3
DASTURNING FUNKSIONAL VAZIFASI, QO’LLASH SOHASI, UNING
CHEKLOVLARI
Ushbu o`quv qo`llanma geoaxborot tizim va texnologiyalariga –
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining
gurkirab
rivojlanayotgan
yo’nalishiga bag`ishlangan. O`quv qo`llanmaning bosh maqsadi –
geoinformatikaning asosiy tushunchalarini bayon etish, geoaxborot
tizimlarining ishlash prinsplari to’g`risida aytib berish va ulardan
foydalanishning muayyan misollarini ko’rsatishdir. O`quv qo`llanma to’rtta
bobdan iborat va geoaxborot tizimlarining umumiy tavsifini, GAT larni
amaliy qo’llash misollarini, tahliliy masalalarning GAT - texnologiyalar
yordamidagi yechimini, eng ommabop GAT lar sharhini o’z ichiga oladi.
O`quv qo`llanma materiali talabalarga, turli tashkilotlar rahbarlari va
mutaxassislariga geoaxborot texnologiyalarini qo’llab yyechish mumkin
bo’lgan masalalarni yo’lga qo’yishda yordam beradigan qilib tanlangan va
shakllantirilgan.
Ushbu o’quv qurolini yaratish zaruriyati bir nechta sabablar bilan
asoslanadi. Birinchidan, “Geoaxborot tizim va texnologiyalari” darsi
yangidir, shu munosabat bilan ushbu bilim sohasida uslubiy ishlanmalar va
ixtisoslashtirilgan adabiyotlar unchalik ko’p emas. Ikkinchidan axborot
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi tufayli adabiyot ma’lumotlari
ko’p hollarda eskirib qolgan bo’lib chiqadi. Uchinchidan, hozirgi kunda
ta’lim standartlariga to’la muvofiq keladigan kopleks o’quv quroli mavjud
emas.
O`quv qo`llanma Windows XP operastion tizimining Word XP ofis
ilovasi muhitida tayyorlangan hujjatni o’zida ifodalaydi. O`quv qo`llanma
materiali to’rtta tematik bobdan iborat. Modullardan har biri
paragraflardan iborat. O`quv qo`llanmaning oxirida terminlar glossariysi,
12 ta kitob va 9 ta Internet manbalaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar
ro’yxati keltiriladi. O`quv qo`llanma sahifalarining umumiy soni – 151.
O`quv qo`llanmaka 250 savoldan iborat tester ilova qilinadi.
O`quv qo`llanmada ko’p sonli rasmlar va jadvallar o’rin olgan, bu
materialning yaqqolligini va oson tushunarliligini ancha oshiradi. Ushbu
4
ishning asosiy afzalliklaridan biri geoaxborot texnologiyalari sohasida
bo’lajak
mutaxassislarning
faoliyatlari
uchun
zarur
bo’lgan
ma’lumotlarning batafsil strukturalangan bayon etilishidir. O`quv
qo`llanmaning kerakli bo’limlarini ko’rib chiqish va qidirishning qulayligi
mundarijadagi
giperishoralar
yordamida
amalga
oshirilgan.
Giperishoralardan
foydalanish
shuningdek
glossariyda
noma’lum
terminning talqinini tez topish imkoniyatini beradi.
“Geoaxborot
texnologiyalarining
asoslari”
birinchi
bobi
geoinformatikaning
fundamental
tushunchalari
bilan
tanishishdan
boshlanadi. Modulda GAT terminologiyasi keng yoritilgan, geoaxborot
texnologiyalarining tarixiy rivojlanishi to’g`risida bayon etiladi, fazoviy va
atributiv ma’lumotlarning mohiyati ochib beriladi, geoaxborot tizimlarining
batafsil klassifikatsiyasi keltiriladi.
“GATda tahliliy masalalalrni yechish” ikkinchi bobi geoaxborot
tizimlarining buferizastiya, tarmoqli tahlil, qayta klassifikatsiyalash, overley
va h.k. kabi bazaviy tahliliy operatsiyalarini ko’rib chiqishga qaratilgan.
Fazoviy masalalarni modellash jarayoniga katta e’tibor ajratilgan.
Magazinlar tarmog`ini optimal joylashtirish masalasini GAT vositalari bilan
hal qilish misoli batafsil tushuntirib berilgan.
“Masofadan zondlash (MZ) va yo’ldoshli pozitsionirlash tizimlari”
uchinchi bobida fazoviy ma’lumotlarni bevosita yo’ldoshlardan olishga oid
masalalar ko’rib chiqilgan. MZ tizimining amal qilish prinsplariga va
zamonaviy rossiya va xorijiy saytlar yo’ldoshlarining tavsiflariga hamda
ularning bazaviy tuzilmasiga katta e’tibor qaratilgan. Global pozitsionirlash
tizimi (GPS) va uning GAT bilan bog`lanishi batafsil ko’rib chiqilgan.
Modulning oxirida GPS - navigatorlarining muxtasar sharhi keltiriladi.
“Zamonaviy GAT larni loyihalash va ularning sharhi” to’rtinchi
bobida to’liq amal qiladigan GAT larni loyihalash bosqichlari va
xususiyatlari to’g`risida axborot berilgan. Modulning katta qismi
zamonaviy geoaxborot tizimlarining tavsiflarini va instrumentariysini
ta’riflashga bag`ishlangan.
5
“Geoaxborot tizim va texnologiyalar” darsligi oliy professional
ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq tuzilgan.
O`quv qo`llanma, birinchi navbatda, masofadan va mustaqil
o’qiyotgan talabalarga mo’ljallangan. Axboriy jihatdan o`quv qo`llanma
to’liq va o’ziga yarasha yetarlidir, lekin o’z ustida ishlash saviyasini
ko’tarish maqsadida qo’shimcha adabiyot tavsiya etilgan. O`quv qo`llanma
shuningdek lekstion mashg`ulotlarga tayyorlanish va “Geoaxborot tizim va
texnologiyalar” darsi bo’yicha didaktik material yaratish uchun kunduzgi
bo’limlar o’qituvchilariga ham foydali bo’lishi mumkin.
Qulay sharoitlar yaratish va ko’zlar charchog`ini kamaytirish uchun
zamonaviy kompyuterda ishlash tavsiya etiladi, uning tarkibiga katta
chastotada kadrlar almashuviga (vertikal razvyortka chastotasiga) ega
monitor kiradi. Agar u 50 Gst dan kam bo’lsa, bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi,
u 70 Gst dan ortiq bo’lgani yaxshiroq. Zamonaviy monitorlar minimal
konfiguratsiyaga ega – diagonali 14 dyum, vertikal razvyortka chastotasi
50 Gst va ekrandagi nuqta o’lchami 0,28 mm, lekin 17 dyum diagonalli,
vertikal razvyortka chastotasi 80 Gst va ekrandagi nuqta o’lchami 0,26 mm
bo’lgan optimal konfigurastiyali monitordan foydalangan maqul.
Do'stlaringiz bilan baham: |