512
almashinishi yoxud zaruriyat tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochishi aniq shart-
sharoitga bog‗liq.
Voqealarning zaruriy jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan va barcha jihatlari
bilan mutlaq xarakterdagi tasodif bo‗lmaydi. Va aksincha, zaruriyatni to‗ldiradigan
ifodalanish shakli hisoblangan tasodiflarsiz "sof" zaruriyatning o‗zi ham
bo‗lmaydi. Tarixiy tajriba, fanning rivojlanishi jarayonida muayyan, konkret
sharoitda tadqiqotchilar tomonidan biron bir kashfiyotning ochilishini misolga
olaylik: ingliz olimi A.Fleming tomonidan pensillinning kashf qilinishi,
M.SHleyden va SHvann tomonidan tirik organizmlarning hujayra tuzilishidan
iborat
ekanining isbotlanishi, G.Gers tomonidan yorug‗lik elektromagnit
nazariyasining kashf etilishi kabi faktlar ham zaruriy, ham tasodifdir. Buning
zaruriyatligi shundaki, jamiyat va ijtimoiy tafakkurning mazkur davrdagi
rivojlanish darajasi, ijtimoiy ehtiyoj va talab, fan taraqqiyoti sohasida qo‗lga
kiritilgan yutuqlar shunday kashfiyotlarning kashf etilishiga sharoit hamda
imkoniyat yaratgan edi. Uning tasodifligi kashfiyotlarning mazkur olimlar
tomonidan kashf etilishidir, holbuki, buni boshqa tadqiqotchilar ham ertami-
kechmi amalga oshirishlari mumkin edi.
Zaruriyat va tasodif ayrim narsa
va hodisalarga nisbatan ham, voqealar
tizimida ham muayyan birlik dialektikasida, aloqadorlikda mavjud bo‗ladi.
Zaruriyat mazkur hodisa, jarayon va holatning barqaror, ichki, takrorlanuvchi
tomonini anglatsa, tasodif uning nisbiy, o‗tkinchi, ayrim tomoni va shaklini
ifodalaydi. Zaruriyatning voqealar bag‗rida yashiringanligini va u o‗ziga tasodiflar
orqali yo‗l ochishga e‘tibor berib, yuzaki qaraganda, olamda tasodiflar hukm
surayotgandek ko‗rinsa ham, aslida bu tasodiflar hamma vaqt ichki,
yashirin
qonunlarga bo‗ysungan bo‗ladi. Bunday holda tasodif mazkur zaruriyatning
qo‗shimchasi va ro‗y berish formasidir.
Tasodif
zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va
hodisalarning ta‘siri yotadi.
Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta‘rif berishda
odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. SHu sababli u yuz berishi yoki yuz
bermasligi mumkin. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‗lgan
narsa sifatida ta‘riflanadi. Zaruriyat va tasodifning qarama-qarshiligi – ichki va
tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan
aloqa tipidir.
Tasodif beqaror va vaqtinchadir, ammo u sababsiz yuz bermaydi, zaruriyat va
tasodif dialektik tarzda o‗zaro bog‗liqdir: voqea bir jihatdan zaruriyat bo‗lsa,
boshqa jihatdan tasodif ham bo‗ladi. Zaruriyat va tasodif bir-biriga aylanishi ham
mumkin: bir sharoitda zaruriyat bo‗lgan narsa o‗zgargan boshqa bir sharoitda
tasodif bo‗lishi mumkin va aksincha. Tasodif zaruriyatni to‗ldiradi, uning namoyon
bo‗lish shakli hisoblanadi
.
Ko‗p tasodiflar orqasida hamisha ob‘ektiv zaruriyat
qonuniyati yashiringan bo‗ladi. Ilmiy va amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodifning
ob‘ektiv dialektikasini nazarda tutish kerak. Fanning vazifasi tasodifiy voqealar
orasida yashirinib yotgan ichki zaruriyatni bilishdan iboratdir.
Lekin fan
tasodiflarni ham inkor qila olmaydi. Tasodiflar mavjud bo‗lib, voqelik
jarayonlarining oqimiga qandaydir ta‘sir ko‗rsatar ekan, fan ularning ham
513
taraqqiyotdagi rolini hisobga olishi, insonni ko‗ngilsiz tasodiflar ta‘siridan himoya
qilishi lozim.
Birinchidan, zaruriyat va tasodif kategoriyalari sof inson tafakkurigagina xos,
tajriba jarayonida inson voqelikka kiritadigan sub‘ektiv tushunchalar emas, balki
olamga xos bo‗lgan munosabat va aloqadorlik shakllaridir. Ikkinchidan, zaruriyat
va tasodif voqealar zanjiridagi shunday halqalarki, ulardan birisiz ikkinchisini
tasavvur etish, biriga ortiqcha e‘tibor berib, boshqasini e‘tibordan chetda qoldirish
sira mumkin emas. Bilish va amaliy faoliyatda birgina zaruriyatni tan olib,
tasodifni inkor etish — fatalizmga olib kelganidek, olamda qonuniyat va zaruriyat
amal qilmaydi, u faqat turli tasodiflardangina iborat deyish,
gnoseologik
volyuntarizmga olib keladi. Uchinchidan, zaruriyatni sababiy aloqalar, «sababiyat»
tushunchasi
bilan
aynanlashtirish,
tenglashtirish
yaramaydi,
tasodifni
sababsizlikning oqibati deb bilish noto‗g‗ridir. Sababiy aloqalar xilma-xil bo‗lib,
shart-sharoitga ko‗ra ulardan ayrimlari zaruriy hodisalarni tug‗dirsa, boshqalari
(tashqi, asosiy bo‗lmagan sabablar) tasodifiy munosabatlarni vujudga keltiradi.
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar
dialektikasini xarakterlovchi, ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa,
jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‗zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir.
Atrofga nazar tashlar ekanmiz, tabiiyki, bir qarashda hodisalar tizimidagi qaysi bir
hodisa zaruriy, qaysi biri tasodifiy ekanligini ajratish qiyin. Kuzatish, amaliy tajriba
asosida hodisalarning ichki va tashqi, muhim va muhim bo‗lmagan tomon,
belgilarini aniqlab borish tufayli zaruriyat hamda tasodifni umumiy aloqadorlik
holatining o‗ziga xos shakllari sifatida bilish, farqlay olish mumkin.
Zaruriyat va tasodif aloqadorligining yana bir muhim tomoni, vaziyatga ko‗ra,
ularning o‗zaro o‗rin almashishi, ya‘ni zaruriyatning tasodifga, o‗tish holatidir.
Falsafada tasodif bo‗lgan joyda zaruriyat bo‗lmaydi, zaruriyat bo‗lgan joyda
tasodif bo‗lmaydi, deb hisoblash bu kategoriyalarning o‗zaro aloqadorligini
ko‗rmaslik, ularning bir-biriga o‗tishini tan olmaslikdan iboratdir. Aslida zaruriyat
bilan tasodifni birgalikda, bir-birini taqozo etgan holatda tekshirib o‗rganishgina
bizga ilmiy haqiqatni bilishga imkon beradi. Masalan,
tabiiy muhit, iqlim sharoiti
ta‘sirida tirik organizmlarda ayrim belgi, xususiyatlarning paydo bo‗lishini tasodif
deb, keyinchalik u belgi irsiy sifat belgilariga aylanishini zaruriyat, deb hisoblash
kerak.
Zaruriyat va tasodifning bunday o‗zaro aloqadorligi, bir butunligi hamda
o‗zaro o‗rin almashish holati olamga xos qonunlarning xususiyati bilan belgilanadi.
Ilmiy hamda amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodif dialektikasini nazarda tutish
g‗oyatda muhimdir. Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hodisalar sistemasida
zaruriy va tasodifiy aloqalarni payqay bilish, tasodiflar orasida yashiringan ichki
qonuniyat, zaruriyatni ochish, olamning murakkab sirlarini bilishda undan
maqsadga muvofiq foydalanishda amaliy ahamiyatga egadir.
Fan tomonidan zaruriyatni bilishni asosiy maqsad qilib qo‗yilganligi,
tasodiflarning rolini inkor etilayotganligini anglatmaydi. Tasodiflar ham ob‘ektiv
voqelikda amal qiladigan ma‘lum hodisalar guruhida nisbiy
mustaqillik mavqeiga
ega va muayyan zaruriyatning yuzaga chiqishini tezlatishi yoki sekinlatishi
mumkin bo‗lgan aloqadorlik shaklidir. Turli ko‗rinishlarda amal qiluvchi
514
tasodiflarni kuzatish va tadqiq etish, ularning ichki qonuniyatini ochish insoniyat
uchun noqulay bo‗lgan holat va voqealarning oldini olish imkonini beradi.
Tasodiflarni o‗rganish tabiat sirlarini chuqurroq ochish, jamiyat hodisalarini yanada
to‗g‗riroq tushunish, ularni maqsadga muvofiq yo‗naltirish va boshqarishga imkon
beradi.
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tasodiflar kishilarga turlicha
ta‘sir ko‗rsatgan bo‗lishi kerak. CHunonchi, ibtidoiy kishining hayoti tasodifga
to‗la edi, ammo jamiyat va fan rivojlanib borishi bilan odamlar tasodiflar
hukmronligidan qutula bordi. Bizning sharoitimizda amal qiladigan ba‘zi tasodiflar
ob-havo noqulayliklari, qurg‗oqchilik, suv toshqinlari, zilzila singari tabiiy
hodisalar bilan bog‗liqdir. Tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi tasodiflarni o‗rganish
hodisalarning zaruriy va qonuniy
aloqalari mohiyatini ochishga, olam haqida
to‗laroq va ilmiy haqiqatni anglashga, tasodiflar qarshisida ojiz bo‗lib qolmasdan
ish ko‗rishga imkon yaratadi. Tasodifni ilmiy tushunish fan va amaliyot uchun
olam hodisalarini ilmiy tarzda bilish, o‗rganish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bu falsafiy kategoriyalar narsalar va hodisalarning bir-biri bilan har xil
tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida
paydo bo‗ladimi? Yo‗q, dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida
ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech
qanday tasodif yo‗q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar
tasodifni rad etib,
Do'stlaringiz bilan baham: