kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-
karantin punktida qat‘iy nazorat o‗rnatildi. Ushbu vaqt mobaynida nafaqat
mamlakat ichida, balki xorijda bo‗lib turgan fuqarolarimiz hayotini ishonchli
himoya qilish ishlari ham tizimli yo‗lga qo‗yildi.
Dastlab, Xitoydagi vaziyat sabab ushbu mamlakatdagi elchixonamizda
Tezkor shtab tuzildi va fuqarolarimiz bilan doimiy aloqa o‗rnatildi. Hamkor
mamlakat bilan olib borilgan birgalikdagi amaliyot natijasida karantin hududida
qolib ketgan o‗zbekistonliklar maxsus charter reyslarda vatanga qaytarildi va 14
kunlik tibbiy nazoratga olindi.
―Shunday og‗ir vaziyatda farzandlarimizning Vatanga qaytarilishini tashkil
qilgan yurtboshimiz, hukumatimiz, Xitoyda turib jigargo‗shalarimiz holidan xabar
olgan elchixona vakillariga o‗z minnatdorligimni bildiraman‖, deya qayd etgan edi
Xitoyda tahsil olayotgan o‗zbekistonlik talabaning onasi.
Tezkor shtab va ko„mak guruhlari: kunu tun fuqarolar bilan aloqada
Virus tarqalish geografiyasi kengayib borgani sabab barcha xorijdagi
diplomatik vakolatxonalarimizda ham Tezkor shtablar tuzila boshlandi. Ana
shunday ilk tezkor ko‗mak guruhlari faoliyati haqida so‗z borganda,
O‗zbekistonning Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Erondagi vakolatxonalari
huzurida ochilgan shtablarni qayd etish mumkin. Dunyo miqyosida eng ko‗p virus
tarqalgan hudud sifatida baholangan ushbu davlatlardagi elchixonalarimiz
tomonidan fuqarolarimizning 5 mingdan ortiq savoliga javob qaytarilib, ularni
qiynab kelayotgan muammolarga yechim topildi. Yaponiyadagi elchixonamiz
tomonidan O‗zbekiston fuqarolari uchun bepul asosda tibbiy niqoblar tarqatilishi
yo‗lga qo‗yildi.
Joriy yil 16 martdan boshlab O‗zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi 35
ta elchixona va 17 Bosh konsulxonamizda vatandoshlar murojaatlariga zudlik bilan
javob berish uchun tunu kun ishlaydigan Tezkor shtablar faoliyati yo‗lga qo‗yildi.
Ular ishini samarali tashkil etish maqsadida fuqarolarga masofadan turib ko‗mak
berish imkoniyati yaratildi. Ya‘ni ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruhlar tuzildi,
internet resurslarida murojaatlarni qabul qilish bo‗yicha elektron manzillar ochilib,
yagona qo‗ng‗iroq markazi (Call-center) – 1164 ishga tushirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tezkor shtabi ma‘lumotiga
ko‗ra, dastlabki ikki kun davomida ―Call-center‖ga 2 mingdan ortiq fuqaro
murojaat qildi, Telegram messenjeri orqali o‗z savoliga javob olganlar 3 ming
nafarga yetdi.
Elchixonalar qoshida tuzilgan shtablarga kelib tushayotgan murojaatlar
asosan fuqarolarning vatanga qaytishda yordam ko‗rsatish masalasida bo‗lmoqda.
Qayd etish joiz, koronavirus epidemiyasi sabab aksar davlatlar xorijiy
mamlakatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‗l qatnovlarini vaqtincha
bekor qilishga qaror qilmoqda, o‗z chegaralarini birin-ketin yopmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: