ko‗rilmoqda. Xususan, Tezkor shtablar faoliyati sabab 17-18
mart kunlari ana
shunday charter reyslar Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Misrdan
amalga oshirildi.
Ularda 650ga yaqin O‗zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilib, karantin uchun
maxsus tibbiy muassasalarga joylashtirildi.
– Rossiyada ham koronavirus bilan bog‗liq vaziyat dolzarb bo‗lib bormoqda,
– deydi O‗zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda
va muxtor elchisi Bоtirjon
Asadov. – Shu bois fuqarolarimiz murojaati asosida ularni O‗zbekistonga
yetkazish maqsadida 17 mart kuni ilk charter reysni amalga oshirdik. Ayni paytda
Rossiya hukumati bilan mamlakatning boshqa mintaqalaridan ham ana shunday
aviaqatnovlarni
tashkil
qilish bo‗yicha muzokaralar olib borilmoqda.
“Vahimaning o„zi yarim kasallikdir”
Buyuk alloma Ibn Sino o‗z umrini insonlar hayotini asrashga, kasalliklarni
davolashga bag‗ishlar ekan, quyidagi jihatni alohida qayd etgandi: ―Vahimaning
o‗zi yarim kasallikdir‖.
Bugun mamlakatimizda ushbu kasallik bilan bog‗liq turli mish-mish va
yolg‗on xabarlar tarqatish holatlari ham kuzatilmoqda.
Bunday xabarlarda
keltirilgan ma‘lumotlarning aksariyati asossiz bo‗lib, aholi o‗rtasida o‗rinsiz
tashvishga sabab bo‗lmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati
xabarida qayd etiladi.
―Bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlarda yolg‗on xabarlar tarqatish orqali
vahima uyg‗otayotgan 33 ta akkaunt aniqlangan. Ulardan 25 tasi xorijiy
mamlakatlar foydalanuvchilari, 8 tasi esa O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga
tegishli. Ayni paytda ular shaxsini aniqlash maqsadida
tergovoldi surishtiruv
ishlari olib borilmoqda‖, deyiladi vazirlik manbasida.
Afsuski, bunday noxush holatlar xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ham
tarqatilmoqda. Jumladan, ayrim ommaviy axborot vositalarida 16 mart kuni
Rossiya oliy ta‘lim muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini
olish maqsadida o‗zbekistonlik yoshlarning talabalar
turar joylaridan chiqarib
yuborilayotgani
haqida
xabar
tarqaldi.
Mazkur ma‘lumotlar bo‗yicha
O‗zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi quyidagilarni ma‘lum qildi:
―Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlari tomonidan mamlakat oliy ta‘lim
muassasalarida tahsil olayotgan o‗zbekistonlik talabalarga nisbatan ularning
yashashi yoki mamlakat hududida bo‗lishini cheklash bo‗yicha qaror qabul
qilinmagan. Ta‘lim muassasalari rektorlariga Rossiya Fan va oliy ta‘lim
vazirligidan ushbu mazmundagi tavsiyalar yoki ko‗rsatmalar ham berilmagan‖.
Yana bir shunday xabar Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib
borayotgan vatandoshimiz hayoti bilan bog‗liq. Internet tarmoqlarida tarqatilgan
xabarlarda O‗zbekiston fuqarosining Koreya Respublikasida
koronavirusga
chalingani haqida so‗z boradi.
– Mamlakatimiz fuqarosining Janubiy Koreyada koronavirusga chalingani
bo‗yicha xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Tegu shahridagi tegishli tibbiyot
muassasasi ko‗magida vatandoshimiz bilan bog‗landik, – deydi mamlakatimizning
Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen. –
Vatandoshimiz ―Xanshin Tuksu Kagun‖ fabrikasining ikki nafar xodimi
koronavirusga chalingani tufayli ehtiyot chorasi sifatida boshqa ishchilar qatorida
shifoxonaga yotqizilgan ekan. Ayni paytda uning salomatligi bilan bog‗liq
muammo yo‗q. Takroriy tibbiy ko‗rikdan so‗ng uyga ruxsat beriladi.
Bu kabi sarosima uyg‗otuvchi ma‘lumotlarga chek qo‗yish
maqsadida chet
eldagi vakolatxonalarimiz rahbarlarining xorijda bo‗lib turgan O‗zbekiston
fuqarolariga murojaat yo‗llash amaliyoti joriy qilindi.
Shuningdek, xorijiy mamlakatlar ham O‗zbekiston fuqarolari hayotini himoya
qilishda mamlakatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Masalan, Koreya Respublikasi o‗z hududida bo‗lib turgan chet el davlatlari
fuqarolari qatorida o‗zbekistonliklar uchun ham zarur holatlarda bepul asosda
tibbiy yordam olish imkonini taqdim etmoqda.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi va Immigratsiya xizmati bilan olib borilgan
muzokaralar natijasida ushbu mamlakatda bo‗lib turgan fuqarolarimizning amal
qilish muddati tugayotgan vizalari muddatini 30 kunga uzaytirish bo‗yicha
kelishuvga erishildi.
Rossiya rasmiy idoralari bilan muzokaralar natijasida ushbu davlatda qonunan
bo‗lib turgan o‗zbekistonliklar uchun qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan,
O‗zbekiston fuqarolari qanday maqsadda kelganidan qat‘i nazar
ushbu mamlakatda
bo‗lish muddatini 90 kunga cho‗zishi mumkin bo‗ladi.
Bunday kelishuvlarga boshqa mamlakatlar bilan ham erishilmoqda.
Ammo shunday sharoitda ham xorijdagi ayrim yurtdoshlarimiz orasida
sarosima va vahimaga tushish holatlari kuzatilib, vatanga qaytish taraddudida
bo‗lganlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa chin ma‘noda birinchi yordamga
muhtoj, vatanga shoshilinch qaytishga zarurat sezayotganlarni qiyin ahvolga tushib
qolishiga sabab bo‗lmoqda.
Shu ma‘noda chet elda vaqtincha bo‗lib turgan
vatandoshlarimiz yurtga
qaytish haqida qaror qabul qilayotganda, barcha shart-sharoitlari, imkoniyatlari va
ehtiyoji darajasini hisobga olgan holda yondashsa, maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: