70
Huquqshunoslik
bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to‘la
nishi lo
-
zim.
Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish
yoxud uni ushlash va tegishli
organlarga olib borish
sababli yetkazilgan zarar to‘lanmaydi.
Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar
yetkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tah-
did solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat ho-
latida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda
boshqa vositalar bilan bartaraf eti lishi mumkin bo‘lmasa,
zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim
(Fuqarolik Kodeksi, 988-modda).
Yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi (xizmat,
lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtda yetkazil-
gan zararni qoplaydi.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqa rish
organlarining yoki bu organlar mansabdor shaxs
lari ning
qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida, shu
jumladan, davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari tomonidan qonun hujjat
lariga mos
kelmaydigan hujjatlar chiqarilishi natijasida fuqaroga
yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor
shaxslar ning aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida
qop lanishi lozim.
Qonunga
xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof
tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi si
-
fatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda
bo‘ lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llash,
qamoq tariqasida ma’muriy jazoni qonunga xilof
tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar
surish tiruv, dastlabki tergov,
prokuratura organlari va
sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qo-
nunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘la
to‘lanadi.
O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan (ki chik
yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning
ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar
71
zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay ol-
masalar, javobgar bo‘ladilar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vo -
yaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy
asoslarda mustaqil javobgar bo‘ladilar.
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-
onaga ularning voyaga yetmagan bolalari tomonidan
ota-onasi o‘z huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin
uch yil ichida
sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan xulq-atvori ular bolani
tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada
bajarmaganliklarining oqibati bo‘lsa, javobgarlikni yuk-
lashi mumkin.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan
zararni uning vasiysi yoki uning ustidan nazoratni amalga
oshi rishi shart bo‘lgan
tashkilot, agar zarar ularning aybi
bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to‘laydi.
Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘di -
radigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilot-
lari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari
-
ning egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbayi yetkaz-
gan zararni, agar zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch
yoki jabrlanuvchining qasddan
qilgan harakati oqibatida
yuzaga kelganini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.
Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun
uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va un-
dan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: