Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   204
Bog'liq
dorivor

Moddani a`zodan qaytarish
- hali modda kuchli quyilib, uning miqdori ko`p 
bo`lganda bunday qilish yaramaydi, bu narsa ikkita yomon natijaga olib keladi: biri 
shuki, u moddani siqib uning harakatiga to`sqinlik qiladi va natijada zo`r og’riq 
paydo bo`ladi,- agar shuning kabi hodisa voqe bo`lib qolsa, moddani qaytarishdan 
saqlan va yumshatuvchilarni ishlat. Ikkinchisi shuki, qaytarish, ko`pincha, moddani 
boshqaruvchi a`zolarga yuborib, ularni xatarga soladi. Lekin modda ko`p 
bo`lmaganda yoki uning quyilib kelishi oz bo`lganda, uni og’riqning avvalida, 
shunda ham irqunnasodan boshqasida, qaytarishning zarari yo`qdir; irqunnasoda 
moddani qaytarish uni chuqurlikda qamab qo`yadi, bunda uni qaytarish oz va 
kuchsiz bo`lishi kerak, yoki uni qilmasdan bo`shatish bilan mashg’ul bo`lish kerak. 
Kasallikning oxirida esa, tarqatadigan va moddani latiflashtirib chuqurda yuzaga 
chiqaradigan narsalarga murojaat qilish kerak. Bu ishni tilib qortiq solish, so`rish, 
dog’lash, qizartiruvchi va qavartiruvchi dorilar qo`yish bilan bajariladi. Bular bilan 
moddani oqizib bir muddat jarohatni bitkizmasdan qo`yadilar. Sarimsoq va piyoz 
qavartiruvchi narsalardandir, biroq balozur asaliga teng keladigan narsa yo`q. 
Bulardan keyingi o`rinda yattularning sutlari va anjir suti turadi. Tarqatuvchi va 
qavartiruvchilarga yumshatuvchi narsalarni aralashtirish kerak, bo`lmasa, ular 
bo`g’imlarda tosh paydo qilishga olib keladi, chunki qavartirish ham quyuq xiltni 
quritish jihatidan tarqatish kabidir. Tarqatuvchi va qavartiruvchi dorilarga yog’lar 
aralashtirish, sovutuvchilardan esa saqlanish kerak. Kasallikning boshlanishida 
bo`shatishdan ilgari bularga kuchli tarqatuvchilarni qo`shish yaramaydi, aks holda u 


366 
ko`p moddalarni tortib latifini tarqatadi, qolganini esa quyultirib band qilib qo`yadi. 
Bunga aksar hollarda rioya qilish kerak, ayniqsa modda yopishqoq yoki savdoviy 
bo`lganda shunday qilish lozim. 
Og’riq chidab bo`lmaydigan darajada qattiqlashsa, og’riq qoldiradigan narsalarni 
ichirmay va surtmay chora yo`q. Surtiladigan narsalar yo moddani yengil tarqatish 
bilan yoki uvushtirish xususiyati bilan og’riqni qoldiradi. Zarurat bo`lmaganda 
uvushtiruvchilar iste`mol qilinmasin. Shunda ham og’riqning shiddatini bosadigan 
miqdorda iste`mol qilish mumkin. Issiqdan bo`lgan bo`g’im og’riqlariga 
uvushtiruvchilarni jur`at bilan va ko`plab ishlataver ; ko`pincha uvushtirish pastga 
yo`nalib ketayotgan moddani quyultirish jihatidan yuz beradi, bunda u modda 
qamalib qoladi. Ma`lum bo`lsinki, uvushtiruvchi dorilarni ishlatishda biridan 
ikkinchisiga o`tib turish yaxshiroq bo`ladi. Qay bir vaqtlarda bir dori bir a`zoga 
foyda qilib, boshqasiga foyda qilmaydi. Ba`zan u bir vaqtda foyda qilib, keyin zarar 
qiladi va og’riqni qo`zg’atadi. Tugal tuzalib va undan keyin to`rt fasl o`tguncha 
sharobdan butunlay uzoqlashish kerak. Sharobga odatlangan kishi uni tadrijiy 
ravishda tark qilishi lozim, shunda ular siydiruvchilarni ham iste`mol qiladilar. 
Siydikni haydovchi dorilar qo`shilgan asal sharobi ularga foyda qiladi. 
Bo`g’im og’rig’iga uchragan savdo mizojli kishilarning taloqlarini isloh 
qilish, savdo xiltini bo`shatish va badanini oziqlar, ishqalanadigan dorilar va shu
kabi narsalar bilan qo`llash kerak. Ko`p yumshatmasdan zo`r berib tarqatishga o`rin 
berilmaydi. Bo`g’im og’rig’iga uchragan kishilar go`shtdan uzoqlashishlari kerak, 
hatto, bu illatning sovuqdan bo`lganida ham shunday qilish kerak. Agar go`sht 
iste`mol qilish lozim bo`lsa, tog’ qushi, quyon, ohu etlari va umuman chiqindisi oz 
go`shtdan iste`mol qilsin.
Agar og’riq oldin orqada paydo bo`lib, so`ng ikki qo`lga o`tsa, xiltni o`zi 
moyil bo`lgan tomondan chiqarish uchun qo’l tomiridan qon olish kerak. 


367 
Bunday kasalliklarda ich surish. Ularda yolg’iz shilliqni surmasdan, balki 
safroni ham surish lozim, chunki agar shilliqning yolg’iz o`zini chiqarilsa, u darhol 
foyda beradi, biroq safro shilliqni a`zoga yana bir marta oqizib qaytaradi. Ularga 
ishlatiladigan surgilar zo`r haroratli va juda kuchli bo`lmasligi kerak, aks holda ular 
xiltlarni eritib a`zoga o`zi olganidan bir qancha marta ko`p qilib qaytaradi. Sovuq 
xiltni darhol surganidan savrinjonning manfaati ko`p deb e`tiqod qiladilar, bunda 
boshqa xususiyat ham bor; surishning ketidan u burishtiradi va kuchaytiradi, natijada 
dori bilan tortilgan, biroq nima uchundir chiqmay qolgan chiqindilarning qaytishi 
mumkin bo`lmaydi; yana u dori quvvati bilan suyulgan xiltlarning yo`llarga oqishiga 
qarshilik 
qiladi. 
Savrinjonning 
boshqa 
issiq 
mizojli 
tarqatuvchi 
va 
bo`shatuvchilardan farq qiluvchi xossasi shundan iborat; keyingilarning ko`pchiligi 
o`tish yo`llarini kengaytirib kengligicha qoldiradigan narsalardir. Lekin savrinjon 
me`daga zararlidir,
Shuning uchun uni murch, zanjabil va zira kabi narsalar bilan aralashtirish kerak. 
Uning surishi kuchli bo`lsin uchun goho unga sabr va saqmuniyo ham 
aralashtiradilar. Ba`zilar so`zanakda ham savrinjondagi kabi ta`sir bor va uning 
me`daga zarari yo`q, deydilar. Arman toshi ham bo`g’im og’riqlariga foyda qiladi. 
Bu to`g’rida tanilgan dorilardan "najot habi" bilan "sassiq hab"larni ko`rsatish 
mumkin. Rufus iyorajining irqunnaso va podagraga foydasi kattadir. O`sma urug’i 
ham foydalidir, yana moqudona, bo`zidon, mohnzaqra, tizim gul, lufo, Abu Jahl 
tarvuzi, sabr va cho`l qovog’i olinib, bularga isiriq, ushna, anziratgo`shtxo`r, muql 
va nazla o`ti qo`shiladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish