K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

Birinciii yo'nalish 
ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik 
tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo'nalishi 
menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor 
menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi va 
zamonaviy menejer bo'lm og'i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish tadbirkoming boshqa yo'nalishlaridan 
ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat 
iste’molchilar uchun tashkil etadi. Shuning uchun ham tadbirkor 
faoliyatining 
ikkinchi yo'nalishi 
bozomi har tomonlama o'rganishdir. 
Bozorda bo'layotgan jarayonlarni tahlil qilmay, tadbirkorlik faoliyatini 
samarali olib borish mushkul.
Sheriklar bilan bo'ladigan aloqalami yaxshi yo'lga qo'yish 
tadbirkorlik faoliyatining 
uchinchi yo'nalishidir. 
Bunda tadbirkorlikni 
yanada rivojlantirish yo'lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga 
ko'tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O'zbekistonda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo'ladi.
1.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning
maqsadi va vazifalari
O'zbekistonda keng ko'lamli bozor o'zgarishlarini amalga oshirish 
jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz 
Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan


islohotlaming asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo'nalishi O'zbekistonda 
haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul 
qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu 
maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalami hal etmasdan kutilgan natijaga, 
hayotimizda, 
iqtisodiyotimizda 
istalgan 
o'zgarishlarga 
erishib 
bo'lmaydi»14.
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g'oyat muhim vazifa, 
avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish 
va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad 
bilan qo'llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan 
iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo'lgan mana shu ijtimoiy tur uning 
faoliyat sohalari shakllarini o'rganishni nazariy ehtiyojlarigina emas, balki 
amaliy zaruriyatni ham shart qilib qo'ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki 
mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig'i, 
qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha 
mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to 'g 'ri kelmoqda.
O'rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu 
sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va 
har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib 
beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar 
real, ularning faoliyati esa samarali bo'lishi kerak. Umuman, korxonaning 
barcha ishlovchilarini gasman aksiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. 
Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola 
olmasalar va hatto, o 'z aksiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, 
ulami real mulkdorlar deb bo'lmaydi.
Aholi 
shunday 
vaziyatni ko'rar ekan, 
bunday korxonaning 
aksiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bilan 
bevosita bog'langan odamlar uning ishiga ta’sir ko'rsata olmasalar va 
qonunga muvofiq o'zlariga tegishli daromadni ola olmasalar, bu ish 
tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa 
aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning 
real mexanizmlari bo'lm og'i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud 
bo'ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo'lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot 
uchun ham juda xavfiidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda 
foydalangan yoki hatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilaming 
noqonuniy ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish