Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Bo`g’im og’riqlari, podagra va irqunnaso og’rig’ini davolash



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204
Bog'liq
dorivor

Bo`g’im og’riqlari, podagra va irqunnaso og’rig’ini davolash. 
Kasallikning sababi sodda mizoj deb bilinsa, uning tadbiri osondir; chunki bunda 
kasallik ko`pincha, shishsiz sodda yallig’lashdan iborat bo`lib, uning davosi mizojni 
almashtirishdir. Bu xususda muhtoj bo`linadigan narsalarning eng buyugi safro yoki 
qonni bo`shatishdir. Goho u qotish va alam beruvchi sovuqdan iborat bo`ladi, bunda 
ham mizojni almashtirish kifoya qiladi, bunda qonni qizdirish uchun asosan 


363 
balg’amni bo`shatish zarur bo`ladi. Ko`pincha, sabab tirishtiruvchi quruqlik bo`ladi, 
ma`lumki, bunda qo`llashga muhtoj bo`linadi. 
Sabab modda bo`lganda quyulayotgan narsani teskari tomonga tortish va 
kamaytirish, a`zo moddani qabul etmasligi uchun uni kuchaytirish, modda yo`q 
bo`lsin uchun uning mavjudini taratish bilan unga qarshi turish kerak. Bularning 
hammasida umumiy qoidalarga murojaat qilish zarur. Agar modda qonli bo`lsa, yoki 
qon g’alaba qilgan bo`lsa, qarshi tomondagi tomirdan qon olish bilan mashg’ul 
bo`lish kerak, agar og’riq badan bo`g’imlariga umumiy bo`lsa, ikkala tomondan qon 
olinadi. Keyin, ayniqsa og’riq tuban tomonlarda bo`lsa, qustirishga mashg’ul bo`lish 
kerak, chunki bunday hollarda qustirish ichni surishdan foydaliroqdir. So`ngra, agar 
moddaning yetilganligi va g’alizligi mone bo`lmasa, ichni surishga o`tiladi, oldin 
kuchli surgidan boshlanadi, garchi muloyimlik bexavotirroq va asta-sekinlik 
muvofiqroq bo`lsa ham shunday qilinadi. Keyin buning ketidan oz-ozdan 
tozalaydigan surgilar beriladi. Odamlardan ba`zilari birin-ketin yengil surgidan 
boshlashni va modda yetilgandan keyin kuchlisi bilan ishni tugatishni rasm 
qilganlar; biroq to`g’risi shuki, agar modda suyuq va safroviy bo`lib, uni yetilgan 
deb bilinsa, uni tezroq bo`shatish zarur. Agar modda quyuq bo`lsa, oldin uni 
suyultirib va yetiltirib, keyin bo`shatish tomoniga haydalishga tayyorlaydigan qilib 
surgi berilsa, zarari yo`qdir; 
Agar modda murakkab bo`lsa, surgi va quyuq surtmani murakkab qilish kerak, 
chunki to`g’risi shuki, boshlanishda dori bilan davolash va tomirdan qon olmaslik 
kerak, chunki qon olish xiltlarni qo`zg’atib, badanni harakatga soladi va ehtiyoj talab 
qilgan narsa chiqmay qoladi. Shuningdek, boshlanishda bo`shatilmaydi ham; 
yetilganlik bilinguncha kasalga arpa suvi ichirishni to`xtatilmaydi, agar to`lishlik 
chiqarishga muhtoj qilsa, bu ishni sachratqi suvi va ituzum suvi bilan xiyorshanbar 
kabi kasalni bir yoki ikki marta o`tirishga majbur qiladigan ichiladigan dorilar bilan 
yoki huqna bilan qilinadi, bu keyingisi yaxshiroqdir. Agar bo`shatilish sababli og’riq 


364 
tusha boshlasa, yaxshi tadbirsiz bo`shatishni qo`llama; chunki bo`shatish ba`zan 
xiltlarni o`rnidan qo`zg’atib illat tomon yuboradi. Buhronlarni to`rtinchi, yettinchi va 
o`n birinchi kunlarda nima bo`lishini kuzatib bor. Yaxshi buhron ular uchun o`n 
to`rtinchi kunda bo`lganidir. Agar modda yetilguncha bo`shatishni kechiktirib, 
quyiladigan dorilar bobida aytilgan qonunga muvofiq sovuq, issiq va iliq suvlarni 
quyish bilan kifoyalanadigan bo`linsa, shunday qilinadi, shunda ham sovuq suvdan 
boshlanadi. 
Issiq mizojli va uvushtiruvchi surtmalarga kelsak, ularning hammasi 
zararlidir: issiq mizojlilari xiltlarni tortgani uchun zararli, uvushtiruvchilar esa, 
ularni qamab xomga aylantirgani uchun zararlidir. Sovutuvchi surtmalar quyuq 
xiltlarni xomga aylantirib, suyuq xiltlarni tarqatadi va kasallikni cho`zadi. Issiqlik 
surtmalarning ularga zararli bo`lishi bo`g’imlarni qo`llagani uchundir. Sikanjubin 
esa o`z nordonligi bilan ularga unchalik muvofiq emasdir. Kuchli urug’lar, masalan, 
arpabodiyon urug’i, ko`pincha, xilt chiqindilarni kuydirib toshga aylantiradi. 
Yetiltirish tamom bo`lganda savrinjon, bo’zidon va ularning urug’i bilan bo`shat; 
yana muloyimlik bilan qon ham ol. Bu chog’da yana qurbaqao`t kabilarni qo`yiladi, 
oldinroq kuchsiz dorini ichirishdan o`zingni tort, chunki u moddani qo`zg’atib 
qo`yadi-yu, arzirli surmaydi; hatto, ko`pincha, boshqa qotgan moddalarni suyultirib 
kasal a`zoga oqizadi. Dorini iste`mol qilishni istagan kishi ertalabki yeyiladigan 
ovqatni keyinga qoldirib oldin dorini ichsin, keyin uch soat o`tkazib sharob va 
ozgina suv bilan o`n misqol non yesin, olti soatdan keyin hammomga kirib yuvinsin, 
so`ngra muvofiq keladigan narsa bilan ovqatlansin. Keyin siydiradigan narsa ichsin, 
chunki siydik chiqarish bo`g’im og’riqlari moddasini kesadi. Negaki, bu, ayniqsa 
issiq podagrani qo`zg’atuvchi modda, jigarda va tomirlarda bo`lgan hazm ishining 
chiqindisi ekanligi senga ma`lumdir. Bu ham borki, sovuqdan bo`lgan bo`g’im 
og’riqli va ho`l mizojli kishilarning ko`pchiligi ko`p surgi ichishdan va huqna 
qilishdan foydalanmaydilar, lekin siydiruvchi narsalar bilan davolanganlarida sihat 


365 
topadilar. Og’riq tanlilardan shundaylari borki, ular surgi va siydik haydovchi 
dorilarni ko`p ishlatishni ko`tara olmaydilar, buning natijasida ularda qon quyish 
hodisasi ro`y beradi, shularning hammasiga rioya qilinsin. Taryoq ham shunday 
sovuq mizojli og’riqlarda, xususan bo`shatishlardan keyin foyda qiladi, chunki u 
moddalarning qoldiqlarini muloyimlik bilan tozalab tarqatadi va a`zolarning 
hammasini kuchli qiladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish