Safroni suruvchi sikanjubin
. Ko`pigi olingan asal yoki shakar, hamda
o`tkir sirkadan yuqorida aytilgandek olib, past olovda qaynatiladi. So`ngra yovvoyi
bodring shirasi va sakmuniyodan bir uqiyadan yoki qancha kerakligiga qarab,
bundan ko`ra ko`p yoki oz olinib yanchiladi va zig’ir lattaga tugib, qozon ichiga osib
qo`yiladi. Latta ichidagi narsalar erib, hech narsa qolmaguncha uni tez-tez qo`l bilan
ezib turiladi. Qiyom quyuqlashgandan keyin olovdan tushiriladi. Ba`zi kishilar
qaynatishning boshida saqmuniyo o`rniga sakmuniyo chiqadigan o`simlikning
ildizini petrushka ildizi va arpabodiyon ildizi bilan birga qaynatadilar.
144
Balg’amni kamaytiruvchi sikanjubin
. Asal va dengiz piyozi sirkasini olib
yuqorida eslatib o`tilgan ildizlar bilan qo`shib qaynatiladi. Keyin dorivor o`simliklar
mag’zidan kishining quvvatiga qancha miqdordagisi to`g’ri kelishini mo`ljallab olib,
yanchasan va lattaga tugib, yuqoridagi singari qozon ichiga osib qo`yasan; keyin u
iste`mol qilinadi.
Savdoni kamaytiruvchi sikanjubin
. Asal yoki shakar va sirkani olib,
yuqorida aytilgandek qilib qaynatiladi. Keyin devpechakdan keragicha olinadi, yana
chilpoya va qora xarbaqdan ham olib, hammasi yanchiladi va lattaga tugib qozonga
osiladida, oldingilar singari pishiriladi.
Piyoz sirkasini tayyorlash
. Tozalangan oq piyozdan olib, yog’och pichoq
bilan bo`lak-bo`lak qilib qirqiladi va shu bo`laklar bir-biriga tegmaydigan qilib ipga
tiziladi yoki piyozlarni teshib ipga tiziladi va ularni bir-biriga tegmaydigan qilib
osib, qirq kun davomida soyada quritiladi. Keyin shundan bir bo`lak olib, ustiga o`n
sakkiz bo`lak yaxshi sirka quyiladi va idishni yaxshilab berkitib, oltmish kungacha
oftobga qo`yib qo`yiladi. Shundan keyin oq piyoz olib siqiladi va sirkasi lattada
suziladi.
Ba`zi tabiblar, har bir bo`lak oq piyozga yetti yarim litr sirka soladilar. Boshqalar
dengiz piyozini quritmaydilar, lekin uni tozalab xuddi o`sha vaznda oladilarda, keyin
sirkada olti oy turg’izadilar. Mana shu yo`sinda tayyorlangan sirka ko`proq ichni
suruvchi bo`ladi. Agar bu sirka bilan og’iz chayilsa, u og’iz va milklarga foyda
qilib, ulardan qon oqishni to`xtatadi, chunki u burishtirib, milk va tishlardagi
rutubatni quritadi. U yana qimirlayotgan tishlarni mahkamlashi, hamda og’iz
sassiqligini ketkazib, uni xushbo`y qiladi. Agar u ichilsa, o`pka nayini tozalab,
mahkamlaydi, tovushni ham tiniq qilib kuchaytiradi. U yana me`dasi og’riydigan va
ovqati hazm bo`lmaydigan kishilarga, tutqanoqli va boshi aylanadigan odamlarga,
savdo xilti ko`payib ketganlarga, esi kirarli-chiqarli bo’lib qolganlarga va jinnilarga,
shuningdek, "bachadon bo`g’ilishi", taloq qattiqligi va irqunnasoga uchragan
145
bo`lganlarga ham muvofiq keladi. Bo`shashib so`ligan gavdani baquvvat qiladi,
badan rangini yaxshilaydi, ko`zni o`tkirlashtiradi va nafas qisganda foyda qiladi.
Agar quloq og’rig’ida u quloqqa quyilsa va quloqning ichida yara bo`lmasa, og’riqni
bosadi. Bu sirkani har kuni nahorga ozginadan ichib borib, asta-sekin bir yarim
uqiyagacha ichilsa, yuqorida aytilgan kasalliklarga foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |