar juda 
kam bwlgan. Odatda qabilalararo twqnashuvlar va yoki janjallar bir necha qurbonliklar yoki 
yaradorlar paydo bwlishi bilan twxtatilib, tinchlik muzokaralari boshlangan va maxsus marosimlar 
bilan tugagan. 
Qabilalar orasidagi munosabatlar kwpincha tinch-totuv xarakterga ega bwlgan. Qabilalar 
wrtasida tosh qurol-aslaha va buyumlar, noyob xomashyo (bwyoq, narkotik wsimlik, shaqmoqtish 
va hokazo) almashib turilgan. Har bir qabilaning wz almashuv mahsuloti, uning wrniga oladigan 
moli ham aniq bwlgan. Almashuv savdosi odatda maxsus marosim va bayramlar bilan 
nishonlangan. 
Avstraliyaliklarning ma`naviy madaniyati, diniy e`tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining 
darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g`ayritabiiy 
kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan twla. Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng 
ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan totemizm falsafasi bilan uyg`inlashib ketgan kishilar, 
urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar 
bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar 
totemistik guruh hisoblanib, hayvonlar yoki wsimliklarning, ba`zan jonsiz buyumlarning nomi 
bilan atalganlar. Shu nomdagi hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb 
ishonilgani uchun ularni wldirish, iste`mol qilish qattiq man etilgan. 
Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga kwchirilgan. 
Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus 
joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh wzining churingiga yashiringan muqaddas joyga ega 
bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan. 
Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik, duogwylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng 
tarqalgan. Dushman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan 
tasavvurlar muhim rol wynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi 
bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal 
bwlar, yo wlar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi), 
yomg`ir yog`dirish (obi havo magiyasi), davolash (duoxonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus 
folbin va duoxonlar shug`illangan. 
Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. 
Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar. 
Avstraliyaliklarning diniyo e`tiqodida hukmron va qaram bwlish tushunchalari ywq. Ular wz 
totemlariga itoat qilib tiz chwkmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo twg`risida tasavvurni, na 
qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar 
wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari 
ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. 
Avstraliyada xalq og`zaki ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda 
namoyon bwlgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog`liq bwlsa ham 
muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan 
qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qaramonlik kwrsatmaydi, 
odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi. 
Musiqa kuylar odatda raqslarga jwr bwladi. Ularning raqslari kwpincha jamoa xarakterida 
(orro bori) bwlib, turli ma`noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog`liq dramatik afsonalarni 
ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. 
Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim 
primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar – chiziq, nuqta, doira kabilar 
totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarga kishi 
badaniga, sirli belgilar esa churungi va boshqa diniy buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan 
Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar. 


56 
Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab 
chiqarish tajribasiga bwysindirilgan. Avstraliyaliklar wz guruhi kwchib yuradigan hududni juda 
yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning 
sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash ywllarini ham 
bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qwlga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus 
tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, wsimlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham 
ishlatganlar, qon oqishni twxtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor 
bwlganlar. 


57 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish