Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Zaruriyat va tasodif
tushunchalari qadim zamonlardan beri faylasuflar 
e‘tiborini o‗ziga tortib keladi. Qadimgi dunyo falsafasining Levkipp va Demokrit 
kabi vakillari yangi zamon falsafasining P.Golbax, B.Spinoza kabi namoyandalari 
metafizik determinizm pozitsiyasida turganlari holda ana shunday qarashni ilgari 
surdilar. Levkipp biron-bir buyum sababsiz yuzaga kelmaydi, ammo u ma‘lum 
zamin, zaruriyat tufayli tug‗iladi, degan edi. Demokrit va P.Golbax qarashida ham 
barcha hodisalar zaruriy bo‗lib, kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy aloqalarning 
turini to‗la bilmaganliklari uchun tasodifga o‗rin beradilar, hodisalar sababi 
bilingan hamono tasodifiylik barham topadi, binobarin u sub‘ektiv mazmundagi 
kategoriyadir, deb hisoblaganlar. Olam, undagi o‗zaro munosabat, aloqadorlikni, 
sababiyatni inkor etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamda zaruriyat yo‗q, 
zaruriyat aqliy faoliyatning shakli (I. Kant), tafakkurga xos tushuncha (E. Max, K. 
Pirson), kishilar iroda va istagining namoyon bo‗lish natijasidir, deb hisoblaydi. 
XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud 
emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog‗adigan 
yomg‗ir zarur, ya‘ni zaruriy sabablar bilan belgilangan; lekin biz unga tasodifiy 
deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero amalda mavjud sabablarni hali 
bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz ko‗ra olmaydigan narsa 
tasodifiy deb ataladi»
1
, deb qayd etgan. SHunga o‗xshash fikrni Golbax ham ilgari 
suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi mumkin emas; hamma 
narsa muayyan qonunlarga bo‗ysunadi; bu qonunlar faqat muayyan oqibatlarning 
sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi... Atomlarning tasodifiy birikishi haqida 
gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog‗lash jismlarning harakatlanishi
uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini bilmaslikni tan olish demakdir»
2

Ko‗rib turganimizdek, tasodif sababi noma‘lum bo‗lgan zaruriyat sifatida talqin 
qilingan. Sababi aniqlangani zahoti tasodif zaruriyat sifatida namoyon bo‗ladi. Bu 
– mexanistik materializm talqini. Tasodif ilmiy nazariyalardan quvg‗in qilingan, u 
ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor 
1
Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1.М.: – С.158 - 159.
2
Гольбах. Здравый смысл // Избр. антирелигиозные произведения: в 2 т. Т. 1.М.: –С. 35.


510 
etilishidan dunyoda hamma narsa zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur 
yondashuvning tadrijiy oqibati o‗laroq fatalizm yuzaga keladi: nimaiki yuz 
bermasin, hatto ahamiyatsiz voqealar ham zarur, muqarrar bo‗lib, sabab-oqibat 
aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas bo‗g‗in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur 
har qanday voqeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va 
tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko‗rsatib berildi.
Vaqt o‗tishi bilan ularning talqini o‗zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda 
tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‗lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. 
Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o‗ta murakkab sistemalar o‗z-
o‗zini tashkil etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari bir qator ilmiy yo‗nalishlar: biologiya, tibbiyot, 
huquqshunoslik, tarix va hokazolarda muhim metodologik aham iyatga egadir. 
Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb 
etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini 
tushunish ayniqsa muhimdir.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish