Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   204
Bog'liq
dorivor

Belgilar.
Bu kasalliklarning belgilari orqali bilishi zarur bo`ladigan sabablardan
birinchisi mizojning soddalik yo modda bilan birikkanlik holidir. Mizojning soddalik 
holi bunda kamdan-kam uchraydi; bunday holda og’riq og’irliksiz va ko`pchishsiz 
bo`lib, tus o`zgarmaydi va moddaning belgisi ham bo`lmaydi. 
Mizojning moddiyligiga kelsak, bunda birinchi galda bilinishi lozim narsa 
moddaning jinsidir. Modda jinsini og’riq vaqtida kasal o`rinning tusidan yoki 
shishning tusidan biladilar, bu so`ngisi xom balg’amda bo`ladi, yoki uni ushlab 
ko`rib biladilar: u yer sovuqmi yo yallig’langan, yoki odatdagicha issiqmi. 
Moddalarning jinsini yana og’riqning belgilaridan biladilar: og’riq qattiq alliqlash va 
lo`qillash bilanmi yo mo`tadil yallig’lash va tortilish bilanmi yoki faqat tortishib 
og’riydimi buni yana foyda beradigan va og’riqni bosadigan narsalardan bilinadi, 
biroq uvushtiruvchi narsalar yanglishtirishi mumkin: sovuqlik dori muvofiq kelsa, 
moddani issiq deb gumon qilinadi, vaholangki u uvushtirishi bilan muvofiq keladi. 
Zichlashtiruvchi sovutish natijasida og’riqning kuchayishi ham yanglishtiradi: bu 
chog’da u moddani sovuq deb gumon qilinadi; yoki eritib tarqatish bilan og’riqning 
to`xtashi ham yanglishtiradi, bunda moddani sovuq deb o`ylanadi, aslida u modda 
issiq bo`lib, uni tarqatilgani uchun og’riq to`xtaydi. Mana shularning hammasiga 
rioya qilish lozim. Yana moddaning jinsini og’riqning boshlanish va ortish vaqtidan 
biladilar: og’riq qorin bo`shaganda boshlanadimi yoki uning to`lalik vaqtidami 
shishning tez yoki sust paydo bo`lishidan yoki uning butunlay bo`lmasligidan 


361 
biladilar;bu narsa suyuq va issiq, yoki murakkab, o`rtacha modda borligiga yoki xom 
balg’am borligiga dalil bo`ladi. Moddaning jinsini og’irlikning holidan ham 
biladilar: birdaniga ko`p to`planishi mumkin bo`lgan suyuq moddalarda og’irlik 
ko`proq seziladi; ko`p vaqtlarda moddaning jinsi siydik va unga g’alaba qilgan 
narsadan va axlatdan bilinadi: ulardagi qolib narsa safroli moddami yoki shilliqlimi 
va ularning rangi qanday yonbosh og’rig’i va irqunnasoda axlatda shilliqli narsa 
ko`p bo`ladi. Moddaning jinsini goho kasalning yoshidan, odatidan, yeyiladigan va 
ichiladigan narsalar, badantarbiya va harakatsizlik xususida oldindan qilib kelgan 
tadbiridan yoki bularning teskarisidan, shuningdek butun badan mizojining 
ishtirokidan bilinadi. Qon moddasini og’riq o`rnining qizilligidan bilinadi, modda 
chuqur o`rnashgan hol bundan mustasnodir. Buni yana qattiq taranglik, bosganda 
qarshilik, lo`qillash, og’irlik, oldin ishlatilgan tadbir va qon mizojli badanning 
ma`lum belgilaridan bilinadi; bu xil badan ba`zan yo`g’on, etli va yog’li bo`ladi. 
Qonli irqunnasoda og’riq uzunasiga bir xilda cho`zilgan bo`ladi; uni tomirdan qon 
olish darhol to`xtatadi. 
Moddaning safroviy ekanligiga illat; qichiq, og’rig’i oz bo`lishi bilan birga 
ushlovchiga seziladigan qattiq harorat, taranglik va qizillikning ozligi, og’riqning 
teri sirtiga moyil bo`lishi, sovuqdan qattiq rohatlanish, ilgarida qo`llanilgan tadbir va 
safroli badan holida biz aytgan boshqa belgilar dalil bo`ladi. 
Balg’am moddasini tusning o`zgarmasligi yoki qo`rg’oshin rangiga o`xshab 
o`zgarishidan bilinadi. Bunda alangalanish kam bo`lib, og’riq doimiy bo`ladi, qon va 
uning belgilari bo`lmaydi va og’riq eniga qarab kuchli tarqaladi. Kasalning badani 
yo`g’on bo`lsa ham, etli bo`lmasdan yog’li bo`ladi. Bu xil mizoj uchun yuqorida 
aytilgan ma`lum belgilar ham dalil bo`ladi. 
Moddaning savdodan ekanligini ko`rsatuvchi belgilar og’riqning yashirinligi, 
taranglikning kamligi, davolashdan kam foydalanish va og’riq joydagi terining 
qovjirab, unda ko`pchish va yaltirashning bo`lmasligi va ko`pincha, xira rangda 


362 
bo`lishidan iboratdir. Bunga yana kasal kishining mizoji, talog’ining holi, haddan 
tashqari ishtaha, oldin o`tgan tadbirlar va savdolik mizojning oldin ko`rsatib 
o`tganimiz boshqa belgilari ham dalil bo`ladi. 
Yiringli moddani qattiq issiqlikdan bilinadi, bunda yana quyidagilar ham birga 
bo`ladi: qichimadek bir narsa, qizdirish xususiyati bo`lgan har bir narsadan qattiq 
zararlanish, sovutishi bilan birga bir oz burishtirish xususiyati bo`lgan narsalardan 
kuchli foydalanish. 
Yel moddasidan bo`lsa- uni og’irliksiz qattiq tortilish, og’riqning ko`chib 
yurishi va yellarni tug’diruvchi tadbirlardan bilinadi. 
Aralash moddalardan bo`lsa- ularning belgisi shulardan iboratki, ularda issiqlik 
va sovuqlik narsalar bilan davolash kam foyda beradi, davolanishlardan foydalanish 
vaqtlari turlicha bo`ladi, ya`ni bir vaqtda bir davodan va ikkinchi vaqtda unga zid 
davodan foydalanadi. Bunday hol, ko`pincha, issiq mizojli va o`t tabiatli kishilarda 
balg’am va xom balg’am tug’diradigan ho`llovchi va sovutuvchi narsalar iste`mol 
qilganda va ular to`la qorin bilan kuchli harakat qilganlarida yuz beradi. Bunda ikki 
xilt aralashib, bulardan quyug’i latif qonli va o`tli xiltlar yetakchiligi bilan 
bo`g’inlarga haydaladi. Bu kishilar, ko`pincha, katta qo`llar bilan muloyim ezishdan 
foydalanib, ularning og’riqlari qoladi. Chunki buning natijasida xom xilt yetilib
taraladi. Ularga yana harorati mo`tadil ishqalanadigan narsalar, shuningdek tinchlik 
foyda qiladi, chunki harakat yetilishga mone bo`ladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish