65
Debet
201
Kredit
Debet
230
Kredit
Aktivlarning
chiqib
ketishidan
xarajatlar
Aktivlarning
chiqib ketishidan
daromadlar
Xarajatlarning
yakuniy
moliyaviy
natijaga hisobdan
chiqarilishi yoki
xarajatlarni
hisobga
oluvchi
tranzit
schyotlarning
yopilishi
Daromadlarning
yakuniy
moliyaviy
natijaga
hisobdan
chiqarilishi
yoki
daromadlarni
hisobga
oluvchi
tranzit schyotlarning
yopilishi
8-chizma. Tranzit schyotlar xususiyatlari.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki,
kontr-aktiv schyotlar
xususiyati
xuddi passiv
schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir.
Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo‘lsak, ular daromadlarni hisobga olish
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa–xuddi passiv schyot kabi talqin etiladi. Agarda
xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlar bo‘lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi.
Tranzit schyotlar tarkibida bo‘lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati umuman
boshqacha,
ularni
8-chizmada
ko‘rishimiz
mumkin:
Buxgalteriya
hisobi
schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida
yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib
keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama
yozuv usuli qo‘llaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv
shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik
operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni
vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi.
Chunki
xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega
va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
66
1494 yilda Italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab
bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lot. tractatus –
muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda
aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi
o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa
schyotlar korrespondentsiyasi
deyiladi. Bu korrespondentsiya
qatnashuvchi
schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv
buxgalteriya
provodka(o‘tkazma)si
deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab
bo‘ladi.
Oddiy
buxgalteriya
provodka(o‘tkazma)si
deb, ma’lum bir xo‘jalik
operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks
ettirilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: