MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 113
kondensatlanishidan keyingi qolgan yuqori kaloriyali gazdan foydalanish imkoniyati
yaratiladi.
Fosforning oksidlanishi va P
4
O
10
ning gidratlanishi natijasida katta miqdordagi
issiqlik ajralib chiqadi va undan hozircha foydalanilmaydi. Tizim issiqlik ajratish
usullari bo’yicha sirkulyatsiyatsion (sovituvchi suvning issiqligini ajratib olish bilan)
va bug’latgichli (bug’lanuvchi suvning issiqligini ajratib olish bilan) ishlab
chiqarishga bo’linadi. Sirkulyatsiyatsion tizimlar: elektrofiltr yoki skrubberli
sirkulyatsion bir minorali va sirkulyatsion ikki minorali tizim keng tarqalgandir.
Odatda, sirkulyatsion ikki minorali tizim keng qo’llaniladi. Bug’latgichli tizim esa
ishlab chiqarishning kelajakdagi istiqboliga dahldordir. Sirkulyatsion tizimdan farqli
o’laroq, ularda nasos-sovutgichli jihozlarga ehtiyoj yo’q, shu sababli energetik
harajatlar kam talab etiladi. Lekin ularning asosiy kamchiligi shundan iboratki,
minoradagi gidratlanishda suvning bug’lanishi tufayli hosil bo’ladigan chiqib
ketuvchi gaz hajmining ko’payishi hisobiga va shuning uchun uning tarkibidagi
kislota tomchilarini ushlab qolishga katta o’lchamdagi elektrofiltr qurilmalar talab
etiladi.
2. Termik fosfat kislota ishlab chiqarish. 11.1 – rasmda sirkulyatsion ikki minorali tizimda fosfat kislota ishlab chiqarish
tasviri keltirilgan. Suyuq fosfor ombordan nasos yordamida dozator orqali yondirish
minorasi 2 ning forsunkasi 1 ga beriladi. Yondirish minorasi kesik konus (pastki
qismi kichrayib boradigan) shaklida bo’ladi, hosil bo’lgan kislota tomchilari
minoraning ichki devorlarida bir tekisda tarqalib, yupqa qavat hosil bo’lishini
ta’minlaydi va suyuqlik pastga devor yuzasidan oqib tushadi. Bu esa minora ichki
devorini qaynok fosfor alangasining yemiruvchilik ta’siridan saqlaydi. Fosfor
yonishining nazariy harorati 3500
O
C atrofida bo’ladi. Ammo, fosforning yonishida
ikki hissa ko’p miqdordagi havo ishlatiladi va natijada alanga harorati 2100-1800
O
C
gacha pasayadi. Gazning keyingi sovishi kislotadagi suvning bug’lanishi hisobiga
ketadi. Havoning ortiqcha miqdorda olinishi fosforning quyi oksidlarini hosil
bo’lishini, ularning gidratlanishi natijasida esa mahsulotni ifloslantiruvchi kislotalar
(H
3
PO
2
, H
3
PO
3
) hosil bo’lishini olidini olish uchun zarurdir.
Gaz haroratining yuqori (800-1000
O
C) bo’lishligi hisobiga P
2
O
5
ning
gidratlanishida dastlab bug’ holatdagi metafosfat kislota, uning keyinchalik sovitilishi
va gidratlanishidan tumansimon ortofosfat kislota hosil bo’ladi. Fosforning
changlanishi forsunkaga keluvchi bug’ bilan 70-80
O
C gacha qizdirilgan birlamchi
qisilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Ikkilamchi havo yondirish minorasiga
chig’anoq 3 orqali yuboriladi. Fosforning oksidlanishidan ajraladigan issiqlik minora
tomi kismidan uzatiladigan aylanuvchi suvga hamda yig’gich 5 va issiqlik
almashtirgich 6 orqali minoraning yuqorisiga 46-50
O
C haroratda yuklash nasosi 4