31
Inson mavjudligi (Dasein)ning mohiyati sifatida ekzistensiya – ochiqlik,
o‗zgacha narsalarga intilish amal qiladi. U yo‗qlikka (o‗limga) intiladi va o‗zining
betakrorligini dahshat orqali anglab etadi. Inson aynan borliqning mantiqsizligidan
dahshatga tushish orqali o‗zining haqiqiy borlig‗ini tushunib etadi. Hamonki inson
o‗zini o‗lim dahshati
orqali anglab etar ekan, muvaqqatlik inson mavjudligining
bosh xossalaridan biri hisoblanadi. Mavjudlikning muvaqqat tuzilishi o‗zlikni
anglash va harakatning bosh omilidir.
Xaydegger o‗z ijodiy faoliyatining so‗nggi bosqichida til hamda texnika
ekspansiyasi natijasida hozirgi zamon inqirozi mavzulariga qo‗l uradi. U texnikaga
yangi Evropa tarixini harakatlantiruvchi kuch sifatida qaraydi. Texnika
mavjudlikni unga o‗z hukmini o‗tkazish uchun predmetga aylantiradi. Bu oxir-
oqibat shunga olib keladiki, insonning o‗zi ham texnikaga qaram bo‗lib qoladi,
predmetga aylanadi.
Xaydeggerning falsafiy g‗oyalari ko‗pgina mutafakkirlar tomonidan
rivojlantirilgan. Bu mutafakkirlar orasida Xaydeggerning
izdoshlari ham
(Gadamer), uni tanqid qiluvchilar ham bor. Mavjudlik tahlili metafizikani borliqni
uni moddiylashtirish, ko‗lamlashtirish orqali anglab etish sifatida rad etadi.
Metafizik fikrlash uslubining tanqidi zamirida uni fikrlash erkinligidan voz kechish
sifatida tasavvur qilish yotadi. Metafizik fikrlash uslubining tanqidchilari uni
mazkur fikrlash uslubining zamirida borliqni anglab etish, uning mazmun va
mohiyatini tushunish mumkin emas, degan g‗oya yotganligi uchun tanqid qiladilar.
Metafizika zamirida yotuvchi optik metafora bizni borliqqa yuzaki fenomen
sifatida yondashishga majbur qiladi. Bunda borliq narsa sifatida tushuniladi, uni
anglab
etish esa uning xossalari, muhim belgilari va shu kabilarni aniqlash orqali
amalga oshiriladi. Amalda borliq ko‗lamli ob‘ektga aylanadi. Ammo borliq narsa
emas. Xaydegger ilmiy tadqiqotning odatdagi tartib-taomillariga qarshi chiqadi, u
muayyan masalani qo‗yishda uning mazmunini teran anglab etish lozim, deb
hisoblaydi. Muloqotni imitatsiya qilar ekan, tadqiqotchi o‗z suhbatdoshi inson, boz
ustiga bilimdon inson emasligini unutmasligi kerak. Javobni savol bergan
odamning o‗zi izlashi lozim.
Xaydegger vaqtni anglab etish tajribasi yordamida borliqni anglab etishni
taklif qiladi. Bunda yuzaki tasavvur o‗rniga ichki kechinma birinchi darajali
ahamiyat kasb etadi.
Birinchi holda inson, uning ongi so‗zlaydi va amal qiladi.
Ikkinchi holda esa – dunyoning o‗zi so‗zlaydi va amal qiladi, narsalarning o‗zlari
qarshimizda gavdalanadi. Inson ongi, insonning o‗zi kabi, dunyoning teran
qatlamlaridan o‗rin olgan. Ammo ongda oqilona asosning rivojlanishi bilan u o‗zi
yaratgan stixiyaga qaram bo‗lib qolgan. Agar inson boy berilgan dunyo bilan
uyg‗unlikni tiklay olsa, u yana borliq ovozini eshitadi. Bu ovozni «borliq uyi»
bo‗lgan til orqali eshitish mumkin.
M.Xaydegger «fundamental ontologiyasi»ning o‗ziga xos xususiyati
shundan iboratki, unda falsafa va fan bir-biriga qarshi qo‗yiladi.
Xaydegger
o‗zining borliq va mavjudlik haqidagi ta‘limotida nafaqat hozirgi zamon
tabiatshunosligi ma‘lumotlariga tayanishga harakat qilmaydi, balki yangi Evropa
fani loyihasini bu narsalarni anglab etishga ojiz deb hisoblaydi. U «nusxa
ko‗chiruvchi fikrlash uslubi»ning epistemologik imkoniyatlariga bo‗lgan ishonchni
32
qattiq tanqid qiladi, ilmiy faoliyatni borliqning asl haqiqatini aniqlash yo‗lidagi
izlanishlar bilan birga amalga oshirish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Xaydegger falsafaning Platonga qadar bo‗lgan holatiga qaytishga, falsafa
kategoriyalari tizimini va umuman falsafiy mushohada
yuritish tamoyillarini
qaytadan o‗zgacha asoslarda shakllantirishga umid qiladi. Xaydegger odatdagi
tilga, u orqali esa – arxaik tilga murojaat etgani ayni shu hol bilan izohlanadi.
Xaydegger aynan arxaik tilda o‗zga obrazlar va ma‘nolarni aniqlashga, shu tariqa
borliqni, mavjudlikni anglab etishning yangicha yo‗llarini topishga umid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: