O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti yerusti transport tizimlari


 ATKlarda texnika xizmatida qo’llaniladigan xujjatlar ularni turlari



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana25.06.2022
Hajmi1,12 Mb.
#701757
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
5c7e3ae89909f

9.3. ATKlarda texnika xizmatida qo’llaniladigan xujjatlar ularni turlari
va rasmiylashtirish tartibi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni axborotlashtirishda zamonaviy
axborot tizimlariga xos umumiy qoidalarga suyanish kerak.
Har qanday axborot tizimining asosi-ma`lumotlar bazasi(MB). Xodimlar bu
bazaga amaliy dasturlar paketi(ADP) yoki avtomatlashtirilgan ish o’rinlari (AlO)
orqali kiradilar. AlO bu- xodimning ish o’rniga joylashgan texnika va dasturlar
majmuasi bo’lib, avtomatlashtirilgan dialog rejimida boshqaruv vazifalaridan
ayrimlarini bajarish imkonini beradi. AlOlarini shartli ravishda Mbga ma`lumot


kirituvchi va Mbdan ma`lum chiqarib beruvchi toifalarga ajratish mumkin.
Ma`lumotlar kiritishni quydagicha kechadi:
1) Birlamchi xujjatlardan (texnik passport, yo’l varaqasi va b.);
2) ATK xodimlaridan (ta`mir uchun buyurtma, ehtiyot qismlarni olish uchun
talabnoma va b.);
3) Ob`ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalaridan (magnitli, shtrixli,
radiochastotali va. b.).
Agar birlamchi xujjat tashqaridagi korxonalarda vujudga kelsa (masalan,
avtomobilning texnik pasporti), ma`lumotlar komp`yuterga tayyor hujjatdan
kiritiladi. Agar xujjat ATKning o’zida vujudga kelsa (masalan, ta`mirlash
varaqasi), uni qo’l kuchi bilan shakllantirishga zarurat yo’q. Nosozlikning
xususiyati haqidagi ma`lumotlar komp`yuterga xodimning so’zi bilan kiritilishi
mumkin(mas. Xaydovchi), xujjat esa (zarurat bo’lsa) avtomatik tarzda shakllanadi
va qog’ozga chiqariladi. Agar axborotning mutlaq haqqoniyligi talab etisa,
ma`lumotlarni xodim orqali emas, qandaydir avtomatik usul bilan komp`yuterga
kiritishning texnik iloji bor. Bunda ob`ektlarni avtomatik identifikatsiyalash
vositalari ishga tushadi. Bunday paytda, hatto birlamchi hujjatga ham ehtiyoj
qolmadi, tizim avtomatik tarzda ma`lumotlar tayyorlanadi(mas. Yo’lga varaqasiz
chiqqan haydovchilar haqida ma`lumotlar). Tabiiyki, axborot tizimlarini yaratishda
ikkinchi yo’l uchunchi yo’lni tanlash kerak.
Axborotni Mbdan olish ikki usulda kechadi: l) korxona bo’linmalarining
faoliyati haqidagi hisobot (chiqariladigan) qog’ozlarni shakllantirish va monitor
ekraniga yoki qog’ozga chiqarish; 2) ekspert tizimi yordamida boshqaruvchi
qarorlarni olish.
Hisobot (chiqariladigan) qog’ozlarni shakllantirish, bu eng yengil, an`anaviy
yo’l, biroq xodimlar yetarlicha bilim va tajribaga ega bo’lishi kerak. Bu-ikkilamchi
xujjatlarni tahlil qilib, to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun kerak. Ekspert
tizimlardan foydalanish-dasturlar yaratish masalasida eng murakkab yo’l, biroq
qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy dalillanishi va optimalligi nuqtai nazaridan
eng samarali yo’l.
ATKda axborot tizimini yaratishda quydagilar tavsiya etiladi:
-ATK bo’linmalari o’rtasida axborot almashinuvi mahalliy komp`yuterlar
tarmog’i orqali;
-korxonaning barcha tuzilmasi va hujjatlar aylanmasini qayta ko’rib chiqish,
ya`ni birlamchi hujjatlarni iloji boricha kamaytirib, EHMda shakllantirish,
ikkilamchi va oraliq tashuvchilarni bekor qilish;
-MMAlarni joriy ma`lumotlardan ajratib olib, magnit tashuvchilarda saqlash;
-korxonaning hamma bo’linmalarida yagona MMAdan foydalanish; EHMga
birlamchi axborotni bir marta kiritib, xato ketish ehtimolligini nazorat etish;
- ATK bo’linmalari o’rtasida axborot almashinuvlarini kamaytirish maqsadida
masalalarni qayta taqsimlash;
-hamma axborot tizimchalari real vaqt rejimida ishlashi;
-tizimini yaratishda ma`lum bosqichlarga rioya qilish.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish