23
tuzum aholisi va h.k.). Bu hol aholining ijtimoiy jihatlarini yaqqol ifodalaydi.
Aholining yana bir umumiy jihati makon tomoni bilan xarakterlanadi. Insonlar o‗z
hayotlarida ma‘lum bir hududiy, ijtimoiy birlik bilan bog‗langandir. Masalan,
hududiy birligi – materiklarning aholisi (Shimoliy Amerika aholisi, Osiyo aholisi,
Yevropa aholisi....), davlatlar aholisi (AQSH aholisi, Rossiya aholisi, O‗zbekiston
aholisi va h.k.)da ifodalanadi. Ma‘lum bir davlat aholisini o‗rganganda esa,
hududiy birlik yana ham mukammallashadi. Masalan, O‗zbekiston aholisi, uning
viloyatlari va tumanlari aholisi, shahar va qishloq aholisi birligida ifodalanadi.
Aholining ijtimoiy birligi esa, ijtimoiy guruhlarda (qabila-urug‗, etnik, diniy,
siyosiy va h.k.) o‗z aksini topadi.
Shuningdek, ijtimoiy birlik haqida so‗z
borganda, tarixiy davrlar – vaqt birligi ham muhimdir. Masalan, IX–X asrlarda
Amir Temur davri aholisi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi aholisi va h.k.
Demak
ijtimoiy – vaqt va makon hududiy tadqiqotlarda aholini har qanday vaqt va hudud
bo‗yicha ajratish imkonini beradi. Ma‘lumki, aholi geografiyasining asosiy ob‘ekti
– aholi va aholi manzilgohlari, ya‘ni maskanlaridir. Ana shu nuqtai nazardan aholi
geografiyasi aholishunoslik fanlari tizimida o‗z o‗rniga egadir.
Aholini o‗rganishda tadqiqot ob‘ekti aholi bo‗lgan barcha fanlar o‗zaro
bog‗liq holda bir-birining tadqiqot natijalariga asoslanib faoliyat ko‗rsatadilar.
Faqat geograf yoki demograf, iqtisodchi yoki sotsiolog ―Nima uchun sayyoramizda
yoki uning alohida hududlrida aholi ko‗payib yoki kamayib bormoqda?‖,
―Kelajakda yer yuzida aholi ko‗payishi jarayonida qanday o‗zgarishlar
kutilmoqda?‖, ―Aholining qishloqdan shaharga bo‗lgan migratsion oqimini qanday
izohlash mumkin?‖ degan savollarga o‗zi javob bera oladimi? Agar u o‗z ilmiy
yondoshuv natijalari asosida javob byersa ham, javob bir yoqlama bo‗lib qoladi.
Bunday muammolarni mukammal hal etishda aholishunoslik fanlari tizimiga
kiruvchi barcha fanlar tadqiqotlari natijalari
va ular asosida shakllangan
aholishunoslik bilimlar tizimi zarurdir. Mazkur tizimni quyidagi sxema
ko‗rinishida ifodalash mumkin
1
.
1
Система знаний о народонаселении. - М., 1991. C. 16
24
Keltirilgan chizmaga ko‗ra aholi geografiyasi bevosita aholining umumiy
nazariyasi, demografiya va u orqali barcha demografiyaga tutash fanlar bilan
aloqadorligini kuzatish mumkin. Ma‘lum bir hudud yoki davlat aholisi soni, tarkibi
va takror barpo bo‗lishini, aholi maskanlarining (shahar va qishloqlar)
shakllanishining hududiy xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganar
ekan, aholi geografiyasi aholishunoslik bilimlar tizimidagi
barcha fanlar tadqiqot
natijalaridan foydalanadi. O‗z navbatida, tizimdagi qayd etilgan fanlar aholi
geografiyasi tadqiqot natijalariga ham asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: