66
tasdiqlamoqdalar.
Wziga xos tili, madaniyati va antropologik tipi bilan ajralib turgan Melaneziya
aholisi bunga dalil bwla oladi.
Uning eng qadimiy qismi negritos va papuaslar hisoblanadi. Negritos qabilalar asosan, Yangi
Gvineyaning wrta tog`i hududlarida va qisman Yangi Gebridda yashaydilar. Ular wzlarining past
bwyligi (erkaklar 145 sm gacha), kalta jingalak sochlari, twg`ri va keng burni, ochiq jigarrang
badani bilan ajralib turadi. Asl melaneziyaliklarning wzlari wrta bwyli, negritoslarga nisbatan
qoraroq
tanli bwlib, Yangi Gvineyaning sohillarida va Markaziy Melaneziyada joylashganlar.
Papuaslar asosan, wrta bwyli (162-165 sm), bir oz twlqinsimon uzun sochli, semitik tipdagi burunli,
pragmatizmi sezilarli, yuzlari chwzinchoqroqdir. Avstraliyaliklarning ma`naviy madaniyati, diniy
e`tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning
tasavvurida butun tevarak-atrof g`ayritabiiy kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan twla.
Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan
totemizm falsafasi bilan uyg`inlashib ketgan kishilar, urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan
moddiy
buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar bilan yaqin qavm-qardosh, deb
biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar totemistik guruh hisoblanib,
hayvonlar yoki wsimliklarning, ba`zan jonsiz buyumlarning nomi bilan atalganlar. Shu nomdagi
hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb ishonilgani uchun ularni wldirish,
iste`mol qilish qattiq man etilgan.
Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga kwchirilgan.
Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus
joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh wzining churingiga yashiringan muqaddas joyga ega
bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan.
Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik, duogwylik, ziyon yetkazish
magiyasi juda keng
tarqalgan. Dushman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan
tasavvurlar muhim rol wynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi
bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal
bwlar, yo wlar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi),
yomg`ir yog`dirish (obi havo magiyasi), davolash (duoxonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus
folbin va duoxonlar shug`illangan.
Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan.
Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar.
Avstraliyaliklarning diniyo e`tiqodida hukmron va qaram bwlish tushunchalari ywq. Ular wz
totemlariga itoat qilib tiz chwkmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo twg`risida tasavvurni, na
qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar
wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari
ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi.
Avstraliyada xalq og`zaki
ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda
namoyon bwlgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog`liq bwlsa ham
muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan
qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qaramonlik kwrsatmaydi,
odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi.
Musiqa kuylar odatda raqslarga jwr bwladi. Ularning raqslari kwpincha jamoa xarakterida
(orro bori) bwlib, turli ma`noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog`liq
dramatik afsonalarni
ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan.
Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim
primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar – chiziq, nuqta, doira kabilar
totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarga kishi
badaniga, sirli belgilar esa churungi va boshqa diniy buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan
Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar.
Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab
chiqarish tajribasiga bwysindirilgan. Avstraliyaliklar wz guruhi kwchib yuradigan hududni juda
yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning