mahsullar
hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining
murakkab tomonlarini ochib beradi.
To‘g‘ri, Vundtning psixologiya
fani oldidagi xizmatlari, uning xalqlar
psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o‘z qimmatini yo‘qotgani
yo‘q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda
bo‘lgan, ya’ni u individ bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab
dialektik munosabatini
idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning
tarixini yaratishdagi, sotsial jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘ra bilmagan.
Uning
izdoshlari rossiyalik Aleksandr Afanasyevich Potebnya, nemis olimi Teodor Geyger
va boshqalar ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchiliklar oldini ola olmadilar, lekin
ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq
qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs
va jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar
sotsial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‘ldi.
Omma psixologiyasi paydo bo‘lishiga tarixiy asos
ishchilar sinfining paydo
bo‘lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo‘ldi. Ya’ni, XIX
asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz
harakatlar darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini
bilish, ularni boshqarish usullarini o‘ylab topish zarur edi.
Ommaviy hodisalarni o‘rganish natijasida 1890-yilda
Gabriel Tardning
«Taqlid qilish qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Frantsiyada ro‘y
berayotgan ommaviy hodisalarni shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-
atvorlarini taqlid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning
ishtirokisiz) tabiatga ega bo‘lib, har bir individ ommaga qo‘shilgan zahoti unga taqlid
qilishga tayyorlik instinkti ustun bo‘lib qoladi. Italiyalik huquqshunos Stsipion Sigele
va fransuz olimi Gyustav Lebon ham Tard ishlarini ma’qullab uning nazariyasini
faktik materiallar bilan boyitdilar.
1895-yilda bosilib chiqqan Sigelening «Omma psixologiyasi»
kitoblarida
asosiy g‘oya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o‘z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday hollarda
17
hissiyotlar ustun keladi, ayniqsa,
affekt holatlari, odam o‘zi nima qilayotganligini,
olomonga nega qo‘shilib qolganligini bilmaydi, shuning uchun ham affekt holatida
ro‘y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo‘lgan, deb qarash odatli
bo‘ladi. Bu qarashlari tufayli Sigele Italiyaning qonuniga
maxsus modda kiritishga
ham erishdi.
Sotsiolog Gyustav Lebon esa asosan o‘z diqqatini ommani elitaga, jamiyatdan
yuqori turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo‘yishga qaratadi. U ommaning ayrim
hollarida, ayniqsa biror hodisa ro‘y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi
haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bir yerda to‘planishi ommani
hosil qiladi va bu odamlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar olimmi yoki oddiy insonmi,
shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo‘qotadi. Chunki bu holatda ular
holatini instinktlar va hissiyotlar boshqaradi.
Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga to‘xtalib quyidagilarni ajratadi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: