17
zamonaviy dunyoda nima moda ekanligini yoyish stixiyali bơlmay, balki
iqtisodiyotning muhim sohasiga aylandi(reklama va RR marketingning bir qismi
bơlib qoldi.)
Zamonaviy moda industriyasi faqatgina shakllanib bơlgan talablarga
asoslanmay, balki prognoz qilishga va rejalashtirishga asoslanadi. Kiyim
uslublarining ơzgarishlari u magazinlarda paydo bơlishidan olti oy oldin ma'lum
bơladi, ya'ni oldin ơtkazilgan moda namoyishlarida
ishtirok etgan jurnalist-
analitiklar kelguvsi mavsumning yangiliklari va tendentsiyalari haqida habar
bergan bơladilar. Bir vaqtning ơzida “shou-rum” (namoyishlar premyerasi)
davomida ham savdo kompaniyalari vakillari magazinlar uchun kollektsiyalarni
sotib olish buyurtmalarini beradilar. Tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilar buyu
rtmalarning tơliq paketini yiğib bơlganlaridan sơng kollektsiyalarni ommaviy
tirajda ishlab chiqara boshlaydilar.
Modadagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar ikki guruhga bơlinadilar:
tơğridan-tơğri ishlab chiqaruvchilarga va kontraktorlarga.
Tơğridan-tơğri ishlab chiqaruvchilar - bular shunday kompaniyalarki
(masalan,
AQShdagi Levi Strauss and Co, ular ơz shaxsiy markalarini yaratib,
modellar, kollektsiyalarni ishlab chiqishadi va sơngra ularni ơz shaxsiy
korxonalarida ishlab chiqarishadi. Bu tipdagi yirik kompaniyalar juda kam. Ơzlari
modellar yaratib va kollektsiyaning barchasini tơliq ishlab chiqaradigan bunday
kompaniyalar chegaranlangan assortimentdagi mahsulotlarni kam seriya da va
unchalik katta bơlmagan tirajda ishlab chiqarishadi. Libos va aksessuarlarni
ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarning kơpchiligi ơz kuchlarini faqat kiyim yangi
modellarini yaratishga sarflashni ma'qul kơradilar.
Tayyor mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan ijrochi korxonalar kontraktorlar shuğullanadilar. Agar kiyim
modelini yaratish bilan asosan AQSh va Ğarbiy Evropa mutahassislari
shuğullanishsa, uni tayyorlash esa ishchi kuchi arzon bơlgan “uchinchi dunyo”
mamlakatlarida amalga oshiriladi. Xattoki
Rossiyada ham kiyim ishlab
chiqaruvchi taniqli brendlar 80% buyurtmalarini xorijiy kontraktorlarga
topshirishadi (asosan Janubiy-Sharqiy Osiyodagilarga).
Yangi modellarni ơylab topish va ularni ishlab
chiqarishdan olinadigan
foydadan tashqari kompaniyalar litsenziya sotish yơli bilan ham yaxshi
daromad olishlari mumkin. Bunday litsenziyalar raqobatbardosh bơlmagan
mahsulotlarni taniqli brendning logotipi ostida yaxshiroq sotilishiga yordam
beradi. Moda industiriyasida litsenzion biznesning asoschilaridan bơlib Pierre
Carden hisoblanadi.
Moda biznesi
mahsulotlar
bahosining
ularning
ob’ektiv iste'mol
bahosidan katta farqi borligi bilan xarakterlanadi.
Brendning
qiymati
iste'molchilar ongida mavjud bơladi va omadli reklama kampaniyasi natijasida
har qanday mahsulotni muhim iste'molchilik xususiyatiga ega bơlgan
mahsulotga aylantirish mumkin bơladi. Shuning
uchun moda mahsulotlari
harajatining katta qismi reklama va RR larga tơğri keladi. Ayniqsa, bu holat
yuqori sifatli matolardan mijozning personal buyurtmasiga kơra libos va
aksessuarlar tayyorlashda namoyon bơladi.
Bunday mahsulotlarni sotib oluvchilar bozori katta emas, chunki hayot
18
tarzini demokratiyalashtirilishi “aslzodalar” sonining keskin qisqarishiga sabab
bơldi. Agar XX asrning ơrtalarida ơta yuqori narhdagi ơziga xos modellarni buyu
rtma qilayotgan mijozlarning soni 15 mingta bơlgan bơlsa, bizning asrimizga kelib
ularning soni 2 mingga tushib ketdi.
Hozirgi kunda
kutyuryelar
ơz
kollektsiyalarini foyda olish maqsadida emas, balki brend imidjini saqlab qolish
maqsadida yaratishmoqda. Modalar uylarining kutyur mahsulotlari Chanel
Haute Couture, Christian Dior, Haute Couture kabi) boshqa yanada utilitar
modellarni reklamasiga aylanib qolishdi. Bu modellarning namoyishi bir yilda ikki
marta ơtkaziladi (bahorgi/yozgi
modellar yanvarda, kuzgi/qishki modellar iyulda
namoyish qilinadi).
Moda kiyim ishlab chiqaruvchilari asosiy foydani pret-a-porter (“tayyor
libos”) kollektsiyalarini ishlab chiqarishdan olishadi. Ular uncha qimmat bơlmagan
narhlarda ommaviy tirajlarda magazinlarda sotish uchun ishlab chiqariladi. Ushbu
kollektsiyadagi kiyimlar ikki kategoriyaga bơlinadi: pret-a-porter de lux guruhiga
xos modellar. Ular qimmatbaho hisoblanadi. Bu guruhdagi modellar dizayner
nomini oladilar va bunday kiyim modellari kompaniyalarning shaxsiy mono-
butiklarida sotiladi (Gucci, Prada, Armani, Versace, Cavalli, Christian Dior va b.).
Ikkinchi guruh bu oddiy pret-a-porter guruhidir. Bu guruh kiyim modellari
markalarida dizayner nomlari
keltirilishi shart emas, bunday mahsulotlarning
kơp qismi multi-brend butiklarida sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: