31-mashq
1. Ko’char blok yordamida yuk 1,5 m balandlikka
ko’tarildi. Bunda arqonning bo’sh uchidan qancha
uzunlikda tortilgan?
2. Ko’char blok yordamida yuk 7 m balandlikka
ko’tarildi. Yukni ko’tarishda ishchi arqonning uchidan
160 N kuch bilan tortgan bo’lsa, bu yukni ko’tarishda u
qancha ish bajargan? Agar ishchi bu yukni 7 m
balandlikka bloksiz ko’tarsa, u qancha ish bajaradi?
(Blokning og’irligini va ishqalanish kuchini hisobga
olmang).
3. Yo’ldan yutish uchun blokdan qanday foydalanish
kerak?
4. Kuchdan 4 marta, 6 marta yutish uchun kuchmas va
ko’char bloklarni bir-biriga qanday birlashtirish
mumkin?
58
.
MEXANIZMNING FOYDALI ISH
KOEFFITSIYENTI
Richagning tuzilishi va ishlashini ko’rib chiqqanda biz
ishqalanishni, shuningdek richag og’irligini hisobga
olmadik. Bu juda yaxshi (ideal) sharoitda qo’yilgan
kuchning bajargan ishi (bu ishni butun ish deb ataymiz)
yukni ko’tarishda yoki biror qarshilik-ni yengishda
bajarilgan foydali ishga tengdir.
Amalda mexanizm yordamida bajarilgan butun ish
foydali ishdan hamma vaqt bir oz ortiq bo’ladi. Ishning bir
qismi mexanizmdagi ishqalanishni yengish va uning ayrim
qismlarini siljitishga sarf bo’ladi. Masalan, yukni
ko’tarishda ko’char blok qo’llanil-ganda, blok va arqonni
ko’tarish hamda blok o’qidagi ishqalanishni yengish
uchun qo’shimcha ish bajarishga to’g’ri keladi.
Biz qanday mexanizm olmaylik uning yordamida
bajarilgan, foydali ish kamma vaqt butun ishning faqat
bir qisminigina tashkil qiladi. Demak foydali ishni A
f
bilan, butun ishni A bilan belgilab, quyida-gini yozish
mumkin:
A
f
1
A
A
f
.
Foydali ishning butun ishga nisbati mexanizmning foydali
ish koeffistiyenti deb ataladi.
Foydali ish koeffistenti qisqacha FIK deb
belgilanadi:
A
A
FIK
f
.
FIK odatda prostent hisobida ifoda qilinadi:
%
100
A
A
FIK
f
.
M i s o l. Richagning qisqa yelkasiga massasi 100 kg
bo’lgan yuq osib qo’yilgan. Uni ko’tarish uchun uzun
yelkasiga 250 N kuch quyildi. Yuk h
1
= 0,08 m
balandlikka ko’tarildi, bunda harakatlantiruvchi kuch
qo’yilgan nuqta h
2
=0,4 m qadar pasaydi. Richagning
FIK ni toping.
A
f
=100∙10∙0,08=80J A=100∙10∙10=100 J
%
80
100
100
80
%
100
A
A
FIK
f
.
1.Qanday ish foydali ish deb, qaysi biri butun ish deb
ataladi? 2. Og’ir yuklarni ko’tarish va boshqa
qarshiliklarni yengishda mexanizmlardan
foydalanganimizda nima uchun foydali ish butun ishga
teng bo’lmaydi? 3. Mexanizmning foydali ish
koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi? 4. FIK birdan katta
bo’lishi mumkinmi? Javobingizni asoslab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |