19
eksklyuzivi - Haute Couture. Bu buyumlarni kutyurlarning shaxsan ơzlari bu
yurtmaga kơra faqat yagona nushada tikishadi. Yuksak moda haftaliklari va pret-a-
porter moda haftaliklari har hil vaqtda ơtkazilishi jiddiy nazorat qilinadi.
Vaholanki, kollektsiyalarni bir hil Moda Uylari (Shanel, Dior, Jivanshi, Lakrua va
boshqalar.) taqdim qilayotgan bơlsa-da, ular bir-biriga aralashtirilmaydi. Haute
Couture namoyishlarida faqat boy-badavlat, dunyoga mashhur, 100 ming
dollardan ortiq baholanadigan libos sotib olish imkoniyatiga ega bơlgan kishilar
qatnashishi mumkin.
“Haute Couture”dan sơng “Couture” darajasidagi buyumlar keladi. Bu
Moda Uylari ham mijoz ơlchamlari asosida yagona nushada libos tikishadi,
ammo ular “Haute Couture” modalar uyining boshqa talablariga javob bera
olmaydilar, shuning uchun oddiy qilib “Couture” deb ataladi. Bu guruhga
kiritilgan libos tikuvchi-kutyurening individual ijodiy eskizlari asosida tikilib,
mijoz figurasida “ideal tarzda turadi”. Bunday libosning yarmini qơlda tikish
mumkin. U tikuvchi tomonidan yuqori sifatli, qimmatbaho matolardan odatda
buyurtmachining shaxsiy ơlchamlari asosida tikiladi. Bunday libosning ham buyu
rtmachi xohishiga qarab nushalari cheklangan bơladi.
Amerika va Yevropada Couture guruhidagi liboslarni badavlat, ta'minlangan
insonlar kiyishadi (bular yuqori darajadagi rahbarlar, siyosiy arboblar, mashhur
kishilar hamda modani qadrlovchi, ijodkor odamlardir). Ular bu darajada kơp
mablağni nima uchun sarflashganini juda yaxshi bilishadi. Couture tomonidan
professional darajada tayyorlangan libos omad yoki iqtidor, alohida ijtimoiy
maqomning ramzi bơlib, u uning egasi haqida ma'lumot berishi mumkin.
Ta'kidlash zarur, biz bu ơrinda vintaj kutyure haqida fikr yuritmayapmiz.
Couturedan sơng pret-a-porter de lux guruhiga xos liboslar keladi. Pret-a-porte
delyuks (pret-a-porterning fransuzchadan sơzma sơz tarjimasi – “kiyish uchun
tayyor” ma'nosini beradi) – yoqori sifatli buyumlardir.
Bu yuqori sifatli matolardan tikilgan va oz seriyada chiqarilgan libosdir. Bu
modellar modalar salonida yaratilmaydi. Oldin ular confection (tayyor kơylak)
deb atalgan; ularda joriy vaqtning modasi aniq kơzga tashlangan, chunki bu
dizayner fantaziyasi emas, balki “xalq ichiga kirishga” mơljallangan real modellar
bơlgan. Evropa va Amerikada pret-a-porter de lux guruhiga kiruvchi liboslarni
ơrta sinfning yaxshigina daromadlarga ega bơlgan vakillari kiyishadi, ya'ni
bular ơrta tabaqaga xos rahbarlar va ularning oila a'zolari. Bu liboslardagi
eksklyuzivlik faqat lyuks bozoriga xosdir. Ommaviy bozorda hech qanday
eksklyuzivlikka ơrin yơq. Lyuks guruhiga mansub modellarni deyarli
qalbakilashtirib bơlmaydi.
Pret-a-porter kollektsyalarida dizaynerlar
keng ommaviy
kiyishga
mơljallangan modellarni taqdim etadilar. Bu guruh kollektsiyalari ham ơzining
yuqori sifati bilan va aktual moda yangiliklarini ơzlarida aks ettirishi bilan alohida
e'tiborga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: