Nazorat uchun savollar
1.
Kesib ishlanuvchanlikka ta’rif bering.
2.
Yog’och materiallarning kesib ishlashni o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
3.
Yog’och materiallarni ko’ndalang, parallel va tangensial yo’nalishda kesib
ishlashni tushuntiring.
4.
Qotishmalar
tarkibidagi
kimyoviy
elementlarning
material
kesib
ishlanuvchanligiga tahsiri qanday?
5.
Kesib ishlanuvchanlikni aniqlash usullarini tushuntiring.
6.
Kesishga qarshilik ko’rsatuvchi solishtirma kuch to’g’risida ma’lumot bering.
6-§.
Kesib ishlangan yuza sifati
.
Yo’nilgan yuzaning tozaligi
Yo’nalgan yuzaning tozaligi detallarniig mashina va mexanizmlarda ishlash
23
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 623-627 pg
63
muddatiii oshirishda katta ahamiyatga ega. YUza sifatini oshiradigan shartlardan
biri g’adir-budirlikdir. G’adir-budirlik /mikrogeometriya/ deganda detallarning
yo’nilgan yuzalaridagi nihoyatda kichik kadamli taroqchalar tarzidagi notekislik
tushunilishi kerak.
Detal yuzasining yordamchi harakat yo’nalishida joylashgan notekisliklar
profillari ko’ndalang g’adir-budirliklar deb ataladi va keskich uchining profilini
aks ettiruvchi chikiklar va botiqlar shaklida bo’ladi
24
.
Detal yuzasida asosiy harakat yo’nalishida joilashgan notekisliklar bo’ylama
g’adir-budirliklar deb ataladi. Amalda ko’ndalang g’adir-budirliklarni o’lchash
byalan kifoyalaniladi. GOST 2789-59 da yuzainng gadir-budirligiga qarab tozalik
sinflari belgilangan, unga ko’ra, yuza tozaligini belgilovchi quyidagi belgi va
terminlar joriy qilingan.
Notekislnklar qadami: ikki harakterli chiqiq yoki botiqliqlar
orasidagi masofa.
Baza uzunligi l yuza tozaligini aniqlash uchun tanlab olingan masofa.
Profilning o’rta chizig’i – mm gsometrik profil shaklida bo’lgan va g’adir-
budirlikning son qiymatlarini aniqlash uchun baza vazifasini o’taydigan chizik.
Baza uzunligi chegarasida profilning o’rta chizig’i uni shunday bo’ladiki,
profilning ana shu chizig’idan ikkala tomonidagi maydonchalar bir-biriga teng
bo’ladi.
18-rasm. Baza uzunligi.
Profilning o’rtacha arifmetik chetga chikishi Ra-o’lchangan profil
nuqtalarining shu profil o’rta chizig’igacha bo’lgan y1, u2, u3 ... un oraliqlarning
24
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 575-576 pg
64
o’rtacha qiymati. O’rta chiziqqacha bo’lgan oralik algebraik ishorasi hisobga
olinmagan holda qo’shiladi.
Notekisliklar balandligi Rz - baza uzunligi chegarasida chiqiklarning beshta eng
yuqori nuqtasi bilan botiqlarning beshta eng past nuqtasi orasida o’rta chiziqqa
parallel bo’lgan chizig’idan o’lchangan o’rtacha masofa
25
.
19-rasm. Notekisliklar balandligi.
YUzaning g’adir-budirdigi GOST 2789-59 ga ko’ra Ra va Rz lar makdorlari
bilan aniqlanadi.
GOST 2789-59 da yuza tozaliganing 14 ta sinfi belgilangan.
Amalda yuza tozaliklarini etalonga solishtirish yoki Ra va Rz miqdorlarini
profilograf, prifilometr hamda qo’sh interferension mikroskopilar yordamida
o’lchash bilan aniqlanadi.
Tozalik sinflari o’z navbatida yana uchtadan razryadga bo’linib ikki sinf
oralig’idagi qiymatlarni teng bo’laklarga ajratiladi va shu qiymat asosida sinfning
razryadi belgilanasi.
25
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 578-580 pg
65
Do'stlaringiz bilan baham: |