Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Jaloliddin Rumiy
ning ―Masnaviylar‖ asaridagi tasavvuf poetik 
ontologiyasidan mashhur nemis faylasufi Gegel ta‘sirlanib, o‗zining dialektik 
ta‘limotini ishlab chiqqan. Rumiy «Vahdati Vujud» tushunchasi orqali Vahdati 
vujud konsepsiyasi namoyondalari kabi «birdan – bir mavjud narsa Ollohdir, 
qolgan hamma narsalar uning nuri, shu‘lasi va «bu dunyo» ham haqiqat lekin u 
yashirin dunyoning namoyonlik shaklidir deb hisoblaydi. SHuning uchun inson bu 
dunyoga emas, balki yagona Ollohga muhabbat bilan intilishi kerak, deb 
hisoblaydi. 
Bu uning panteizmi (yunon pan – hamma narsa va theos – Xudo) –
ya‟ni hamma narsa Xudo ekani haqidagi ta‟limotidir.
Panteizmning 4 shakli mavjud: 
1. Teomonistik – (Akosmizm); u faqatgina Xudo mavjud, olam mustaqil 
mavjud emas, degan g‗oyaga asoslanadi. 
2. Fiziiomonistik – Xudoni dunyodan ajratib, dunyo nomavjud, deb 
hisoblaydi; (faqat olam, tabiat mavjud va u Xudodir, deb hisoblaydi, Xudoning 
mustaqil mavjudligidan voz kechiladi. 
3. Transsendent – (mistik); «hamma narsa Xudoda (Xudo ichra) 
mavjud»ligi haqidagi ta‘limot. Olam Xudoda mavjud va olam Xudoning namoyon 


22 
bo‗lishi (shakllanishi)dir, degan g‗oyaga asoslanadi. Buning asosi - emanatsiya 
(neoplatonizm tashkil etgan). 
4. Immanent – transsendent; Xudo narsa (ular orqali) o‗zligini amalga 
oshiradi.
Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. 
Nasafiy borliqni «Zubdat 
ul – Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‗i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‗ Olam, 
yunon falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‗ro (Kichik Olam, inson borlig‗i, 
yunon falsafasidagi Mikrokosm)ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni 
ko‗rsatadi. Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib 
chiqishi, strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‗ishlangan. 
Nasafiy fikricha, bizni qurshagan Olam (kosmos) zang (javhar, 
substansiya) va sifatlarning ismlaridan iboratdir (substansiya va aksidensiya). 
Olam Olami g‗ayb (yashirin olam), va Olami shuhud (shohidlik, ya‘ni ko‗rinuvchi 
olam)dan tashkil topgan. Har ikki olam miqdoriy va umumiy (yaxlit) ma‘nolarda 
turli nomlarda tilga olinadi. Masalan, holiqiyat (yaralmishlar) olami va amr 
(yaratuvchi) olami, mulk (moddiyat) olami va malakut (farishtalar) olami, jism 
olami va ruh (jon) olami, his -tuyg‗ular olami va shuur (fikrlar, tafakkur) olami 
(mintalitet), nur va soya (zulmat) olami va h.k. Bu nomlar shu ikki olam – yashirin 
(ko‗rinmas, g‗ayb) olami bilan ko‗rinuvchi (seziluvchi, shuhud) olamning turlicha 
nomlaridir. 
Individual inson esa, kichik Olamdir. Va aksincha, inson kichik olam 
bo‗lsa, insonga nisbatan katta olam Ulug‗ (Katta) inson, deb ham qaraladi.
Nasafiyning bu asarida Ulug‗ Olam (Olami Kubro) kichik Olam (Olami 
Sug‗ro) Ulug‗ odam (yoki inson) va kichik inson (insoni sug‗ro) (katta va kichik) 
olamlar birgalikda o‗rganilishi, hatto sinonim tushunchalar bilan ifodalanadi. 
CHunki, 
kichik 
olam 
katta 
olamning 
kichraytirib 
olingan 
nusxasi 
(mikromodeli)dir. Inson har ikki (g‗ayb va shuhud) olamning nusxasi, timsolidir. 
Zero, Ulug‗ Olamda (kosmosda) barcha narsalar mavjuddir. SHuning uchun ham 
Ulug‗ Olamni (uning zohiri botinini, mohiyatu xillarini) idrok etmoq uchun inson 
o‗z mohiyatini, o‗z zohiru botinini anglab etishi kerak. Demak, narsa – hodisalarni 
bilmoqchi bo‗lgan inson o‗zini bilishi kerak.
Har ikki olamning boshlang‗ich nuqtasi ham bir xil substansiyadan iborat. 
Har ikki olamda nimaiki paydo bo‗lsa, u o‗sha substansiyada mavjuddir.
Bundan tashqari, A. Nasafiy azaliy, abadiy va noazaliy, noabadiy 
vujudlarni bir – biridan ajratuvchi shariat ahli fikrini ham o‗rganadi. Azaliy va 
abadiy vujud - Xudodir. U Vujudi qadim, deb ham ataladi. Boshlanishi bor bo‗lgan 
(noazaliy) vujudning esa, oxiri ham albatta bor bo‗ladi, u Vujudi hadis yoki foniy 
(yo‗q bo‗luvchi, o‗tkinchi) vujud, deyiladi. Xudodan boshqa hamma narsa Vujudi 
hadisdir.
SHunday qilib (haqiqiy borliq) Vujud yagonadir (Vahdat) va u Xudoning 
vujudidir. Borliqda Xudo vujudidan boshqa vujud yo‗q va bo‗lishi ham mumkin 
emas. SHu yagona vujudning botini (ko‗rinmas aspekti, tomoni) nurdir va Olam 
jonidir hamda bu nur o‗zini darchalar (ayrim narsalar) orqali zohirga, ya‘ni o‗zini 
moddiy borliqqa aylantiradi, u o‗zi aytib, o‗zi eshituvchi, o‗zi berib, o‗zi oluvchi, 
o‗zi tasdiqlab, o‗zi inkor etuvchidir.


23 
Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat nimaligini tushunishdan boshlanadi. 
Borliqning mohiyati bo‗lgan sof (musaffo) Vahdat (birlik), uning fikricha, jism va 
ruhning manbaidir, u kitob va kalomning ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk 
(moddiyat) olamlarining asosi, butun borliq va odamning manbaidir. U sufizmda 
jabarut, deb ataladi (Jabarut – arab tilida «Buyuklik», ulug‗lik degan ma‘nolarni 
bildiradi). Mulk va malakutda bir jami‘ narsalar Jabarutda (tezis holida) mavjud, 
deb ko‗rsatiladi (bu Aristotelning «imkoniyat» kategoriyasida yoki potensiyada o‗z 
ifodasini topgan edi). Xullas sharqda ontologiya masalasi Xudo borlig‗i bilan 
bog‗liq holda o‗rganiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish