Нигинахон шермухамедова


Borliqning shakllariga oid qarashlar tasnifi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Borliqning shakllariga oid qarashlar tasnifi.
Inson barcha jonli narsalar 
jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan
.
Ammo XX 
asrda ontologiya falsafaning asosiy qismi sifatida qaror topdi, xususan, falsafiy 
tadqiqotlarda inson borlig‗ining tahlili tomon muhim burilish yasaldi. Borliq nima 
va uni qanday tushunib etish mumkin, degan savol yangi davrda avstriyalik 


34 
mutafakkir F.Brentano (1858-1917), nemis faylasufi va fenomenologiya asoschisi 
E.Gusserl (1859-1938), «tanqidiy ontologiya» asoschisi N.Gartman (1882-1950) va 
M.Xaydeggerlar tomonidan qo‗yildi. Ularning fikricha, borliq moddiy-predmetli 
dunyoga bog‗lanmaydigan ko‗p darajali jarayon sifatida namoyon bo‗ladi. 
Borliqning ko‗p darajaliligi uning shakllaridan har birining o‗ziga xosligini va biri 
ikkinchisiga bog‗lanmasligini nazarda tutadi. Borliqning har bir shakli tarixan 
rivojlanuvchi va o‗zgaruvchi borliq sifatida tushunilishi lozim.
Ayni damda borliq shakllari to‗g‗risidagi masalani ko‗rib chiqishda mavjud 
bo‗lgan ayrim tasniflarni aytib o‗tish o‗rinlidir. 
Xususan, V.P.Tugarinov fikriga 
ko„ra, borliq juda sodda tushuncha. U jonsiz tabiat dunyosida mavjudlikni 
anglatadi. Tabiiy dunyoda borliq «hayot» degan yangicha ta‟rif kasb etadi, 
jamiyatda esa, u odamlar hayot faoliyatining haqiqiy jarayonidir. 
Borliqning 
mazkur uch shakli birga mavjud bo‗lib, o‗zaro ta‘sirga kirishadi, lekin, shunga 
qaramay, o‗ziga xos xususiyatini yo‗qotmaydi. Umumiy universum evolyusiyasida, 
dunyo borlig‗ining qaytmas jarayonida ular oldinma-ketin harakat qiladi. Jonsiz 
narsalarga ba‘zan ontologik markazga ega bo‗lmagan narsalar sifatida qaraladi. Bu 
dunyoda birlik o‗zaro ta‘sirlar qonuniyati sifatida namoyon bo‗ladi. Tabiiy olamda, 
tirik modda yoki tirik mavjudot to‗g‗risida so‗z yuritilgan holda doim ontologik 
markaz mavjud bo‗ladi, u o‗z makoni, o‗z vaqtini, hatto, o‗ziga xoslikni ham 
nazarda tutadi. Barcha jonli narsalar o‗z ichki borlig‗iga ega bo‗lib, biologiyada bu 
«organizm» va «muhit» tushunchalari bilan ifodalanadi. SHu masalada I.Kant 
«maqsadsiz maqsadga muvofiqlik» g‗oyasini ilgari surgan
1
. Xuddi shu belgi biroz 
o‗zgartirilgan ko‗rinishda - «anglab etilgan maqsadsiz maqsadga muvofiqlik» - 
jonli tabiat borlig‗ining negizi sifatida tushunilishi mumkin. Tirik organizmlar 
hayotiy borlig‗i o‗ta maqsadga muvofiqdir, lekin ular umumiy evolyusiya 
jarayonining borishi va yo‗nalishini bilishga qodir emas. N.Gartman borliqning 
oliy kategoriyalari va qadriyatlar azaldan kuchsiz, deb hisoblagan. Materiya – 
jonsiz dunyo qancha mustahkam va mustaqil bo‗lsa, jonli shakllar shuncha zaifdir. 
Bunda hayvonlar o‗zaro ta‘sirning rang-barang tashqi shakllariga o‗simliklarga 
qaraganda ko‗proq bog‗liq. Kuchsiz, yaxshi moslashmagan va nozik jonzot – inson 
tabiatning bo‗g‗uvchi bag‗ri bilan o‗zining o‗rtasida sun‘iy dunyoni yaratibgina 
himoyalanishga qodirdir.
F.Gegel «Mantiq fani» asarining birinchi bo‗limi – «Borliq haqidagi 
ta‘limot»da borliqning uch shaklini qayd etib, ular borliqning eng birinchi, ayni 
vaqtda eng sodda, ya‘ni eng mavhum shakllari ekanligini ta‘kidlagan. Borliq uch 
daraja: sifat, miqdor, o‗lchovdan iborat. 
Sifat, eng avvalo, borliq bilan bir xil 
muayyanlikdir, binobarin, o„z sifatini yo„qotgan narsaning mohiyati ham 
o„zgaradi. Miqdor esa, aksincha, borliqqa nisbatan tashqi, unga uzviy bog„liq 
bo„lmagan muayyanlikdir. Masalan, uy katta yoki kichkina bo„lishidan qat‟iy 
nazar, uyligicha qoladi; qizil rang ochroq yoki to„qroq bo„lishidan qat‟iy nazar, 
qizilligicha qoladi. Borliqning uchinchi darajasi - o„lchov dastlabki ikki 
darajaning birligi – miqdoriy sifat, ya‟ni me‟yordir. Barcha narsalar o„z 
o„lchoviga, ya‟ni miqdoriy aniqlikka ega bo„lib, katta yoki kichkina bo„lish ular 
uchun ahamiyatsizdir. Ayni vaqtda, bu ahamiyatsizlik ham o„z chegarasiga ega. 
1
Кант И.//Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001.-С.566


35 
Mazkur chegara buzilgan, ya‟ni narsalar yanada kattalashgan yoki kichraygan 
taqdirda, ularning mohiyati o„zgaradi
1
.
Materializm nuqtai nazaridan «borliq», «mavjud borliq» kategoriyalariga 
asosan moddiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yondashilganini ko‗ramiz. Inson hayoti 
ma‘nosi va koinot asoslarini tushunib etish bilan bog‗liq azaliy falsafiy kategoriya 
sifatidagi borliqqa Prudon, L.Feyerbax, Dyuringlar ham to‗xtalib o‗tgan.
Bu masalani ushbu jihatdan tahlil qilish dunyoning ikki ta‘rifi, ikki xossasi: 
borliqqa ega bo‗lish va moddiylikka ega bo‗lishni namoyon etadi. Birinchi xossa - 
borliqqa ega bo‗lish ikkinchi xossaning shartidir, chunki moddiy bo‗lishdan oldin 
mavjud bo‗lish kerak. Mazkur qarashga ko‗ra, biz borliq haqida so‗z 
yuritganimizda, birlik muhokama qilinayotgan barcha narsalar amalda 
mavjudligidangina iborat bo‗lishi mumkin. 
Iqtisodiy hayot va ishlab chiqarish usulining tahlili ekzistensiya 
muammolarini chetga surib qo‗yadi. Har bir odamning ong ostida borliqning 
haqiqat, ezgulik va go‗zallik bilan birligiga azaliy ishonch yashaydi. Bizning 
borlig‗imiz o‗z manbasi va inson bo‗lishdan iborat bo‗lgan asosiy vazifasiga ko‗ra 
hayotni quvonch bilan idrok etish, adolatga intilish kiradi. SHu bois borliqni 
«shakl-shamoyilsiz kosmik muayyanlik» sifatida emas, balki inson ruhida 
kechadigan alohida psixologik vaqt nuqtai nazaridan tahlil qilish juda muhimdir.
D.Lukachning «Odamlar borlig‗i ular hayot faoliyatining haqiqiy 
jarayonidir»
2
, degan ta‘rifi ancha sodda bo‗lsa-da, borliqni kompleks, 
umumlashtiruvchi tushuncha sifatida anglab etishga yo‗naltiradi. Hayot 
faoliyatining haqiqiy jarayoni sifatidagi borliq ayrim odamlar va avlodlar 
faoliyatining ob‘ektiv belgilangan sharti hamda asoslari xususiyatiga ega bo‗lgan 
hamma narsa va hodisalarni qamrab oladi. Bu ta‘rif Er va koinotning barcha 
jarayonlarini, inson hamda insoniyat yaratgan hamma narsalarni, shuningdek, 
odamlarning munosabatlari, ularning muassasalari va ijtimoiy institutlarini ham o‗z 
ichiga oladi.
D.Lukachning fikriga qarshi o‗laroq, amerikalik olim G.Saymon borliqni 
«sun‘iy narsalar dunyosi» va «tabiiy narsalar dunyosi» sifatida tahlil qilishni taklif 
etadi
3
. Mazkur yondashuv bu ikki dunyoning alohida qonuniyatlari va 
muammolarini, ularning o‗zaro ta‘siri imkoniyatlarini hamda bir-biriga o‗tish 
nuqtalarini aniqlash imkonini beradi.
Ba‟zan borliqning shakllari ierarxiyasida haqiqiy borliq sifatida «o„zida 
borliq» va hodisalarning bevosita mavjud dunyosi sifatida «biz uchun borliq» 
farqlanadi. 
O‗zida borliq yuzada yotuvchi kuchlarga qaraganda yuksakroq 
tushuncha sifatida qaraladi. U idrok etiluvchi barcha narsa, hodisalarning birinchi 
asosini tashkil etadi. Bu ierarxiyaning boshqa bir vazifasi ob‘ektivlik va 
sub‘ektivlikni farqlashga intilishdir. O‗zida borliq biz uchun borliqning cheksiz 
in‘ikoslarining cheksiz soniga aylanadi. Biz uchun borliq kechinmalar kompleksi 
bilan bevosita bog‗liq, u dezantropomorf xususiyatga ega bo‗lishi mumkin emas, 
1
Гегел Г. Наука логика..-М.: 1995.-С.78 
2
Лукач Д..Онтология социального бытия.-М.: Луч, 2001.- С.45. 
3
Саймон Г. Наука об искусственном.-М.: АСТ, 1996.-С .79 


36 
asosan axloqiy, ba‘zan diniy xususiyatga egadir. Fan o‗zida borliqni sub‘ektiv 
yondashuvsiz, mumkin qadar aniq aks ettirishga harakat qiladi.
D.Lukachning mazkur yondashuvidan tanqidiy ratsionalizm asoschisi 
K.Popperning borliq muammosiga nisbatan quyidagi o‗ziga xos yondashuvi farq 
qiladi: «Biz quyidagi uch dunyo yoki universumni farqlashimiz mumkin: birinchi - 
jismoniy ob‘ektlar yoki jismoniy holatlar dunyosi; ikkinchi - ong holatlari, fikrlash 
mental holatlari dunyosi, balki, harakatga hozirlik holatlari dunyosi; uchinchi - 
tafakkurning ob‘ektiv mazmuni, eng avvalo ilmiy g‗oyalar, poetik fikrlar va san‘at 
asarlari mazmuni dunyosi»
1

Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida borliqning beshta asosiy shakli 
farqlanadi
.
Birinchi shakl sifatida tabiat jarayonlari va inson tomonidan yaratilgan 
narsalar borlig‗i qayd etiladi. Boshqacha aytganda, borliqning mazkur shakli tabiiy 
tabiatni va inson tomonidan yaratilgan tabiatni qamrab oladi. Ikkinchi shakl inson 
borlig‗ini qamrab oladi. Uchinchi shakl – ma‘naviy borliq. U individuallashtirilgan 
(sub‘ektdagi) ma‘naviy borliq va ob‘ektivlashtirilgan (individdan tashqaridagi) 
ma‘naviy borliqqa bo‗linadi. Borliqning to‗rtinchi shakli - ijtimoiy borliq. U ayrim 
insonning tabiat va tarixdagi borlig‗iga va jamiyat borlig‗iga bo‗linadi. Borliqning 
beshinchi shakli vertual borliq bo‗lib, u XXI asr axborot texnologiyalari vositasida 
yaratiladi. 
SHunday qilib, tabiat, inson, ma‟naviyat va ijtimoiylik borliqning asosiy 
shakllaridir
.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish