3. Me`yoriy xujjatlar deb qanday xujjatlarga aytiladi?
4.Xujjatlar aylanmasidagi mukammallik qanday ko’rsatgichlar yordamida
baholanadi?
5. ATKdagi birlamchi va ikkilamchi natijalar ulushi va tarkibini sanab bering?
6. ATK da yo’l varaqalarini qayta
ishlashda qanday umumlashmalar,
ma’lumotnomalar, hisobotlar shakllanadi?
7. Boshqarishni axborotlashtirishda zamonaviy qanday axborot tizimlari va
qoidalarga suyaniladi?
8. Ma’lumotlar kiritish qanday tartibda amalga oshiriladi?
9. ATKda axborot tizimini yaratishda qanday tavsiyalar beriladi?
10-Маъруза. Qarorni ishlab chiqishda va holatlarni baholashda Delfi, so’rov,
intervyu usullarini va o’xshatishli (imitatsiya) modellashtirish va
ishbilarmonlar o’yinini qo’llash
O’quv rejasi:
10.l. Delfi usuli - integratsion muolaja.
10.2. Uzatishli modellashtirishni qo’llash shartlari.
10.3. Model, o’xshatish tushunchalari.
10.4. Ishbilarmonlar o’yini.
10.1. Delfi usuli - integratsion muolaja
Delfi usuli-
bu har bir ekspertning fikrini qolgan ekspertlar tomonidan kritik
tahlil qilishga asoslangan integratsion usul bo’lib uni qo’llash tartibi quydagicha:
-rahbar har bir ekspert oldiga indvidual masala
va ularni fikrini oladi;
-ekspertlarning fikrlari (baholari) o’sish tartibida jadvalga joylashtiriladi;
-baholar shkalasida ekspertlar soni va baholar to’rtta teng qisimlarga
bo’linadi;
-har bir guruh a`zosiga indvidual holda ma`lumotlar beriladi va ma`umotlar
bo’yicha o’zining fikrini (bahosini) qayta ko’rib
chiqish taklif etiladi;
-ikkinchi turning natijalari va yangi qiymatlar barcha ekspertlarga xabar
beriladi.
Aytaylik 12 kishidan iborat ekspertlar guruhiga ma`lum bir tadbirning
bajarilishi davomiyligini baholash vazifasi qo’yilgan bo’lsin, masalan korxonani
rekonstruktsiyalash.
Yuqoridagi tartib bo’yicha quydagi ketma-ketlikda ish olib boriladi:
l.Rahbar har bir ekispertning oldiga ushbu masalani qo’yib
shaxsan ularni baxosini
oladi.
2. Ekspertlar baxosi o’sish tartibida joylashtiriladi.
3.Baxslash shkalasida Qi=12,5; Q2=M; Q
s
bunda ekspertlar va baholar soni teng
to’rt ulushga bo’linadi.
4. Guruxlarning har bir a’zosiga alohida holda quydagi ma`lumotlar havola
qilinadi: Qi=12,5; Q2=M=17; Q3=2,15 o’rni va baxolarini qayta ko’rib chiqish
taklif
qilinadi, shu bilan birgalikda agar yangi baxo Ql dan kichik yoki Q3 dan
katta bo’lsa, ekspertga o’z fikrini yozma ravishda asoslash taklif qilinadi.
5. Ikkinchi tur natijalar aniqlanadi: Q
I
, M, Q3 laming yangi qiymatlari aniqlanib
barcha ekspertlarga e`lon qilinadi. Qoidaga ko’ra 3-4 marta davom etadi, so’ngra
ekspertlarning
argumentlari takrorlanadi, baxolarning variatsiyasi esa
barqarorlashadi. Guruxning fikri sifatida yakunlovchi turning medianasi qabul
qilinadi, yani (Q2)3= M3.
Del`fi usulining aniqligi ekspertlar sonini va itegratsiyalar miqdori ko’payishi
bilan ortib boradi. Turlar va javoblar orasidagi vaqt oraligi ko’payishi bilan
qisqaradi. Ushbu metodning afzalligi - boshqariluvchan aloqa, ananimlik,
baxolash
imkoniyati, ekspert fikrlari matevatsiyasi. Usulning asosiy kamchiligi- birinchi
turdan keyingi itegratsiyalarda ekspertlarning baholariga ko’pchilik fikrining ta`sir
qilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: