47. SUYUQLIK VA GAZNING O’ZIGA BOTIRILGAN JISMGA KO’RSATADIGAN TA’SIRI Biz havoda qiynalib ko’tara oladigan toshni suv tubida
osongina ko’tara olamiz. Agar probkani suv tagiga
tushirib uni qo’ldan chiqarib yuborsak u holda probka
suv yuziga qalqib chiqadi. Bu hodisalarni qanday
tushuntirish mumkin?
Biz suyuqlikning idish tubiga va devorlariga bo’lgan
bosimini bilamiz; agar suyuqlik ichiga biror qattiq jism
tushirilsa, unga ham suyuqlik bosim beradi.
Suyuqlikning o’ziga botirilgan jismga ko’rsatgan
bosim kuchini ko’rib chiqaylik. Muhokama qilish osonroq
bo’lishi uchun parallelepiped shaklidagi jismni tanlab
olamiz (quyidagi rasm). Bu jismning asoslari suyuqlik
sirtiga parallel bo’lsin. Jismning yon yoqlariga ta’sir
qiluvchi bosim kuchlari juft-jufti bilan o’zaro teng va
bir-birini muvozanatlaydi. Bu kuchlar ta’sirida jism
faqat siqiladi. Jismning ustki va ostki yoqlariga ta’sir
qiluvchi kuchlar bir xil emas. Jismning ustki yog’iga
balandligi h
1
bo’lgan suyuqlik ustuni F
1
kuch bilan
yuqoridan bosadi. Jismning ostki yog’iga balandligi h
2
bo’lgan suyuqlik ustuni bosadi. Bu bosimning suyuqlik
ichida hamma tomonga o’zatilishini biz bilamiz. Demak,
jismning ostki yog’iga balandligi h
2
bo’l-gan suyuqlik
ustuni pastdan yuqoriga F
2
kuch bilan bosadi. Ammo h
2
balandlik h
1
dan katta, binobarin, F
2
kuchning moduli ham
F
1
kuchning muodulidan katta. Shuning uchun jism
kuchlarning F
2
-F
1
ayirmasiga teng bo’lgan F kuch bilan
suyuqlik ichidan itarib chiqariladi.
Suyuqlik ichidan jismni itarib chiqaruvchi kuch borligini
tajribada ko’rish oson.
Yuqoridagi rasmda uchida stryelka ko’rsatkichi
bo’lgan prujinaga osib quyilgan jism tasvirlangan.
Prujinaning cho’zilishini shtativda stryelka-ko’rsatkich
qayd qiladi. Jismni suvga tushirganda prujina qisqaradi
(yuqoridagi rasm). Agar jismga uning tagidan yuqoriga
tomon biror kuch bilan, masalan, qo’l bilan ta’sir etilsa
ham prujina xuddi shunday qisqarishi mumkin.
Demak suyuqlik ichidagi jismga uni suyuqlikdan itarib
chiqaruvchi kuch ta’sir etishini tajriba tasdiqlaydi.
Gazlarning ko’p tomondan suyuqliklarga o’x-
shashligini biz bilamiz. Paskal qonuni gazlarga ham
tatbiq etiladi. Shuning uchun gaz ichida turgan jismlarga
ham ularni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi.
Xuddi shu kuch ta’siri ostida havo sharlari yuqoriga
ko’tariladi. Jismni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch
mavjud ekanligini ham tajri-bada kuzatish mumkin.
Jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itarib chiqaruvchi
kuch shu jismga qo’yilgan og’irlik kuchi yo’nalishiga
qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi, shuning uchun biror
jism suyuqlik yoki gaz ichida tortilganda uning og’irligi
vakuumdagi (bo’shliqdagi) og’irligidan bu kuch
kattaligicha kam bo’ladi. Biz havoda qiynalib ko’tara
oladigan toshni suv tubida osongina ko’tarishimizni xuddi
shuning bilan tushuntirish mumkin.
1.Sizga turmushdan ma’lum bo’lgan qanday hodisalar
itarib chiqaruvchi kuch mavjudligini ko’rsatadi? 2.
Suyuqlik ichiga botirilgan jismga ta’sir qiluvchi itarish
kuchi borligini Paskal qonuniga asoslanib qanday
isbotlash mumkin? 3. Suyuqlik ichida turgan jismga itarib
chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday
ko’rsatish mumkin? 4. Gaz ichida turgan jismga ham
itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday
ko’rsatish mumkin?