Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Metallurgiya sanoatining rangdor va qora metallarning asosiy



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana24.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#700409
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja mustaqiln ish1 (2)

1.Metallurgiya sanoatining rangdor va qora metallarning asosiy 
tarmoqlari. 
Rangli metallurgiya
— metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. 
Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho 
metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini 
tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan 
buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho 
metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, 
qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli 
metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. 
Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish 
zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.Boshqa foydali 
qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam 
boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda 
qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha 
tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy 
elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, 
molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, 
kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan 
qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham 
uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali 
flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.Oʻzbekistonda 
Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-
asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho 
metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va 
boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat
Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, 
Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin


Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va 
boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada 
Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish 
boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari 
orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi . 
Mis, qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq 
konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, 
Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi 
tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. 
Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi 
Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt 
Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden 
(1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib 
olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956-yil 
olingan, 1957-yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt 
mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash 
sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996-yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula 
qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 
60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun 
qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy 
parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan 
Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi 
shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan 
qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga 
chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. 
Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar 
metallurgiyasi ham rivojlanmokda.. 



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish