K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

Tadbirkorlik 
faoliyatining 
kelajagi 
tadbirkorlik 
muhiti 
bilan
belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi,
iqtisodiy 
aloqalarda 
bozorning 
ustuvorligi, 
tadbirkorlik 
kapitalini
Vnujassamlantirish 
sharoitining 
mavjudligi 
va 
zarur 
resurslardan
foydalanish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqillik darajasi bozorda vujudga 
kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. 
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin 
boshqarish usullari m a’muriy yoki direktiv ko'rinishda bo'lishi mumkin 
emas. Ulaming asosiy tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ta’sir etiladigan 
choralardan emas, balki shunday subyektlarning tarkib topishi yo'lida 
qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo'lishi kerak.
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko'p jihatli jarayon bo'lib, u 
o 'z ichiga quyidagilami qamrab oladi:
- ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafa hamda jamiyat 
a ’zolari psixologiyasining ular bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishi;
- tadbirkorlikni rag'batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy £iaqsadi mamlakat iqtisodiy
o'sishining qo'shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolami bartaraf 
etishda katta rol o'ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni 
o'stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (1.3.1-rasm.)


1.3.1-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat 
milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud mamlakatlararo 
guruhlarda, masalan, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik 
muhiti vujudga kelmoqda. Bu tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa 
jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o'xshab ketadi.
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli 
bo'lmish 
tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shakli va yangi ish joylarini 
barpo etish yo'lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlab 
kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi bir 
necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko'rsatish 
yoki soliqlar to'lashda tadbirkorlar uchun m a’lum imtiyozlar berilishida 
aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanish asosini tashkil etadi va 
ishbilarmon kishilaming faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli 
mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda 
bunday muhit o'zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlaming yuqori 
darajada unumli tashkil etilishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo'lsa, jamiyat moddiy va 
m a’naviy jihatdan shunchalik yuqori 
darajada bo'ladi. 
Iqtisodiy 
jarayonlaming samarasi amalda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning soni 
va sifati hamda shu faoliyat bilan shug'ullanmo qchi bo'lgan kishilar soni 
bilan belgilanadi. Bu, o 'z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkor 
lami jalb etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti 
darajalariga bog'liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning 
aralashishi darajasiga bog'liq. Davlat ^shunday shart-sharoitlar yaratib 
berishi 
kerakki, 
unda 
tadbirkorlar 
va 
tadbirkorlikka 
ishtiyoqi


bo'lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o 'z
ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga 
erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib 
berilganligini ko'rsatmoq da.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni 
yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo'lsa, 
uning emirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat 
yuritishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot 
uchun zarur barcha shart-sharoitlami yaratishi va tadbirkorlar uchun 
ko'proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib 
borayotgan O'zbekiston jahon iqtisodiyoti da munosib o'mini topmoqda.
Shulami nazarda tutgan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimov shunday deb ta’kidlaydi: «Erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy 
va huquqiy shart-sharoit yaratish zarur. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yo'lni ochib berish kerak. 
Ulaming xomashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo'l ochib berish, 
ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o'zida ham, uning 
tashqarisida ham sotiladigan bozomi kafolatlovchi tizimni barpo etish 
darkor»13 .
Yuqoridagilami hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan 
bog'liq omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va 
rivojlanish 
mexanizmi 
ning tashkiliy-iqtisodiy 
modeli 
yaratilgan. 
Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo'lish 
mumkin:
- aniq bir mahsulotga iste’molchilaming to'lov qobiliyati. Bunda 
bozordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.
Agar, mahsulot (tovar) xususiyatiari bilan avvalgilaridan ajralib 
tursa, unga talab marketing usullari bilan aniqlanadi:
- tavakkalchilik va bozordagi xatarlami o 'z zimmasiga olib, mulk 
javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o 'z mulki, bilim 
va sarmoyasidan samarali foydalana oluvchi yuqori malakali va
m a’lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega 
bo'lishlari kerak;
- sarmoyaga ega investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin 
sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar ham kiradi. 
Ular bir qancha toifani tashkil etadi: banklar, jamg'armalar, sug'urta 
kompaniyalari, davlat tashkilotlari, xorijiy investorlar va boshqalar;

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish