1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

24-mashq 
1. Tarozi shayiniga massalari teng bo’lgan ikkita: 
qo’rg’oshin va alyuminiy stilindrlar osilgan. Tarozi 
muvozanatda turibdi. Agar ikkala stilindr bir vaqtda 
suvga botirilsa, tarozining muvozanati buziladimi? 
Spirtga botirsak-chi? Javobingizni asoslab bering. Itarib 
chiqaruvchi kuch kattaligi jism hajmiga qanday bog’liq 
bo’ladi? 
2. Tarozi shayiniga hajmlari bir xil bo’lgan ikkita 
alyuminiy silindrlar osib quyilgan. Agar silindrdan birini 
suvga, ikkinchisini spirtga botirsak tarozining 
muvozanati buziladimi? Javobingizni asoslab bering. 
Itarib chiqaruvchi kuch suyuqlikning 
zichligiga bog’liq bo’ladimi? 
3. Tarozi shayiniga hajmlari teng bo’lgan ikkita: temir 
va alyuminiy stilindrlar osilgan. Qo’shimcha yuk 
yordamida tarozi muvozanatga keltirilgan. Agar ikkala 
stilindr suvga botirilsa, tarozining muvozanati 
buziladimi? Javobingizni asoslab bering. 
4. Bir bo’lak temirning hajmi 0,1 dm
3
. Uni suvga to’la 
botirilganda unga qanday itarib chiqaruvchi kuch ta’sir 
qiladi? Kerosinga botirilsa-chi? 
5. Jismning havodagi vazni 30 N suyuqlikdagi vazni 18 
N bo’lsa, unga ta’sir etuvchi arximed kuchi nimaga 
teng? 
6. Jismning suyuqlikdagi vazni 19 N, unga ta’sir 
etayotgan arximed kuchi 17 N bo’lsa, unga ta’sir etuvchi
arximed kuchi nimaga teng? 
49. JISMLARNING SUZISHI 
Suyuqlik ichidagi jismga ikki kuch: vertikal pastga 
yo’nalgan og’irlik kuchi va vertikal yuqoriga yo’nalgan 
arximed kuchi ta’sir qiladi. Agar jism dastlab qo’zgalmas 
bo’lsa, u holda bu kuchlar 
ta’sirida jism katta kuch tomonga harakat qiladi. Bunda 
uch hol bo’lishi mumkin: 
1)agar og’irlik kuchi arximed kuchidan katta bo’lsa, u holda 
jism suyuqlik tubiga tushadi, «cho’kadi»; 
2)agar og’irlik kuchi arximed kuchiga teng bo’lsa, bu holda 
jism suyuqlikning istalgan joyida muvozanatda bo’la 
oladi; 
3)agar og’irlik kuchi arximed kuchidan kichik bo’lsa, u 
holdg jism suyuqlikdan ko’tarila boshlaydi, «qalqib 
chiqadi». 
Bu oxirgi holni birmuncha mufassal ko’rib chiqamiz. 
Qalqib chiquvchi jism suyuqlik sirtiga yetganda uning 
bundan keyingi yuqoriga tomon qiladigan harakatida 
arximed kuchi kamayadi. Nima uchun? Shuning uchunki, 
bunda jismning suyuqlikka botgan qismining hajmi 
kamayadi, arximed kuchi esa jism botgan qismining 
hajmicha suyuqlik og’irligiga teng.
Arximed kuchi og’irlik kuchiga teng bo’lganda jism 
ko’tarilishdan to’xtaydi va qisman suyuqlik ichiga 
botgan holda suyuqlik sirtida suzib yuradi. 


31 
Olingan xulosani tajribada tekshirib ko’rish oson. 
Jo’mrakli idishga yon tomonidagi jo’mragi sathigacha 
suv quyiladi. Shundan so’ng og’irligi havoda oldindan 
o’lchangan suzuvchi jism idishga tushiriladi (quyidagi 
rasm). Jism suvga tushgach, o’zining suvga botgan qismi 
hajmiga teng hajmdagi suvni siqib chiqaradi. Bu
suvni tortib, uning og’irligi (arximed kuchi) 
suzuvchi jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchiga, yoki bu 
jismning havodagi og’irligiga teng ekani topiladi. 
Turli suyuqliklarda - suvda, spirtda, tuz eritmasida suzib 
yuruvchi istalgan boshqa bir jism bilan shunday 
tajribalar o’tkazib, suzib yuruvchi jismning siqib chiqargan 
og’irligi shu jismning havodagi og’irligiga teng ekaniga 
ishonch hosil qilish mumkin. 
Agar yaxlit qattiq jismning zichligi suyuqlik zinligidan 
katta bo’lsa, bu holda jism bunday suyuqlikda cho’kishini 
isbotlash oson. Zichligi kam bo’lgan jism esa bu 
suyuqlikda suzib yuradi. Zichligi suyuqlik zichligiga 
teng bo’lgan jism esa suyuqlikning ichida muvozanatda 
bo’ladi. Masalan, bir bo’lak temir suvda cho’kadi, ammo 
simobda suzib yuradi.
Muz ham suv yuzida suzib yuradi, chunki uning zichligi 
suvning zichligidan kam . 
Jismning zichligi suyuqlik zichligiga nisbatan 
qanchalik kam bo’lsa, jismning shunchalik oz qismi 
suyuqlikka botadi. 
Ikkita aralashmaydigan suyuqlik, masalan, suv va 
kerosin idishda o’z zichliklariga mos holda joylashadi:
idishning ostki qismida zichligi ko’proq bo’lgan suv, 
ustida - zichligi kamroq bo’lgan kerosin joylashadi. 
1. Suzib yuruvchi jism siqib chiqargan suyuqlikning 
og’irligi hamma vaqt havodagi jism og’irligiga teng 
ekanini tajribada qanday isbotlash mumkin? 2. Suyuqlik 
sirtida suzib yuruvchi jismgata’sir qilayotgan itarib 
chiqaruvchi kuch nimaga teng? 3. Suyuqlikda turgan jism 
qachon qalqib chiqadi? Qachon suzib yuradi? Qachon 
cho’kadi? 4. Suzib yuruvchi jismning suyuqlikka botish 
chuqurligi uning zichligiga qanday bog’liq bo’ladi?

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish