3. “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida
ushbu qarorga ko‘rsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini
jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilsin.
4. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning,
shaxsiy
quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan tashkilotlardan
tashqari (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), tashkilotlarning o‘z
quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan tashkilotlar bundan
mustasno (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), bankrotligi, tugatilishi,
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar
bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar “O‘zmetkombinat” AJ
va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga erkin (shartnomaviy) narxda
topshirilishi kerak.2019-yil 1-iyundan boshlab elektrotexnika sanoati
tashkilotlariga:mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan rangli metall parchalari va chiqindilarini o‘z
ishlab chiqarish quvvatlarida yoki tegishli rangli metallar
ishlab chiqaruvchi
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlagan
holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berilsin;rangli metall parchalari
va chiqindilarini topshirish prognoz ko‘rsatkichlari belgilanmaydi. Rangli
metallurgiya 30-yillarda mahalliy mineral xom ashyo resurslari zamirida
sanoatning alohida tarmog'i tarzida shakllandi. Respublikamiz hududi rangli
metall xom ashyolariga juda boy. Bir qancha rangli metall zahiralari bo'yicha
O'zbekiston MDHdagina emas, balki jahonda oldingi o'rinlarda turadi.
Masalan, u oltin zahiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda,
uni qazib olish
bo'yicha 7-o'rinda turadi. Mis, uran zahiralari bo'yicha dunyoning oldingi
o'nlik mamlakatlari qatoridan o'rin olgan. Bu yerdagi rangli rudalar tarkibida
rux, qo'rg'oshin, kumush, molibden, volfram, kadmiy, indiy, tellur, selen,
reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ko'pdir. Rangli va nodir metallning
yirik zahiralari Markaziy Qizilqum, Janubiy Tyanshyan', Chotqol-Qurama,
Nurota, Molg'uzor, Janubiy Farg'ona mintaqalarida joylashgan.
Topilgan
konlarni sanoat miqyosida o'zlashtirish yo'lga qo'yilmoqda. Shuning uchun
ham endilikda O'zbekiston rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha jahonda
oldingi
o'rinlardan
birini
egallamoqda.
Oltin qazib olish sanoati. O'zbekistonda birmuncha oldin mazkur sanoatning
tarmog'i shakllangan bo'lsa ham, u o'zga regionlarga xizmat qilar edi. Faqat
mustaqillik natijasida oltin sanoatida rivojlanish ning yangi bosqichiga
qadam
qo'yildi.
Mamlakatda olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida kattagina oltin
zahiralariga boy bo'lgan
Muruntov, Olmaliq, Marjonbuloq, Chormitan,
Kuchbuloq, Kauldi, Chodak, Kizilolmalisoy, g'o'zaksoy, Qoraqo'ton,
Pirmirob kabi 30 dan ortiq oltin konlari topilib, ularning bir qismi sanoatda
ishlatilmoqda. Markaziy Qizilqumdagi Muruntov
oltin konining butun
dunyoga dong'i ketgan.Mamlakatimizda oltin sanoatini rivojlantirishga
alohida e'tibor berilmoqda, bu ishga chet el investisiyalari, mutaxassislari,
texnika va texnologiyalari jalb qilinmoqda, qator
tashkiliy ishlar amalga
oshirilmoqda. 1992 yili «O'zbekoltin» birlashmasi negizida endilikda
O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar davlat qo'mitasi tashkil
etildi va u 1994 yilda O'zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish
korxonalari uyushmasi («O'zolmosoltin»)ga aylantirilgan. «O'zolmosoltin»
uyushmasi (Toshkent shahri) va uning boshqaruvi Navoiy shahrida bo'lgan
«Qizilqumkamyobmetal-loltin» konserni (1991 yildan) faoliyat ko'rsatmoqda.
«O'zolmosoltin» tarkibida Angren (Angren shahrida), Marjonbuloq (Jizzax
viloyati), Chodak (Namangan viloyati), Kauldi {Toshkent viloyati), Zarmitan
(Samarqand viloyati) oltin qazib olish konlari, shuningdek, «Qizilqum»
(Toshkent), «Zarnisa» (Angren) oltin izlovchilar artellari, O'rta Osiyo rangli
metallar ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti (Toshkent), «Olmos»
olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati, Burchmulla)
va boshqa oltin
qazib
olish
sanoati
bilan
bog'liq
tashkilotlar
bor.
Mamlakat
oltin
qazib
olish
sanoatining
ikkinchi
yirik
markazi
«Qizilqumkamyobmetalloltin» konsernining bosh korxonasi - Navoiy
konmetallurgiya kombinatidir. Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining
durdonasi hisoblanadi. U dastlab 1958 yilda Muruntov va Qizilqumning
boshqa sochma oltin konlarini ishga tushirish maqsadida qurilgan. Uning
asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq
shaharlarida joylashgan. Mazkur shaharlarda yangi quvvatlarni ishga
tushirish va shu orqali oltin qazib olish sanoatining quvvatini oshirib borish
yil sayin jadallashmoqda. Shuning ham O'zbekistonning jahon oltin sanoatida
mavqei oshib bormoqda. 1991 yilda O'zbekiston
jahonda oltin qazib olish
bo'yicha sakkizinchi o'rinda °Ulgan bo'lsa, endilikda u yettinchi o'ringa
chiqib oldi.