28-mashq
1. Quyida keltirilgan hollardan qaysilarida mexanik ish
bajariladi: bola daraxtga chiqmokda; qizcha pianino
chalmoqda; kishi qopdagi donni yelkasida ko’tarib
turibdi; ishchi yelkasi bilan eshikni itarib turibdi; suv
idish devoriga bosmoqda.
2. Sillik gorizontal muz ustida po’lat sharcha dumalab
ketmoqda. Sharchaning harakatiga qarshilik (muzga
ishqalanish, havoning qarshiligi) yo’q deylik. Bunda ish
bajariladimi?
3. Ko’tarish krani yordamida massasi 2500 kg bo’lgan yo’q
12 m balandlikka ko’tarildi. Bunda qancha ish bajarilgan?
4. Massasi 20 t bo’lgan gidravlik bolg’a 120 sm
balandlikka ko’tarilganda qancha ish bajariladi?
5. Elektrovoz massasi 3000 t bo’lgan sostavni uzunligi 5
km bo’lgan gorizontal yo’lda bir tekisda harakatlantirib
bormoqda. Agar ishqalanish kuchi sostav og’irligining
0,003 qismini tashkil etsa, elektrovoz yo’lning shu
qismida bajargan ishini aniqlang.
53. QUVVAT. QUVVAT BIRLIKLARI
Bir xil ishni turli dvigatellar bajarishi uchun turlicha vaqt
talab qilinadi. Masalan, qurilishdagi ko’tarish krani
binoning yuqorigi qavatiga bir necha yuz g’ishtni bir necha
minutda ko’tarib chiqaradi. Agar shu g’ishtlarni ishchi
ko’tarib chiqqanda edi, buning uchun butun bir ish kuni
ishlashga to’g’ri kelardi. Ikkinchi misol. 1 gektar yerni ot
10—12 soatda haydaydi. Ko’p lemexli plug tirkalgan
traktor esa xuddi shu ishni 40—50 minutda bajaradi.
Ko’tarish krani bir ishning o’zini ishchiga qaraganda
tezroq traktor esa otga qaraganda tezroq bajarishi
ko’rinib turibdi. Ish bajarish tezligi texnikada quvvat deb
atalgan maxsus kattalik bilan xarakterlanadi.
Quvvat ishni, uni bajarishga ketgan vaqtga nisbatiga
teng.
Quvvatni hisoblash uchun ishni bu ishni bajarish-ga
ketgan vaqtga bo’lish kerak:
vaqt
ish
quvvat
yoki
t
A
N
, bunda N –quvvat, A-ish,
t-ishning bajarilish vaqti.
Quvvat birligi 1 s da 1 J ish bajara oladigan quvvat
qabul qilingan.
Bu birlikni, bug’ mashinasini kashf etgan ingliz olimi
Yatt sharafiga vatt (Vt deb belgilanadi) deyiladi.
Shunday qilib,
sekund
joul
vatt
1
1
1
yoki
s
j
Vt
1
1
1
Texnikada quvvatning bir muncha yirik birliklari
kilovatt (kVt), megavatt (Vt) ko’p qo’llaniladi.
1kVt=1000 Vt; MVt=1000000 Vt
Misol. Tushish balandligi 25 m va minutiga 120 m
3
suv sarflanadigan to’g’on orqali tushayotgan suv oqimi
quvvatini toping.
Oldin ish ni topamiz.
Vgh
mgh
FS
A
J
30000000
25
10
120
1000
.
MVt
Vt
t
A
N
5
,
0
500000
60
30000000
Turli dvigatellar kilovattning yuzdan va o’ndan bir
ulushlaridan tortib (elektr ustara, tikuv mashinasi
dvigatellari) bir necha yuz ming kilovatt (suv va bug’
turbinalari) quvvatga ega bo’ladi. Har bir dvigatelda
jadvalcha (dvigatelning pasporti) bo’ladi, unda dvigatel
haqida ayrim ma’lumotlar, jumladan, uning quvvati
ko’rsatilgan bo’ladi.
Normal sharoitda ishlab turgan odamning quvvati
o’rtacha 70—80 Vt ga teng. Sakrayotganida, narvonga
chopib chiqishda odam quvvatini 730 Vt gacha, ayrim
hollarda esa bundan ham oshirishi mumkin. Dvigatel
quvvatini bilgan holda biror vaqt oralig’ida bu dvigatel
bajargan ishni hisoblash mumkin.
M i s o l. Uy ventilyatorining dvigateli 35 Vt quvvatga
ega. U 10 minutda qancha ish bajaradi?
kJ
J
Nt
A
21
21000
600
35
.
1. Quvvat nimani ko’rsatadi? 2. Quvvatni ish va vaqtni
bilgan holda qanday hisoblash mumkin? 3. Quvvat
birligi deb nimaga aytiladi? 4. Texnikada quvvatning
qanday birliklari qo’llaniladi? 5.Quvvatni va ish vaqtini
bilgan holda ishni qanday hisoblash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |