83
ta‘minot xarajatlari belgilangan byudjet me‘yoridan
oshib ketsa
moliyaviy hisobotlarga qo‗yiladigan talablar ortadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta‘minot tizimi hisobotini ta‘minlashda
mas‘uliyatlarning taqsimlanishini aniqlash ko‗pqirrali, murakkab jarayon
hisoblanadi. Ushbu holat ko‗p bosqichli boshqaruv tizimlarida,
jumladan, davlat ijtimoiy xizmatlarining bir qismi mahalliy boshqaruv
organlari zimmasiga yuklatilgan sharoitlarda yanada murakkablashadi.
Uchinchidan, davlatning ijtimoiy ta‘minot xizmati idoralari kimlar
oldida mas‘ul hisoblanadi. Aholi davlat ijtimoiy ta‘minot xizmatlari bilan
soliq to‗lovchi, ijtimoiy xizmatlar iste‘molchisi, ijtimoiy xizmatlarning
potensial iste‘molchisi yoki iste‘molchilarning qarindoshi,
xodimlar va
biznes-operatorlar, jamiyat a‘zolari sifatida duch kelishi mumkin.
Ularning manfaatlari xizmatlar ko‗rsatish va xizmatlar qiymati nuqtai
nazaridan tubdan farq qilishi mumkin. Iste‘molchilarning ijtimoiy
xizmatlarga bo‗lgan munosabati millati, jinsi, yoshi, sog‗lig‗i yoki
nogironligi darajasiga ko‗ra tabaqalashgan bo‗ladi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimi hisobotini tuzish jarayonida quyidagi
bosqichlar muhim ahamiyatga ega: mas‘ul shaxslar (rasmiy yoki
normasmiy) o‗z majburiyatlarini aniq bilishlari lozim;
hamma
ma‘lumotlar aniq va tekshirilishi mumkin bo‗lishi zarur; hisobot
tuzilayotganda unga kiritilayotgan ma‘lumotlar hisobotga tegishli
tuzatishlar (demokratik mexanizmlar, jarimalar, intizom choralari)
kiritish imkonini berishi lozim .
Ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini tuzishning quyidagi mexanizmi
dastaklarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
demokratik – ijtimoiy ta‘minot tizimining faoliyatini boshqarish
va nazorat qilishda saylov organlarining o‗rni.
Jumladan, Buyuk
Britaniyada mahalliy boshqaruv organlarining ijtimoiy ta‘minot tizimini
nazorat qilishdagi vazifalari kuchaytirildi;
huquqiy - sudlar ijtimoiy ta‘minot xizmatlari qonunchilikka zid
kelgan hollarda ijtimoiy xizmat turlarini ko‗rsatuvchi organlarni qonun
doirasida javobgarlikka tortish mumkin.
tartibga solish, audit va inspeksiya – ijtimoiy ta‘minot tizimi
hisobotini tuzish va tekshirishning ushbu mexanizmi dastaklari ijtimoiy
xizmatlarning ko‗pchilik qismi davlat
sektoridan xususiy sektorga
o‗tkazilganda muhim ahamiyat kasb etadi. Tartibga solish, audit
o‗tkazish va inspeksiya mexanizmi dastaklari rolini ortib borishi
―me‘yoriy davlat‖ yoki ―auditning portlashi‖ sifatida qayd etiladi.
Tartibga solish ijtimoiy xizmatlarga qo‗yiladigan qoidalar yoki
84
standartlarga nisbatan talablarni ifodalaydi. Inspeksiya tartibga solish
bilan
birgalikda olib boriladi
va inspektorlar standartlarning
bajarilayotganligini tekshirish uchun tayinlanadi. Davlat ijtimoiy
ta‘minot organlarining faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish va
baholash amaliyoti audit, deb yuritiladi. An‘anaviy tarzda audit asosan
moliyaviy faoliyatga tegishli bo‗lib, auditning vazifasi davlat
tashkilotlari ko‗rsatayotgan ijtimoiy xizmatlarning ―qiymati va sifati‖
o‗rtasidagi nisbatni tekshirish hisobiga kengaytirildi;
- kasbiy – ijtimoiy ta‘minot sohasida band bo‗lgan (shifokorlar,
o‗qituvchilar,
tibbiyot hamshiralari, ijtimoiy xizmatchilar) kasb egalari
uchun kasbiy standartlarga javob berish talablari bo‗yicha hisobot
berilishi lozim;
- bozor – ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyatining hisobot shakli
bo‗lishi mumkin emas, ammo autsorsing va davlat ijtimoiy xizmatlarini
isloh etish bozor munosabatlariga tayanganligi bois bozor ham hisobotni
tekshirish mexanizmi dastaklari shaklida qaralishi mumkin. Bozor
sharoitida ijtimoiy xizmatlar iste‘molchisini tanlashda, sog‗liqni saqlash,
ta‘lim xizmatlari va boshqa ijtimoiy ta‘minot sohasiga oid axborot va
ma‘lumotlarga tayaniladi. Ijtimoiy sohani tartibga solish, audit qilish va
tekshirish bilan bog‗liq axborotlar iste‘molchilar
uchun zarur bozor
axborotlaridan farq qilishi mumkin.
Ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyati hisobotini tayyorlash ijobiy jihatlari
bilan bir vaqtda muayyan kamchiliklarga ham ega. Jumladan, hisobotni
tayyorlash mexanizmi ko‗p xarajatlarni talab etadi. Davlat mablag‗lari
hisobot, audit, inspeksiya, sudlar va ombudsmen xizmati kabilarga
sarflanadi. Shuning uchun ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini tuzish va
uni baholashda kutilayotgan xarajatlarni hisobga olish zarur bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: