26
1. Quyidagi rasmda har xil suyuqdiklardan namuna
olishda ishlatiladigan liver degan asbob tasvir-langan.
Livyer suyuqlikka botiriladi, so’ngra ustki teshigini
barmok bilan berkitib turib, uni suyuqlikdan ko’tariladi.
Liverning ustki teshigi ochilsa, undan suyuqlik oqib tusha
boshlaydi. Tajriba qiling va bu asbobning qanday
ishlashini tushuntirib bering.
2. Oy qachonlardir atmosfera bilan qurshab olingan
bo’lgan, lekin uni asta sekin uni yo’qotgan deb taxmin
qilinadi. Buni qanday tushuntirish mumkin.
3. Parrandalarning avtomat suvdoni (quyidagi rasm)
tog’orachaga to’ntarib qo’yilgan suvli butilkadan iborat
bo’lib, butilka og’zi tog’orachadagi suvga bir oz botib
turadi. Suv butilkadan nima uchun oqib tushib ketmaydi?
Agar tog’orachadagi suv sathi pasaysa va butilkaning
og’zi suvdan ko’tarilib qolsa, butilkadagi suvning bir
qismi tog’orachaga oqib tushadi.
42. ATMOSFERA BOSIMINI O’LCHASH
TORRICHELLI TAJRIBASI
Atmosfera bosimi kattaligini suyuqlik ustuni bosimini
o’lchagandek hisoblab bo’lmaydi. Nima uchun?
Atmosfera bosimini bunday hisoblash uchun atmosfera
balandligini va havoning zichligini bilish kerak. Ammo
atmosferaning aniq chegarasi yo’q havoning zichligi
esa turli balandliklarda turlicha. Shunday bo’lsa ham,
atmosfera bosimini XVII asrda italyan olimi
T o r r i c h e l l i tasviya qilgan tajribada o’lchash
mumkin.
Torrichelli tajribasi quyidagidan iborat: bir uchi
kavsharlangan, uzunligi 1 m ga yaqin shisha nay olib,
unga simob to’lg’azamiz. So’ngra nayning ikkinchi uchini
qattiq berkitib, uni simobli kosaga to’ntaramiz va simob
ichida nayning uchini ochamiz (quyidagi rasm). Bunda
naydagi simobning bir qismi kosaga tushib, nayda
balandligi 760 mm ga yaqin simob ustuni qoladi. Naydagi
simob ustida havo yo’q u yerda havosiz fazo.
Yuqorida bayon qilingan tajribani taklif qilgan
Torrichelli uni tushuntirib ham berdi. Atmosfera kosadagi
simob sirtiga bosadi. Simob muvozanatda bo’ladi.
Demak naydagi simobning
aa
sathidagi bosimi ham
(Yuqoridagi rasm) atmosfera bosimiga teng. Agar
aa
sathdagi bosim atmosfera bosimidan katta bo’lsa, u
holda simob naydan kosaga tushadi, agar atmosfera
bosimidan kichik bo’lsa, u holda simob naydan yuqori
ko’tariladi. Ammo nayning yuqori qismida havo yo’q
shuning uchun naydagi simobning
aa
sathdagi bosimi
faqat naydagi simob ustuni og’irligi tufayli yuzaga keladi.
Bundan atmosfera bosimi naydagi simob ustunining
bosimiga teng, degan xulosa chiqadi. Simob ustuni
balandligini o’lchab, simob berayotgan bosimni hisoblash
mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi.
Atmosfera bosimi qanchalik ko’p bo’lsa, Torrichelli
tajribasidagi simob ustunining balandligi shunchalik
yuqori bo’ladi, shuning uchun amalda atmosfera
bosimini millimetr yoki santimetr hisobida olingan simob
ustuni balandligi bilan o’lchash mumkin. Masalan,
atmosfera bosimi 780 mm simob ustuniga teng degani,
balandligi 780 mm bo’lgan vertikal simob ustuni qanday
bosim hosil qilsa, havo ham shunday bosim hosil qiladi,
deganidir.
Demak, bu holda atmosfera bosimining birligi qilib 1
mm simob ustuni qabul qilingan (1 mm sim. ust.). Bu
birlik va bizga ma’lum bo’lgan bosim birligi P a s k a l
orasidagi munosabatni topamiz.
Balandligi 1 mm bo’lgan simob ustunining bosimi:
Pa
m
m
kg
kg
N
gh
p
3
,
133
001
,
0
13600
8
,
9
2
gat eng. Shunday qilib, 1mm sim. ust. = 133,3Pa =
1,33 gPa.
Hozirgi kunda atmosfera bosimini gektopaskal-larda
ham o’lchash qabul qilingan. Masalan, ob-havo
ma’lumotida bosim 1013 gPa ga teng deb e’lon qilinishi
mumkin, bu esa bosim 760 mm sim. ust. ga teng degan
so’zdir.
Torrichelli tajribasidagi simobli nayga vyertikal shkala
biriktirib, eng oddiy simobli barometr
1
— atmosfera
bosimini o’lchaydigan asbob yasash mumkin.
1. Nima uchun havoning bosimini suyuqlikning idish
tubiga va yon devorlariga bosimini hisobla-gandek
hisoblash mumkin emas? 2. Torrichelli nayi yordamida
atmosfera bosimini qanday qilib o’lchash mumkin,
tushuntiring. 3. «Atmosfera bosimi 780 mm sim. ust. ga
teng» degan yozuv nimani bildiradi? 4. Atmosfera
bosimini o’lchay-digan asbob nima deb ataladi? U
qanday tuzilgan? 5. Balandligi 1 mm bo’lgan simob
ustunining bosimi necha gektopaskalga teng?
“ B a r o m e t r ” so’zi grekcha ikkita so’zdan: “baros”—
og’irlik, metreo” o’lchayman degan so’zlardan olingan.
Atmosfera bosimini o’lchash uchun amalda ko’pincha
aneroid deb ataluvchi metall barometrdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: