II BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIK QARASHLARNING RIVOJLANISH
TARIXI
II.1.Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta’limotlarning
rivojlanishi
Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz,
uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy
jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo‘lib, sof sotsial psixologik nazariyalarning
juda oz sonli bo‘lganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Insoniyat tarixini o‘rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar,
allomalar sotsial
psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarining guvohi bo‘lamiz. Lekin ular bu
hodisalarni o‘z davri ruhida, o‘z nazariy va sotsial qarashlari, hattoki, turli oqimlar
orasida tushunishga uringanlar. Shuning uchun ham sotsial psixologiyaning fan
sifatida taraqqiyotini o‘rganish uchun sotsial psixologik
muammolar yoritilgan asar
yoki olimning yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot
xususiyatlarini ham o‘rganish lozim. Ilmiy manbalar sotsial psixologiyaning davlat
va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o‘zining sezilarli
ulushini qo‘shgan. Shuning uchun ham amerikalik
olim Gordon Uillard Ollport
(1897-1967) sotsial psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan,
uning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog‘liq, deb
yozgan edi.
Platon o‘zining «Davlat» va «Qonunlar» deb atalgan dialoglarida shaxsning
jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir
birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni
himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib,
individni barcha
sotsial o‘zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik
tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat masalasi
Platonda jamiyat foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga
yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflari Tomas Gobbs,
Klod Adrian
Galvetsiy, Jon Lokk, Jan Jak Russo, Vilgelm Gegel, Nikollo Makiavelli, Sharq
13
faylasuflaridan
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiylar ham barcha asarlarida
shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga urindilar, lekin hech
qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko‘tara olmadi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi,
turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o‘sib borishi, turli xalqlarning bir
mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial
fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa, tilshunoslik,
antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib,
rivojlandi. Masalan, ingliz olimi etnolog Edvard Teylor (1832-1917) ibtidoiy jamoa
tuzumidagi madaniyatni to‘liq o‘rganib chiqdi, amerikalik
etnogrof Lyuis Genri
Morgan (1818-1881) hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi
Lyusyen Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o‘rganar ekanlar,
ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy
muhitning ta’sirini o‘rganishga majbur bo‘lishdi. Ya’ni ular alohida individ u yoki bu
yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog‘li bog‘liq ekanligini nazariy
jihatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa
turgan mustaqil fanga
aylandi. Lekin u atomistik, ya’ni alohida individ psixologiyasinigina o‘rganadigan
fan bo‘lib, u odamlarni o‘zaro muloqoti jarayonida ularda ro‘y beradigan sirli
o‘zgarishlarga e’tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya,
pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati
masalasini chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoldi.
Lekin sotsial psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining
xizmatini ko‘rsatib o‘tmay bo‘lmaydi. Sotsiologiyaning
asoschilari hisoblangan
Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi sotsial hodisalarni o‘rganish
uchun albatta, o‘ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o‘rganmoq lozim, degan fikrni
qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir sotsial voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot
qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda
Do'stlaringiz bilan baham: