91
Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga, meh -
nat tartibiga bo‘ysungan xodimlarga har xil turdagi
rag‘batlantirishlar qo‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar
qatori-
da davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun
davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa shartnomasi,
kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatil-
ganlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-
moddasiga binoan
«xodimga mehnat intizomini buzganligi
uchun»
ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini
qo‘llashga haqli:
1. Xayfsan.
2. O‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz
foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi
qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari
ham nazarda tutilishi mumkin.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida
xo dimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta inti-
zomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniq
-
langandan keyin, ammo bu
xatti-harakat aniqlangandan
boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini
hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab
olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish
etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir
etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni
qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha
ish yuritilgan davr
bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (far mo -
yish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Respublika Mehnat Qonunlarida mehnat shartno-
masi taraflarining moddiy javobgarlik asoslari ko‘rsatil-
gan. Xodimga yetkazilgan zarar: ma’naviy (jismoniy yoki
V b o b. Mehnat huquqi asoslari
92
Huquqshunoslik
ruhiy azob
lar), xodimning mehnat qilish imkoniya
tidan
g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish, xodimning sog‘li -
g‘i ga yetkazilgan zarar, mol-mulkiga yetkazilgan zarar
tur la ri da bo‘lishi mumkin.
Ish be
ruv chiga yetka
zilgan
zarar lar asosan moddiy — mol-mulkiga nisbatan bo‘lib,
u kamay
gan yoki yomon holatga kelganligi sababli,
xodim bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish
beruv chi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi
natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javob-
gar bo‘ladi.
Zarar yetkazgan taraflar yetkazilgan zararning og‘ir
oqibatiga, hajmiga, qonunda ko‘rsatilgan boshqa asos
-
lariga ko‘ra zararni to‘la qoplash,
zararni undirishdan
voz kechish, qisman zararni qoplashga majbur bo‘ladilar.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talabla riga
javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi ke -
rak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini
tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni
mehnat
sharoitlari to‘g‘risida,
shu jumladan,
kasb kasalliklari
va
boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli,
shu bilan bog‘liq
holda
unga beriladigan
imtiyoz
va
kompensatsiyalar,
shuning dek,
shaxsiy himoya vositalari
haqida xabardor qi -
lishi kerak.
Demak, xodim mehnat shartnomasini tuzish jara yo -
nida uning mehnati muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan tanishgan bo‘lishi lozim. Muho
faza
turiga
tibbiy ko‘rikdan vaqti-vaqti bilan o‘tib tu
rish, sut,
davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r
suv, shaxsiy
himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlanish va
boshqalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: